“Металл қуйиш усуллари” мавзусини



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/34
tarix24.11.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#70369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
“Металл уйиш усуллари” мавзусини

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I. BOB: METALLARNING TARKIBI UNING TUZILISHI XOSSALARI 
VA TURLARI VA ISHLAB CHIQARISH USULLARI VA ULARNING 
BA‟ZI JIHATLARI. 
I.1 METALLARNING TARKIBI UNING TUZILISHI XOSSALARI VA 
TURLARI 
Qattiq jismlarning ichki tuzilishini Rentgen nurlari bilan yoritib 
o„rganish shuni ko„rsatadiki, ularning atomlari fazoda ma‟lum tartibda yoki tartibsiz 
joylashgan. Atomlari fazoda tartibli joylashgan jismlar kristall jismlar deyiladi. 
Atomlari fazoda tartibsiz joylashgan jismlar esa amorf jismlar deyiladi. Kristall 
jismlarning atomlari fazoda ma‟lum qonuniyatga asosan kristall panjara tuguni 
atrofida tebranib turadi. Fazoviy panjaraning tuzilishi va atomlarning unda 
joylashishi metallning turiga bo„g„liq. Metallarda quyidagi xillarda bo„luvchi kristall 
panjaralar ko„proq uchraydi: 
1. Hajmi markazlashgan kub panjara. Bunday kristall panjarada metall 
atomlarining 8 tasi kubning uchlarida va bittasi kub markaziga joylashgan bo„ladi. 
Bunday kristall panjara Fe(, Cr, V, W, Mo, li va boshqa metallarga xos(1-rasm, a).
2. Yoqlari markazlashgan kub panjara. Bunday panjarada metall atomlarining 8 
tasi kubning uchlarida, 6 tasi yoqlarning markazlarida joylashgan bo„ladi. Bunday 
kristall panjara Fe(, Al, Cu, Ni, Co, Pb va boshqa metallarga xos (1-rasm, b).
3. Geksogonal panjara. Bunday kristall panjarada metall atomlarining 12 tasi olti 
qirrali prizmaning uchlarida 2 tasi prizmaning ustki va ostki asoslari markazlarida va 
3 tasi prizmaning o„rta qismida joylashgan bo„ladi. Bunday kristall panjara Zn, Mg, 
Ti, Be va boshqa metallarga xosdir(1-asm,v).
1-rasm. Kristall panjaralarning turlari: 
a) hajmi markazlashgan kub panjara;
b) yoqlari markazlashgan kub panjara; 
v) geksogonal panjara. 



a) b) v) 
Metallarning kristall tuzilishi haqidagi tushunchani elementar kristall katak 
(yacheyka) orqali ifodalash oson, elementar katak deganda, atom kristall 
tuzilishining eng kichik qismi tushunilib, ana shu katakni uch o„lcham bo„yicha ko„p 
martalab qaytarilishi natijasida jismning fazoviy kristall panjarasi hosil bo„ladi. 
Elementar kristall panjaralarning qirralari, odatda, a, b, c bilan belgilanadi va bu 
ko„rsatkichlar kristall davrini belgilaydi yoki qaytarilsh (uzatish) vektori deb ham
ataladi. Ana shu elementar katakchani xarakterlash uchun yana koordinatsion son, 
atomlar joylashishining zichlik koeffisienti degan tushunchalar ham kiritilgan. 
Kristall katakchaning turi koordinatsion son tushunchasi bilan ifodalanadi. Kristall 
panjarada eng yaqin bir xil masofada turgan atomlar soniga shu kristall panjaraning 
koordinatsion soni deb ataladi va u harflar bilan belgilanadi. Masalan, oddiy kub 
katakning koordinatsion soni 6 ga teng bo„lib, K6; markazlashgan kub katakchaniki 
K8; yoqlari markazlashgan kub katakniki K12, atomlari zich joylashgan geksagonal
katakniki G12 ga teng. Kub katakchalarning o„lchamlari qiymati atom o„lchamlari 
qiymati bilan belgilanadi, bunday o„lchov birligi nanometer (nm) deb ataladi.
Kristall panjara turlari 14 ta bo„lsa, shundan metallarda 4 ta turdagi elementar 
katakcha ya‟ni oddiy, hajmi markazlashgan, yoqlari markazlashgan kub katakchalar
va geksogonal katakcha turlari ko„p uchraydi.


10 
Metallarning kristall panjara turi aniq bo„lsa, atomlarining o„lchamlarini 
hisoblash bilan aniqlash mumkin. Masalan, K8 kristall panjara uchun d=a/2 bo„lsa, 
K12 kristall panjara uchun esa d=a/3 bo„ladi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin