hukmdor sifatida, ikkinchi tomondan, ilm-fanning jonkuyari, jahonshumul kashfi-
yotlar qilgan olim, fan ahlini jonidan ortiq ko’radigan (masalan, Ziji Ko’ragoniy-
ning so’zboshisida shogirdi Ali Qushchini “farzandi arjumand” – aziz farzandim
deb ataydi), biroq saroydagi fisq-fasod, ig’vo ishlar oldida ojiz bir inson qabilida
tasvirlaydi. Shayxzoda birinchi navbatda Ulug’bekning mutafakkirlik va olimlik
xislatlarini
ochishga, falsafiy qarashlarini, inson va olam haqidagi o’ylarini yorqin
ifodalashga intilgan.
236. Ulug’bekning davlatchilik faoliyati haqida nimalar bilasiz?
Ulug’bekning tarix oldidagi katta xizmati uning hukmdorlik faoliyatidan
ko’ra ilm-fanni, ma’rifat va madaniyatni rivojlantirishidadir.Shu sabab shoir asarda
uning ma’rifatparvarlik faoliyatiga ko’proq e’tibor qaratgan.Buni dramadagi Mirzo
Ulug’bek so’zlaridan ham anglasa bo’ladi:
Ma’rifatning dargohiga qo’ydim ixlosim,
Og’ir bo’ldi qismat menga ortgan vazifa.
Men, sultonlar o’rtasida bo’ldim donishmand,
Donishmandlar tepasida sulton sanaldim.
Ma’rifatni hukumatga qilib rahnamo,
Bu o’lkaning yerida ham yulduzlar yoqdim
47
.
Bundan ko’rinadiki, Ulug’bekning davlatchilik faoliyati ma’rifatchilik
asosiga qurilgan.
Dostları ilə paylaş: