17
shuningdek, korroziyaga qarshi tegishli choralarni ko„rish (laklar, buyoqlar, oksid
pardalar bilan qoplash) lozim bo„ladi.
v) Mexanikaviy xossalari. Metall va qotishmalarning tashqi kuchlari
ta‟siriga qarshilik ko„rsata olish xususiyati ularning mexanikaviy xossasi deyiladi.
Metallning asosiy mexanikaviy xossalariga uning mustahkamligi, plastikligi,
elastikligi, qattiqligi, zarbiy qovushoqligi kiradi. Amalda materiallarning bu
mexanikaviy xossalari GOST asosida sinab aniqlanadi.
Mustahkamlik - metallning kuchlar ta‟siri ostida yemirilishga yoki qoldiq
deformatsiya paydo bo„lishiga qarshilik ko„rsatish xususiyatidir.
Qattiqlik
– metallning o„zidan qattiqroq jism ta‟siridan sirtqi
deformatsiyalanishga qarshilik ko„rsatish xususiyatidir.
Elastiklik - metallning kuch ta‟siri to„xtatilgach, o„zining dastlabki shaklini
tiklash xossasidir.
Zarbiy qovushoqlik – metallning dinamik yuklanishlar (nagruzkalar)
ta‟siridan yemirilishga qarshilik ko„rsatish xossasidir.
g) Texnologik xossalari. Materiallarning sovuqlayin yoki qizdirilgan holda
turli texnologik ishlovlar (quyish, bolg„alash, payvandlash, kesib ishlash) ga
moyilligi, ularning texnologik xossalari deyiladi.
Payvandlanuvchanlik deb, payvanlanadigan sirtlarning plastik yoki suyuq
holatgacha qizib, ajralmas mustahkam birikmalar hosil qila olish xususiyatiga
aytiladi.
Bolg„alanuvchanlik deb, metallning bosim ostiga bolg„alanib va prokatlanib
ishlanuvchanlik xossasiga, ya‟ni qizdirilgan holatga yoki sovuqlayin zarb yoki
bosim ta‟sirida kerakli shaklga kirish xususiyatiga aytiladi.
Ishlanuvchanlik deb, metallning kesib ishlov berish mumkinlik xossasiga
aytiladi.
Bundan tashqari metallarning bukuluvchanligi, takror bukuluvchanligi kabi
xossalari ham mavjud va ular maxsus sinash usullari orqali aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: