231. Shayxzodaning qaysi asarini “o’ziga xos ijodiy jasorati“ deyish mumkin? Maqsud Shayxzodaning o’zbek adabiyotiga qo’shgan yana bir ulkan hissasi
“Mirzo Ulug’bek” tragediyasidir. Tragediya 1964 –yilda yozilgan. O’sha yili bu
asar Hamza teatri sahnasida qo’yildi, keyinchalik kinofilm ham yaratiildi .
“ Mirzo Ulug’bek “ tragediyasini Shayxzodaning o’ziga xos ijodiy jasorati
deyish mumkin. Gap shundaki, 60-yillarning boshida tarixiy mavzularga qiziqish
rasmiy tashkilotlar tomonidan rag’batlantirilmas edi. O’sha kezlarda ilmiy
doiralarda Ulug’bekning jahon madaniyatiga katta hissa qo’shgan ulug’ olim ekani
ma’lum edi, lekin o’zbek tilida bir-ikkita she’riy asarlardan tashqari yirikroq asar
yaratilmagandi. Shayxzoda bu muhim mavzuga adabiyotda mohiyat e’tibori bilan
birinchi bo’lib, murojaat etdi va o’zining tarixiy qahramonlariga munosib baquvvat
asar yarata oldi.
232. “Mirzo Ulug’bek” dramasida Ulug’bekning qaysi yillardagi hayoti aks etgan? Maqsud Shayxzoda asarga asos qilib Mirzo Ulug’bekning so’nggi ikki yillik
hayoti va faoliyatini tanlab olgan. “Mirzo Ulug’bek” bizni olis va notanish olamga – XV asr o’rtalaridagi azim
Samarqand muhitiga olib kiradi. O’sha davr odamlarining hayoti, o’zaro aloqalari,
dard-u alamlari, shodlik va quvonchlari ko’z o’ngimizda jonli manzaralarda qayta
namoyon bo’ladi. Dramaturg bizni sulton saroyiga olib kiradi, gavjum bozorlarga
boshlaydi, qashshoq qishloqlarga yetaklaydi, madrasalar hayoti bilan yanishtiradi.
233. “Mirzo Ulug’bek” tragediyasida Ulug’bekdan tashqari yana qanday tarixiy shaxslar berilgan? “Mirzo Ulug’bek” tragediyasi adolatli podshoh va buyuk astronom olim
Ulug’bek boshchiligidagi ilg’or ziyolilar, taraqqiyparvar kuchlar bilan yomon
niyatli guruhlar o’rtasidagi keskin kurash asosiga qurilgan. Asarda bosh qahramon
Mirzo Ulug’bekdan tashqari, Abdullatif, Gavharshodbegim, Xo’ja Ahror, Said
Obid, Abbos, Ali Qushchi, Sakkokiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Qozi Miskin kabi
tarixiy shaxslar obrazlari ham mahorat bilan yaratilgan.