8
I. BOB: METALLARNING TARKIBI UNING TUZILISHI XOSSALARI
VA TURLARI VA ISHLAB CHIQARISH USULLARI VA ULARNING
BA‟ZI JIHATLARI.
I.1 METALLARNING TARKIBI UNING TUZILISHI XOSSALARI VA
TURLARI
Qattiq jismlarning ichki tuzilishini Rentgen
nurlari bilan yoritib
o„rganish shuni ko„rsatadiki, ularning atomlari fazoda ma‟lum tartibda yoki tartibsiz
joylashgan. Atomlari fazoda tartibli joylashgan jismlar kristall jismlar deyiladi.
Atomlari fazoda tartibsiz joylashgan jismlar esa amorf jismlar deyiladi.
Kristall
jismlarning atomlari fazoda ma‟lum qonuniyatga asosan kristall panjara tuguni
atrofida tebranib turadi. Fazoviy panjaraning tuzilishi
va atomlarning unda
joylashishi metallning turiga bo„g„liq. Metallarda quyidagi xillarda bo„luvchi kristall
panjaralar ko„proq uchraydi:
1. Hajmi markazlashgan kub panjara. Bunday kristall panjarada metall
atomlarining 8 tasi kubning uchlarida va bittasi kub markaziga joylashgan bo„ladi.
Bunday kristall panjara Fe(, Cr, V, W, Mo, li va boshqa metallarga xos(1-rasm, a).
2. Yoqlari markazlashgan kub panjara. Bunday panjarada metall atomlarining 8
tasi kubning uchlarida, 6 tasi yoqlarning markazlarida joylashgan bo„ladi. Bunday
kristall panjara Fe(, Al, Cu, Ni, Co, Pb va boshqa metallarga xos (1-rasm, b).
3. Geksogonal panjara. Bunday kristall panjarada metall atomlarining 12
tasi olti
qirrali prizmaning uchlarida 2 tasi prizmaning ustki va ostki asoslari markazlarida va
3 tasi prizmaning o„rta qismida joylashgan bo„ladi. Bunday kristall panjara Zn, Mg,
Ti, Be va boshqa metallarga xosdir(1-asm,v).
1-rasm. Kristall panjaralarning turlari:
a) hajmi markazlashgan kub panjara;
b) yoqlari markazlashgan kub panjara;
v) geksogonal panjara.
9
a) b) v)
Metallarning kristall tuzilishi haqidagi tushunchani elementar kristall katak
(yacheyka) orqali ifodalash oson,
elementar katak deganda, atom kristall
tuzilishining eng kichik qismi tushunilib, ana shu katakni uch o„lcham bo„yicha ko„p
martalab qaytarilishi natijasida jismning fazoviy kristall panjarasi hosil bo„ladi.
Elementar kristall panjaralarning qirralari, odatda, a, b,
c bilan belgilanadi va bu
ko„rsatkichlar kristall davrini belgilaydi yoki qaytarilsh (uzatish) vektori deb ham
ataladi. Ana shu elementar katakchani xarakterlash uchun yana koordinatsion son,
atomlar joylashishining zichlik koeffisienti degan tushunchalar ham kiritilgan.
Kristall katakchaning turi koordinatsion son tushunchasi bilan ifodalanadi. Kristall
panjarada eng yaqin bir xil masofada turgan atomlar soniga shu kristall panjaraning
koordinatsion soni deb ataladi va u harflar bilan belgilanadi. Masalan, oddiy kub
katakning koordinatsion soni 6 ga teng bo„lib, K6; markazlashgan kub katakchaniki
K8; yoqlari markazlashgan kub katakniki K12, atomlari zich joylashgan geksagonal
katakniki G12 ga teng. Kub katakchalarning o„lchamlari qiymati atom o„lchamlari
qiymati bilan belgilanadi, bunday o„lchov birligi nanometer (nm) deb ataladi.
Kristall panjara turlari 14 ta bo„lsa, shundan metallarda 4 ta turdagi elementar
katakcha ya‟ni oddiy, hajmi markazlashgan, yoqlari markazlashgan kub katakchalar
va geksogonal katakcha turlari ko„p uchraydi.
10
Metallarning kristall panjara turi aniq bo„lsa, atomlarining o„lchamlarini
hisoblash bilan aniqlash mumkin. Masalan, K8 kristall panjara uchun d=a/2 bo„lsa,
K12 kristall panjara uchun esa d=a/3 bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: