15
Kristallanish jarayoni harorat t ga bo„gliq bo„lib, ma‟lum vaqt ( ichida sodir
bo„ladi. Shuning uchun kristallanish egri chiziqlari t-( koordinatalarida quriladi (5-
rasm).
5-rasm. Kristallanishda sovish egri chiziqlari: 1- nazariy egri chiziq; 2- metallarning o‟ta sovib
kristallanish egri chizig‟i; 3 – metallmas materiallarning kristallanish egri chizig‟i.
O„ta sovutmasdan turib metall kristallanishining ideal jarayoni 1
egri chiziq
bilan tasvirlangan. Bu kristallanishning nazariy egri chizig„i hisoblanadi.
Amalda
kristallanish boshqacha kechadi, chunki metall qotish haroratida hali suyuq holatda
bo„ladi, kristallanish ancha past haroratda boshlanadi, ya‟ni kristallanish o„ta sovish
bilan bog„liq bo„ladi. Kristallanishning ideal va haqiqiy haroratlari orasidagi farqqa
o„ta sovish darajasi deyiladi. Metallning o„ta sovish bilan kristallanishiga 2 egri
chiziq mos keladi. Metallmas materiallarning qotish egri chizig„i 3 bo„yicha kechadi,
unda kristallanishning aniq ajralib turadigan harorat yo„q, qotish asta-sekin kechadi.
O„ta sovish darajasi donlarning o„lchamlarini belgilovchi
muhim omillardan
hisoblanadi. O„ta sovish darajasi uncha katta bo„lmaganda markazlarning soni ko„p
emas, lekin kristallarning o„sish tezligi katta, shuning uchun sekin soviganda donlar
kattalashib boradi.
Sovish tezligi ortsa, kristallarning o„sish
tezligi kamayadi,
markazlar soni ko„payib, donlar maydalashadi.
Agar suyultirilgan metallga boshqa biron
element zarralarini kiritsak, ular
qo„shimcha kristallanish markazlari vazifasini o„taydi va mayda donli struktura hosil
bo„lishiga olib keladi.
Chunonchi, suyultirilgan volframga
toriy oksidining mayda
zarralari kiritilsa, u e‟lektr lampochkani kuyishdan saqlaydi.
Dostları ilə paylaş: