20
Rudani boyitish jarayonlariga qo‟ydagilar kiradi: 1) maydalash va g‟alvirlash;
2) yuvish; 3) elektromagnit yordamida boyitish; 4) rudani qizdirish; 5) mayda va
changsimon rudani yiriklashtirish ( aglomeratlash); 6) o‟rtachalash.
Ruda suyuqlantirishdan oldin boyitilsa-da, bekorchi jinslardan butunlay holi
bo‟lmaydi. Metallurgiya jarayonida ruda tarkibida qolgan bekorchi jinslar va
yoqilg‟ining yonishida ajraladigan kuldan qutilish maqsadida domna pechiga flyus
deb ataluvchi modda kiritiladi. Flyus sifatida, ohaktosh (CaCO3), dolomit
(CaCO3(MdCO3), qumtuproq (SiO2) lardan foydalaniladi. Pechga kiritilgan flyus
rudadagi bekorchi jinslar, yoqilg‟i kuli va oltingugurt bilan reaksiyaga kirishib, oson
suyuqlanuvchan va yengil birikma (shlak) hosil qiladi, bu birikma suyuqlangan
metall sirtiga ko‟tariladi.
Rudaning kimyoviy tarkibiga qarab, 1t cho‟yan olish uchun, odatda 0,2 - 0,5 t
gacha flyus sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: