28
Masalan, 10 tonnalik pech uchun quvvati 3500 kVt, 250 tonnalik pech uchun 6000
kVt bo‟lgan transformatorlardan foydalaniladi.
Pechlarga xom ashyo maxsus mashinalar yordamida yuklanadi. Bunday yuklovchi
mashina 35 tonnalik pechni bir soatga yaqin vaqtda yuklaydi. So‟ngra pechga
elektrodlar tushiriladi, tok o‟lanadi va po‟lat suyuqlantirish boshlanadi. Oksidlanish
jarayoni davrida shixta suyuqlanadi, uning tarkibidagi kremniy, marganes, uglerod
va ba„zi legirlovchi elementlar kuyib ketadi. Oksidlanish jarayoni konvertorlar va
marten pechlaridagi jarayonlardek bo‟ladi. 1 tonna uglerodli po‟lat eritib olish uchun
500...700 kVt – soat, legirlangan po‟lat uchun 1000 kVt – soat elektr energiyasi sarf
qilinadi. Po‟lat eritish jarayoni 6...8 soat davom etadi. Elektr pechlarida, asosan
yuqori sifatli po‟lat suyuqlantirib olinadi.
Elektrik pechlarnung foydali sig‟imi 250 kg dan 30 t gacha bo‟ladi. Bu
pechlarda sutkasiga 3 – 6 martagacha po‟lat suyuqlantirilib, 1 t po‟lat olish uchun
700 – 1000 kVt
soat energiya sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: