131. Xolxo’ja va La’lixon sevgisi tasvirlangan dostoni qanday nomlangan? Xolxo’ja va La’lixon sevgisi tasvirlangan doston “O’ch “ dostoni bo’lib,
asar 1932-yilda Oybek tomonidan yozilgan. Dostonda inson erki va sevgisining
zolimlar oyog’i ostida toptalganligi ta’sirli ko’rsatilgan.
132. Xolxo’ja va La’lixon sevgisiga g’ov bo’lgan shaxs kim? Hoshimboyvachcha ikki sevishganlarga – Xolxo’ja va La’lixonlarga g’ov
bo’ladi. U Xolxo’jani yolg’on tuhmat bilan qamatadi. La’lixonni xotin qilib
olmoqchi bo’ladi. La’lixon esa sevgisiga xiyonat qilmasdan, zahar ichib o’ladi.
Asar oxirida Xolxo’ja qamoqdan qochib, o’z qishlog’iga keladi va qabih, turli
qiyofaga kiruvchi Hoshimboyvachchani o’ldirib, undan o’chini oladi.
133. Oybekning qaysi dostoni 4 marta nashr etilgan? Oybekning “Baxtigul va Sog’indiq” dostonida inson erki va sevgisining
zolimlar oyog’i ostida toptalganligi ko’rsatilgan. Doston 4 marta nashr qilingan.
Birinchi nashri (1934) bilan keying (1949, 1955, 1966-yillar) nashrlari o’rtasida
g’oyaviy jihatdan ham, badiiy jihatdan ham jiddiy farqlar bor. Chunki shoir
dostonni qayta-qayta ishlagan va har safar unga sayqal va jilo bergan. Unda hayot
haqiqati real aks ettirilgan. Bu asar xalq og’zaki ijodida mavjud bo’lgan sujet
asosida yozilgan.
134. Oybek urush davrida qaysi opera librettosini yozdi? Oybekning harbiy lirikasi mazmun va badiiy mahorat jihatidan yuqori
saviyada, nafis bo’lib, milliy she’riyatning jiddiy yutug’idir. Bu fikr urush davrida
yozilgan “Mahmud Tarobiy “ dostoni(opera librettosi)ga ham taalluqlidir. Bu
asarda xalqimizning XIII asrda mo’g’ul bosqinchilariga qarshi olib borgan
mardonavor kurashi hikoya qilingan. Asar sujeti markazida qadimiy Buxoro
yaqinida bo’lib o’tgan tarixiy voqea yotadi: Mahmud Tarobiy boshchiligida
mo’g’ul istilochilariga qarshi ko’tarilgan xalq isyoni tasvirlanadi. Shular orqali
Vatanni bosqinchilar asoratidan ozod qilish uchun hayot-mamot kurashiga
otlangan xalq qahramonligi ulug’langan. Asarning bosh qahramoni – tarixiy shaxs
Mahmud Tarobiy. U butun borlig’i bilan el-yurt baxt-saodati uchun kurashgan
xalq qahramoni sifatida gavdalantirilgan.