“Металл қуйиш усуллари” мавзусини


Kristall jismlarning xossalari



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/34
tarix24.11.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#70369
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
“Металл уйиш усуллари” мавзусини

Kristall jismlarning xossalari 
Konstruksion materiallarning xossalari xilma-xil bo„lib, ularni fizikaviy
kimyoviy, mexanikaviy va texnologik xossalarga ajratilish qabul qilingan.


16 
a) Metallarning fizik xossalariga ularning rangi, zichligi, issiqlik 
o„tkazuvchanligi, suyuqlanish harorati, issiqdan kengayuvchanligi, issiqlik sig„imi, 
elektr o„tkazuvchanligi, magnit xossalari kiradi. 
Rangi deb, metallning unga tushgan yorug„lik nurlarini qaytara olish 
xususiyatiga aytiladi. Masalan, mis qizg„ish ranglarni, alyuminniy kumushsimon oq 
ranglarni qaytaradi.
Zichligi hajm birligida to„plangan massa bilan xarakterlanadi.
Suyuqlanish - qattiq holatdan suyuq holatga o„tish jarayonidar. Temirning 
suyuqlanish harorati 1539 0S, qalayniki 232 0S, misniki 1083 0S.
Issiqlik o„tkazuvchanligi, bu metallarning issiqlikni yutib, sovitilganda uni 
qaytarish xususiyatidir. 
Issiqdan 
kengayuvchanligi, 
bu 
qizdirganda 
metallarning 
kengayib, 
sovitilganda qisqarish xosasidir.
Metallning issiqlik sig„imi deb, qizdirilganda ma‟lum miqdordagi issiqlikni 
yutish xususiyatiga aytiladi.
Metallning o„zidan elektr toki o„tkazish xususiyatiga elektr o„tkazuvchanligi 
deyiladi.
b) Metallarning kimyoviy xossalari. Metall va qotishmalarning kimyoviy 
xossalari, bu ularning oksidlanishga, tashqi muhit, havo, namlik, kislota va 
boshqalarning ta‟siridan yemirilishiga qarshi to„ra olishi xossalaridir. Aytib 
o„tilgan omillar ta‟siridan kimyoviy yemirilishga metallarning korroziyasi deyiladi.
Korroziya 2 turga bo„linadi: kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya.
Kimyoviy korroziya elektr toki o„tmaydigan muhitga, masalan, quruq gaz
benzinda ro„y beradi. Dvigatellar chiqarish klapanlarining, termik ishlov berish 
pechlari ichki armaturasining oksidlanishi shunday korroziya hisoblanadi.
Elektrokimyoviy korroziya tok o„tkazuvchi muhitning (namlik, nam havo, 
kislotalar, ishqorlar, . . .) metallga ta‟siri oqibatida yuz beradi. Metall va 
qotishmaning tarkibi bir xil emasligi tufayli bunday korroziya hosil bo„ladi. Metall 
va qotishmalardan foydalanish vaqtida ularning qo„llanilish sohasi va ishlash 
muhitiga bog„liq ravishda ularning kimyoviy tarkibini et‟iborga olish zarur, 


17 
shuningdek, korroziyaga qarshi tegishli choralarni ko„rish (laklar, buyoqlar, oksid 
pardalar bilan qoplash) lozim bo„ladi.
v) Mexanikaviy xossalari. Metall va qotishmalarning tashqi kuchlari 
ta‟siriga qarshilik ko„rsata olish xususiyati ularning mexanikaviy xossasi deyiladi. 
Metallning asosiy mexanikaviy xossalariga uning mustahkamligi, plastikligi
elastikligi, qattiqligi, zarbiy qovushoqligi kiradi. Amalda materiallarning bu 
mexanikaviy xossalari GOST asosida sinab aniqlanadi.
Mustahkamlik - metallning kuchlar ta‟siri ostida yemirilishga yoki qoldiq 
deformatsiya paydo bo„lishiga qarshilik ko„rsatish xususiyatidir.
Qattiqlik 
– metallning o„zidan qattiqroq jism ta‟siridan sirtqi 
deformatsiyalanishga qarshilik ko„rsatish xususiyatidir.
Elastiklik - metallning kuch ta‟siri to„xtatilgach, o„zining dastlabki shaklini
tiklash xossasidir.
Zarbiy qovushoqlik – metallning dinamik yuklanishlar (nagruzkalar) 
ta‟siridan yemirilishga qarshilik ko„rsatish xossasidir.
g) Texnologik xossalari. Materiallarning sovuqlayin yoki qizdirilgan holda 
turli texnologik ishlovlar (quyish, bolg„alash, payvandlash, kesib ishlash) ga 
moyilligi, ularning texnologik xossalari deyiladi.
Payvandlanuvchanlik deb, payvanlanadigan sirtlarning plastik yoki suyuq
holatgacha qizib, ajralmas mustahkam birikmalar hosil qila olish xususiyatiga 
aytiladi.
Bolg„alanuvchanlik deb, metallning bosim ostiga bolg„alanib va prokatlanib 
ishlanuvchanlik xossasiga, ya‟ni qizdirilgan holatga yoki sovuqlayin zarb yoki 
bosim ta‟sirida kerakli shaklga kirish xususiyatiga aytiladi.
Ishlanuvchanlik deb, metallning kesib ishlov berish mumkinlik xossasiga 
aytiladi.
Bundan tashqari metallarning bukuluvchanligi, takror bukuluvchanligi kabi 
xossalari ham mavjud va ular maxsus sinash usullari orqali aniqlanadi. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin