Bugungi kunda ta’limning barcha sohalari singari Yangi o’zbek
adabiyoti
fanining o’qitilishi tubdan yaxshilanib bormoqda. Yangi o’quv reja va dasturlar,
ko’plab o’quv-uslubiy qo’llanma va elektron
darsliklar yaratildi, yaratilmoqda.
Ma’lumki, Yangi o’zbek adabiyoti fani o’zbek tili yo’nalishining 4-kurs 7-8-
semestrlari davomida o’qitiladi. Ma’lumotlar nihoyatda ko’p. Fanni o’zlashtirishda
yuqorida aytib o’tilgan ilg’or usullardan, gazeta, radio, televideniye materiallaridan
hamda badiiy asarlardan foydalaniladi. Bu esa Yangi o’zbek adabiyotining asosiy
xususiyatlari va taraqqiyot bosqichlari, istiqlol davri o’zbek
adabiyoti, XX asr
boshlaridan hozirgi adabiy jarayongacha bo’lgan davrdagi
yozuvchi va shoirlar
ijodini yanada chuqurroq o’rganishga, badiiy asarni tahlil qilishga yordam beradi.
Shularni hisobga olgan holda ushbu uslubiy ko’rsatma o’ziga xos,
noan’anaviy tarzda yaratildi. To’plangan tajribalarga tayanib yozilgan bu
qo’llanmada o’quv dasturida hayoti va ijodi o’rganilishi ko’zda
tutilgan
ijodkorlarimiz qamrab olindi. Bunda mavzular ketma-ketligiga amal qilindi.
Yozuvchi hayoti va ijodi bilan bog’liq asosiy tayanch tushunchalar atroflicha
qamrab olinib, ularni savol-javob shaklida berishga harakat qilindi. Bu esa talabaga
yozuvchi ijodini, asarlari tahlilini har tomonlama chuqur o’zlashtirishga,
olgan
nazariy bilimlarini amalda sinab ko’rishga imkon yaratadi, deb o’ylaymiz.
Savollarni tuzishda iloji boricha asosiy darsliklardan
6
unumli foydalanildi.
Shuningdek, akademik litseylarning 3-bosqichlarida o’zbek
adabiyotining
XX asr boshlaridan hozirgi kunga qadar bo’lgan davri namunalari keng
o’rganiladi
7
. Mazkur majmua asosan shoir-yozuvchilarning
asarlaridan parchalar
berish bilan cheklangan. Qo’llanmani tayyorlash jarayonida buni ham diqqat-
e’tiborimizda tutgan holda ko’proq
yozuvchi-shoirlarning hayoti, ijodi va
o’rganiladigan asarlaridagi obrazlar tahlili bilan bog’liq ma’lumotlarni
berishga
harakat qildik. Muallif mazkur qo’llanma yuzasidan bildirilgan fikr va
mulohazalarni kutib qoladi.
6
Dostları ilə paylaş: