18
I.2 METALL ISHLAB CHIQARISH USULLARI VA ULARNING BA‟ZI
JIHATLARI.
Metall ishlab chiqarish ishlari kishilarga eramizdan bir necha asrlar avval ma‟lum
bo„lsa-da, sanoat miqyosida cho„yan ishlab chiqaruvchi
domna pechlari XIV
asrning o„rtalaridagina yaratildi.
Metall ishlab chiqarishdagi metallurgiyaviy jarayonlar. Tabiatdagi hamma
metallar (kimyoviy turg„unlari, ya‟ni oltin, kumush, platinadan tashqari)
turli
birikmalar (oksidlar) ko„rinishida tog„ jinslarida uchraydi. Metallurgiya
korxonalarida metall va uning qotishmalari ana shu murakkab birikmalardan ajratib
olinadi. Bu maqsadda sanoatga quyidagi usullardan foydalaniladi:
1.
Pirometallurgiya. Bu usulda metall ishlab chiqarish
uchun zarur issiqlik
yoqilg„ini yondirish hisobiga olinadi.
2. Elektrometallurgi. Bu ya usulga metall ishlab chiqarish uchun zarur issiqlik
elektr energiyasi hisobiga olinadi.
3. Gidrometallurgiya. Bu usulda ro„da tarkibidagi metall avval erituvchiga
o„tkazilib, keyin ulardan ajratib olinadi.
4. Kimyoviy metallurgiya usuli. Bu usulda metall kimyoviy va metallurgiyaviy
jarayonlar yordamida olinadi.
Barcha
metallar ikki guruhga, ya‟ni qora va rangli metallarga bo„linadi. Qora
metallar guruhiga temir va uning qotishmalari (cho„yan, po„lat), rangli metallarga
esa qolgan barcha metallar kiradi. Turli metall konstruksiyalar,
mashina detallari,
asosan, qora metall qotishmalari (cho„yan, po„lat) dan tayyorlanadi. Sababi
shundaki, bu qotishmalarni ishlab chiqarish texnologiyasi
sof metallarnikiga
qaraganda oddiy bo„lib, mexanikaviy va texnologik xossalari yuqoridir,
shuningdek, qotishmalar kimyoviy tarkibini va strukturasini o„zgartirish yo„li bilan
ularning xossalarini o„zgartirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: