Sensor tizimlar fiziologiyasi. Retseptorlar, sezuv a’zolari, analizatorlar haqida tushuncha. Retseptorlar tasnifi.
Retseptorlarning ko‘zg‘alish mexanizmlari: retseptor va generator potentsiallar, impul’s
aktivligi. Qo‘zg‘otuvchi kuch bilan generator potentsial kattaligi va afferent impul’slar chastotasi
orasidagi nisbat. Veber-Fexner qonuni. Mutlaq va farqli pog‘ona kuchlari haqida tushuncha.
Retseptorlar moslashuvi. Sensor ahborotlarni kodlashtirish. “Sensor kirish” ning boshqa-rilish
jarayoni.
Teri retseptorlari: ta’m bilish, harorat, og‘riq, mushak-pay retseptsiyasi. Ta’m va hid
sezish retseptorlari. Ta’m va hid bilish retseptsiyasining elektrofiziologiyasi. Solishtirma
fiziologik ma’lumotlar. Eshituv a’zosi, uning tuzilishi va vazifasi. Vesti-bulyar apparat, ottolit
a’zo va yarim aylana kanallarning tuzilishi va faoliyati. Tovush balandligi va kuchini sezish.
Ko‘z, uning tuzilishi va faoliyati. Yorug‘likning ko‘z optik qatlamlarida sinishi. To‘r
pardada tasvir. Ko‘z akkomodatsiyasi, qorachiq. Rang farqlash nazariyasi. Ko‘zning ko‘ruv
qobiliyati. Binokulyar ko‘ruv. Elektroretinogramma. Fotoretseptor va yorug‘lik energiyasining
transformatsiyalanishi. Rodopsin. To‘r parda elementlari: fotoretseptorlar, biopolyarlar,
chigallar, amakrin va gorizontal hujayralar. To‘r pardaning asab elementlari orqali habarlarni
qayta ishlashi.
Endokrin tizim Endokrin tizim va ular tomonidan fiziologik faoliyatla-rining boshqarilishi. “Ichki
sekretsiya” va “gormon” tushunchalari. Gormonning asosiy hususiyatlari. Umurtqali va
umurqasiz hayvonlarda endokrin tizimning tuzilishi va faoliyati.
Endokrin tizim evolyutsiyasi. Umurtqali hayvonlarning asosiy endokrin bezlari va ular
ishlab chiqaradigan gormonlar; gonadalar va jinsiy gormonlar; buyrak usti bezi po‘stlog‘i va
kortikoste-roidlar; qalqonsimon bez va tireoid gormonlar; qalqonsimon oldi bezi va
paratgormon; ultimabronxial hujayralar va kal’tsitonin; me’da osti bezining orolsimon tuzilmasi
va uning gormonlari; enterin tizim; timus va uning gormonlari; gipofiz, oldingi, o‘rta va orqa
bo‘limchalari; gipotalamus va rilizingomil; epifiz va melotonin; jigar va buyrakning faoliyati;
platsentaning endokrin vazifasi. Umurtqasiz hayvonlarning endokrin bezlari va gormonlari. Asab
va endokrin tizimlarning o‘zaro aloqasi.
Gormonlarning kimyoviy tuzilishi va faoliyat bog‘liqliklari. Endokrin faoliyatning
fiziologik asoslari: biosintez va gormon ishlab chiqarilishi, uning boshqarilishi, to‘g‘ri va aks
(qaytar) aloqa mexanizmi, gormonlar transporti, hujayralarga ta’sir etish yo‘li.
Gormonlarning nishon-hujayraga ta’sir etish mexanizmi. Nishon-hujayralarning gormon
sezuvchanligi. Mul’tigormonal tizimlar, gormonal effektlarning xususiy va umumiyligi.