Ildiz morfologiyasi. Ildizning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi. Ildiz haqida tushuncha. Ildiz tizimi va ildizning morfologiyasi (bosh, yon, qo‘shimcha
ildizlar). Ildiz va ildiz tizimi. Ildizning kelib chiqish evolyutsiyasi. Ildiz g‘ilofi (qini). Ildizning
uchki meristemasi va uning xillari va faoliyati. Rizoderma va uning funktsiyasi. Peritsiklning
roli. Kambiy, felogenning hosil bo‘lishi. Ko‘p yillik ildizning tuzilishi. Ildizning shoxlanishi.
Yon ildizning hosil bo‘lishi va rivojlanishi. Ko‘p yillik o‘simliklar hayotida yon ildizning roli.
Hosil bo‘lishiga ko‘ra, ildiz tizimlarining tiplari. Qishloq xo‘jalik o‘simliklarida ildiz tizimini
shakllantirishning amaliy usuli. Ildiz tizimida ildizlarning yangilanishi va halok bo‘lishi.
Ildiz metamorfozi. Ildiz mevalarining hosil bo‘lishi. Ildiz tizimida ildizlarning
ixtisoslanishi va metamorfozi O‘suvchi, so‘ruvchi, qisqa muddat yashovchi va qo‘r saqlovchi
ildizlar. Ildizmeva; ildiz shishlari va ularning morfologik tabiati. Ulardan insonlar tomonidan
foydalanish. Odimlovchi, nafas oluvchi, tayanch va havo ildizlari. Velamen. Mikoriza va
ildizning bakteriyalar bilan hamkorlikda yashashi. Simbioz va tekinxo‘rlik yo‘li bilan yashash
tufayli ildizning o‘zgarishi.
Novda. Kurtaklar. Novdada barglarning joylashishi. Novda metamorfozi. Novdalar
tizimining hosil bo‘lishi. Kurtakning hosil bo‘lish va joylashuviga ko‘ra tiplari. Yon kurtaklar.
Kurtak va novdaning qayta tiklanishi. Uyqudagi kurtak. Bir yillik novdalar va ularning
elementlari. Novdaning funktsiyasi bo‘g‘im oralig‘ining uzunligi, o‘sish yo‘nalishi va novda,
novdalar tizimi. Novdaning umumiy tavsifi. Novda apeksi va ahzolarining hosil bo‘lishi. Kurtak
haqida tushuncha. Barg va yon novdaga asos solinishi. Kurtakdan novdaning hosil bo‘lishi,
interkalyar meristemaning roli. Barg joylashuvi, uning qonuniyatlari va asosiy tiplari. Barg
joylashinuvining formulalari va diagrammalari. Barg mozaikasi Novdaning shoxlanishi.
SHoxlanish tezligi (intensivligi). Akrotoniya, mezotoniya, bazitoniya xaqida tushuncha.
To‘planish-shoxlanishning bir shakli ekanligi. Uning biologik va amaliy ahamiyati. Monopodial
va simpodial shoxlanish. Butalarning shoxlanishi. Ko‘p yillik o‘tlarda novdalar tizimining hosil
bo‘lishi. Simpodial o‘sish va shoxlanishning biologik va xo‘jalik ahamiyati. Daraxt va buta
o‘simliklarda shox-shabbalar shakllantirishning biologik asoslari. SHakllantirishning ahamiyati.
Novdaning ixtisoslanishi va metamorfozi. Yer ostki novdalar: ildiz poya, stolonlar va tuganaklar,
piyozbosh. Kaudekst yer ustki ixtisoslashgan novdalar va ularning qismlari: mo‘ylovchalar
(o‘rmalab o‘suvchi novdalar), sukkulentlardagi bargsimon va poyasimon novdalar, kladodiy,
fillokladiyalar va fillodiyalar, tikanlar, jingalaklar. Metamorfozlashgan novda va uning qismlari,
funktsiyasi va biologik ahamiyati.