Banklar va moliya. Mamlakatda jahon savdosi va investitsiya sohasida foydalaniladigan
barcha moliyaviy instrumentlar mavjudligi ushbu sohadagi xizmatlar sifatini anglatadi. Investorlar
uchun mamlakatda yetarli miqdorda faoliyat koʻrsatuvchi moliya institutlari va jahondagi yirik
banklarga tegishli filiallarning mavjduligi muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda jahonning
yirik savdo va investitsiya kompaniyalari filiallarining faoliyat koʻrsatishi investorlar uchun
ishonchlilik darajasini oshiradi.Hukumat strukturalaridagi rasmiyatchilik. Hukumat oʻz
investitsiya siyosatini qanday baholashi muhim emas. Bunda katta tajribaga ega boʻlgan
tadbirkorlar bergan baho muhimdir. Investorlar rasmiyatchilik, qogʻozbozlik avj olgan muxitga
kamdan-kam oʻz mablagʻlarini sarflaydilar. Hukumat uchun eng muhimi, rasmiyatchilik sabab
boʻlib amalga oshirilishi tuxtab kolgan loyihalarni ekspertizadan oʻtqazish, yoʻl qoʻyilgan
xatoliklarni toʻzatishdir.Mahalliy ishbilarmonlik muhiti. Bu tushuncha juda keng boʻlib, unga:
advokat, maslaxatchilarning koʻpligi, malakali ish yurituvchilar, buxgalterlar, arxitektorlar va
konstruktorlarning mavjudligi kiradi. Bundan tashqari qoʻshma korxona ochishda mahalliy
hamkorning tajribasi, aloqalari, mehnatsevarligi va ishonchliligi ham hisobga olinadi. Yashash sifati. Ushbu omil xorijiy investorga taklif qilinayotgan barcha narsalarda oʻz
aksini topadi. Axoli turmush tarzi va daromadlarining darajasi ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning xilma-xilligi va mehnat uchun qilinadigan xarajatlar xajmida oʻz aksini topadi.
Xorijiy investor oʻzi uchun ishlash, yashash, bank va Boshqa xizmat turlaridan foydalanishda
komfort talab qiladi.Investitsiya faoliyatini tashkil etishda uning obʻekt va subʻektlari ishtirok
etadi. Investitsiya subʻektlari – investitsiya faoliyatida ishtirok etuvchi mulkiy va intellektual
boyliklarga ega boʻlgan jismoniy, huquqiy shaxslar va davlatdir. Investitsiya subʻektlari orasidagi
munosabatlar ishlab chiqarish xususiyatiga egadir. Kapital qoʻyilmalar shaklida investitsiya
faoliyatini amalga oshirish subʻektlari quyidagilardir; investorlar, buyurtmachilar, pudratchilar,
kapital qoʻyilma obʻektlaridan foydalanuvchilar va boshqalar.