Kapital qoʻyilma obʻektlaridan foydalanuvchilar - Bular yuridik va jismoniy shaxslar,
hamda davlat organlari, mahalliy hoqimiyat, xorijiy davlatlar, halqaro tashkilotlar boʻlib, ushbu
obʻektlar ular uchun yaratiladi.Investorlar kapital qoʻyilma obʻektlaridan foydalanuvchilar rolida
namoyon boʻlishi mumkin. Investitsiya faoliyati subʻekti uning ikki va undan ortiq funktsiyalarini
kushib olib borish imkoniyatini beradi. Investitsiya faoliyati subʻektlari davlat organlari
tomonidan qoʻyilgan talablarni bajarishi, hamda maqsadli ravishda kapital qoʻyilmalardan
foydalanishi zarur.Investitsiya faoliyati investor tomonidan tanlangan sohalar, hamda
investitsiyalar sarflanishi lozim boʻlgan maqsadlar bilan, yaʻni investitsiya obʻektlari bilan
bogʻliqdir. Investitsiyalarni yunaltirish sohalari, ishlab chiqarishda ishtiroki va sarflanish ishlariga
binoan investitsiya faoliyatining quyidagi obʻektlarini farqlash mumkin:
-
halq
xoʻjaligining
barcha
tarmoqlaridagi
yangidan
yaratilgan
va
modernizatsiyalashtirilgan (yangilangan) asosiy fondlar va aylanma mablagʻlari;
-
fan-texnika mahsulotlari, izlanishlar, taʻlimot, kadrlarni tayyorlash va qayta
tayyorlash;
-
intellektual gʻoyaviy boyliklar, mualliflik, ixtiro, kashfiyot huquqlari, tajriba;
-
qimmat baholi qogʻozlar, maqsadli pul jamgʻarmalari;
-
boshqa mulkchilik obʻektlari;
-
mulkiy huquqlar.
Qonun va qonuniyatlarda taʻqiqlangan ekologik va boshqa meʻyorlarga, sanitariya-gigiena
talablariga javob bermaydigan, yaratilishi va ishlatilishi mumkin boʻlmagan vositalar uchun
invetitsiyalarni yunaltirish man etiladi va bu ishlar investitsiyalarni sarflash obʻekti boʻla olmaydi.
Fuqarolar, huquqiy shaxslar va davlatni qonuniy manfaatlariga putur yetkazadigan ishlar uchun
ham investitsiyalar sarflash man etiladi. Investitsiyalarni jalb etish va sarflash sohalariga asoslanib
investitsiya faoliyati obʻektlarini turkumini tuzish mumkin.Investitsiya faoliyati obʻektlari turkumi
investitsiyalarni sarflanish sohalariga binoan quyidagi 1-chi chizmada koʻrsatilgan.
1-chizma
Investitsiya faoliyati obʻektlarini turkumlash
Moliyaviy investitsiyalar
obʻektlari
Real investitsiyalar obʻektlari
Davlat va boshqa mulk egalari
tomonidan chiqariladigan aktsiyalar,
obligatsiyalar
va
qimmat
baholi
qogʻozlar
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida
yangidan yaratiladigan va modernizatsiya-
lashtiriladigan asosiy fondlar va aylanma
vositalari
Davlat va boshqa aktsioner-
banklariga
qoʻyiladigan
maqsadli
jamgʻarmalar
Fan-texnika mahsulotlari, kashfiyot,
ixtirolar, izlanishlar, taʻminot, kadrlarni
tayyorlash va qayta tayyorlash
Bank depozitlari,
tezavratsiyalash - tirish obʻektlari va
boshqa mulkchilik obʻektlari
Gʻoyalar,
intellektual
boyliklar,
kashfiyot, ixtiro, mualliflik huquqlari (nou-xau),
tajriba oʻrganish va almashish
Turli shakldagi mulkchilikka ega
boʻlish huquqlari
Er, tabiiy resurslar va boshqa mulkchilik
obʻektlariga ega boʻlish va foydalanish
huquqlari
Investitsiya faoliyatida sohalardan birini yoki bir nechtasini tanlab olish huquqiga
investorlarning oʻzlari ega boʻladilar. Ularni hech kim soha yoki investitsiya obʻektlarni tanlashga
majbur eta olmaydi. U yoki bu sohani tanlashda va investitsiyalarni maʻlum bir sohaga
sarflashdagi qarorlarni investorlarning oʻzlari qabul qiladilar. Investitsiya faoliyati subʻektlari
boʻlib bir investor, bir nechta tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shugʻullanuvchi ishtirokchi
investorlar boʻlishi mumkin. Investitsiya faoliyatidagi subʻektlar investorlar boʻlib, mahalliy va
chet ellik fuqarolar, huquqiy shaxslar yoki davlat hisoblanadi. Investitsiyalarni amalga oshirishni
esa, qabul qilingan buyurtmalarni bajaruvchisi sifatida, investorni topshirigi asosida investitsiya
faoliyatini ishtirokchilari taʻminlaydilar. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun ular
fuqarolarni va huquqiy shaxslarni oʻz xoxishlari bilan shartnomalar asosida jalb qiladilar.
Qonunlarga tayangan holda shartnomalar asosida investitsiyalarga ega boʻlish, ulardan
foydalanish va ushbu faoliyat natijalari boʻyicha qarorlar qabul qilishni investorlar, Boshqa fuqaro
va huquqiy shaxslar zimmasiga topshirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishlari ham mumkin.
Bunday xollarda majburiyat garovi sifatida (investorni majburiyatini taʻminlash) investorni mulki
qabul qilinadi. Garovga faqat qarzga oluvchining shaxsiy mulki yoki toʻla xoʻjalik olib borish
huquqiga ega boʻlgan mulk qoʻyiladi. Investorlar investitsiya natijalariga, investitsiya obʻektlariga
ega boʻlish, foydalanish, farmoyish chiqarish va reinvestorlash huquqlariga egadir. Investitsiya
faoliyatidagi jarayonda subʻektlar oʻrtasida boʻladigan munosabatlar shartnomalar asosida
muvofiqlashtiriladi. Shartnomalar tuzish, sheriklarni tanlash, majburiyatlarni aniqlash va boshqa
xoʻjalik munosabatlarini oʻrganish, ular qabul qilingan qonunlarga zid boʻlmasa, faqat investitsiya
faoliyati subʻektlari zimmasida boʻladi. Har ikki tomonning kelishuviga binoan, shartnomalar
investitsiya faoliyatining umumiy muddatiga tuziladi.
Qabul qilingan qonunlarda investorning qator majburiyatlari bor. Bu majburiyatlar davlat
idora va muassasalari oldida bajarilishi lozim boʻlib, quyidagilardan iboratdir:
investorlar investitsiyalar xajmi va ularning manbalari toʻgʻrisida moliya organlariga
deklaratsiya topshirishlari lozim:
-
kapital qoʻyilishni amalga oshirish uchun, tegishli rahbar va maxsus xizmat
organlari tomonidan ruxsat olinishi kerak;
-
investitsiya loyihasining sanitariya-gigiena va ekologik talablarga javob berishi
toʻgʻrisida ekspertiza xulosasiga ega boʻlishi shart.
Yuqorida qayd qilinganlardan tashqari, investitsiya subʻektlarining majburiyatlariga
quyidagilar ham kiradi:
-
vijdonan raqobat qilish va yakka hoqimlikka karshi muvofiqlashtirish talablarini
bajarish;
-
davlat, rahbar xodim va organlar tomonidan yuklatilgan talablarni baholash va
ularga boʻysunish;
-
belgilangan tartibda buxgalterlik va statistik maʻlumotlar, hamda hisobotlarni
tegishli idoralarga oʻz vaqtida yetkazib berish.
Bulardan tashqari investitsiya faoliyatini har bir ishtirokchisi maxsus ishlarni bajarish
uchun litsenziyaga ega boʻlishi lozim. Litsenziya olish uchun bajarish lozim boʻlgan ishlarni
ruyxati va ularni amalga oshirish tartibi mumkin kadar qonunchilikda belgilanadi.
Investitsiyalashning asosiy bosqichlari quyidagilardir;
1.
Resurslarni kapital xarajatlariga aylantirish, yaʻni investitsiyalarni aniq investitsiya
faoliyati obʻektlariga investitsiyalash;
2.
Qoʻyilgan
mablagʻlarni kapital qiymatining oʻsishiga aylantirish, bu
investitsiyalarni pirovard isteʻmoli va yangi isteʻmol qiymatini olish bilan harakatlanadi:
3.
Kapital qiymatini foyda koʻrinishida oʻsishi, yaʻni investitsiyalashning yakuniy
maqsadi amalga oshiriladi.
Shunday qilib, boshlangich va yakuniy boʻgʻinlari birlashib, yangi oʻzaro bogʻliqlikni
yaratadi; daromad-resurs-yakuniy natija (samara), yaʻni jamgʻarish jarayoni qayta takrorlanadi.
Kapitalni oʻsish manbasi va investitsiyalashni maqsadida amalga oshirilayotgan
loyihalardan olinadigan daromaddir.
Amaliyotda investitsiyalarning samaradorligini (IS) aniqlash uchun foyda massasining (F)
investitsiya xarajatlariga (IX) boʻlgan nisbati foiz koʻrinishida olinadi;
IS
F
IX
100
Investitsiya xarajatlarini foyda bilan solishtirish jarayoni doimiy ravishda investitsiyalash
amalga oshguncha kadar (investitsion loyihaning biznes-rejasi ishlab chiqarish davrida),
investitsiyalash davrida (obʻektni kurilishi davrida) va investitsiyalashdan soʻng (yangi obʻektdan
foydalanish davrida) davom etadi.
Samara yoki daromad keltiradigan mulkiy va intellektual boyliklar, yaʻni investitsiyalar
quyidagi shakllarda boʻlishi mumkin:
-
pul mablagʻlari, banklardagi maqsadli jamgʻarmalar, paylar, aktsiyalar va boshqa
qimmatbaho qogʻozlar;
-
harakatdagi va harakatda boʻlmagan mulklar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar,
hamda boshqa moddiy boyliklar);
-
muallliflik huquqi, nou-xaulardan tashkil topgan mulkdorlik huquqlari va boshqa
intellektual boyliklar;
-
er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari hamda mulkchilik huquqlari;
-
boshqa boyliklar.
Investitsiyalarning qayd etilgan turlari va shakllari asosida tadbirkorlik, ishbilarmonlik va
boshqa davlat tomonidan taʻqiqlanmagan faoliyatlarni barcha investorlar tomonidan amaliy
ravishda yoʻlga qoʻyish, mablagʻlar sarflash va ularni amaliyotga tadbiq etish chora tadbirlarining
yigʻindisi investitsiya faoliyatini anglatadi. Bozor iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini fuqarolar,
huquqiy shaxslar (korxonalar, firmalar, aktsioner jamiyatlari va boshqa tipdagi mulk egalari) va
davlat yuritadi. Investitsiya faoliyatini yoʻlga qoʻyishda har bir mulk egasi, birinchi navbatda oʻz
manfaatini koʻzlab yagona maqsadga, yaʻni foyda olish va samaraga erishishni rejalashtiradi.
Investitsiya faoliyatini tashkil etishda har bir mulk egasi ishbilarmonlikni, tadbirkorlikni
mohiyatini chuqur anglagan holda ish yuritishi lozim. Investitsiya faoliyati bilan shugʻullanuvchi
mulk egasi tez oʻzgaruvchan bozor iqtisodiyoti va uning koʻpqirrali munosabatlarini har
tomonlama anglay bilishi lozim. Investitsiya faoliyatini yuritishda iqtisodiy axborotga tanlangan
soha bir butun iqtisodiyot va mamlakat miqyosida marketing bilimlariga ega boʻlishi alohida
ahamiyatga ega. Chunki barqarorlashmagan iqtisodiyotda investor pul muomalasi, moliya kredit
va banklar, soliq siyosati mohiyatini chuqur bilmay turib, investitsiya faoliyatini tashkil etish
tavakkalchilik bilan bogʻliq boʻlib, qisqa davr ichidagi inqirozga uchrashi mumkin. Bozor
munosabatlari rivojlangan yetuk jamiyatda investitsiya faoliyati quyidagi yunalishlarda olib
boriladi:
-
fuqarolar, davlatga qarashli boʻlmagan korxonalar, xoʻjalik assotsiatsiyalari, jamoa
va urtoklik xoʻjaliklari hamda jamoa mulkchiligi asosida tashkil etilgan diniy tashkilotlar, nodavlat
korxonalari va muassasalari tomonidan;
-
davlatni maʻmuriy va boshqaruv boʻlinmalari, tashkilotlari hamda davlat
korxonalari va muassasalari tomonidan;
-
chet el fuqarolari, xususiy firmalar, assotsiatsiyalar, kompaniyalar va huquqiy
shaxslari hamda boshqa davlatlar tomonidan;
qoʻshma korxona koʻrinishida mahalliy va chet el fuqarolari, huquqiy shaxslar va davlatlar
bilan hamkorlikda. Mulkchilikni turli shakllarini rivojlanishi, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni
yoʻlga qoʻyilishi, jahon iqtisodiy aloqalarini tarakkiy etishi, qoʻshma korxonalarni iqtisodiyotni
barqarorlashtirishda rolini ortishi investitsiya faoliyatini toʻla tashkil etish uchun zarur boʻlgan
imkoniyatlarni yaratadi. Mulkchilikning turli shakllarini vujudga kelishi, oʻz navbatida
tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el kapitalining kirib kelishi investitsiya faoliyatini tashkil etish
yunalishlarini ham aniqlab beradi. Investitsiya faoliyati toʻrt asosiy yunalishlarda bir-biriga
bogʻliq boʻlmagan holda, turli xil mulkdorlar tomonidan olib boriladi. Investitsiya faoliyatini
tashkil etishning bu yunalishlari oʻz navbatida bir necha tip va shakllarda amaliyotga tadbiq etiladi.
Bozor sharoitida investitsiya faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish jismoniy, huquqiy
shaxslarni va davlatni, foyda olish maqsadida tadbirkorlik, ishbilarmonlik va boshqa faoliyatlarini
qaytadan tiklashga qaratilgan. Bu boradagi asosiy maqsad investitsiya faoliyatini tashkil etib
iqtisodiyotni inqirozdan olib chiqish, uni barqarorlashtirish, dunyo bozoriga kirib borish, jahon
xoʻjalik aloqalarini mustahkamlash va axoli turmush darajasini yaxshilashdir.Bozor iqtisodiyotida
investitsiya faoliyatini moliyalashtirish investorlar tomonidan moliyaviy resurslarni jalb qilish
yoʻli bilan kreditlar evaziga, muomalaga, qonunchilikda belgilangan holda, qimmatli qogʻozlar va
zayomlar chiqarish hisobiga olib boriladi. Davlat mulkini xususiylashtirish tufayli mamlakat
miqyosidagi manbalarni tarkibida mablagʻlarni kamayib borishi koʻzatilmoqda. Aksincha turli
mulk egalarining mablagʻlari, yangidan tashkil etilayotgan fondlarni ulushi, chet el
investitsiyalarining miqdori ortib boradi. Albatta, bu borada har bir mamlakatning investitsiya
siyosati hal qiluvchi rolni uynaydi. Investitsiya manbalarini tashkil etishda mamlakat iqtisodiyotini
barqarorligi, milliy valyuta birligini konvertrlanishi, tashqi iqtisodiy munosabatlarning
rivojlanishi, axoli extiyojini ishlab chiqarish hisobiga kondirilishi va boshqalar muhim rolь
uynaydi.Bozor munosabatlarini rivojlantirish davlat tomonidan olib boriladigan ichki moliya
siyosatiga chambarchas bogʻliqdir. Moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash hamda u
yoki bu yunalishda sarflash va jamgʻarish mamlakatda qabul qilingan va amaliyotda faoliyat
koʻrsatayotgan taqsimot tizimiga bogʻliqdir. Qonunchilikni rivojlanishi, adolatli qonunlar qabul
qilinishi va ularni hayotga tadbiq etilishi bozor munosabatlarining rivojlantirishga, tadbirkorlik,
ishbilarmonlikni keng kulamda tarqalishiga qaratilsa investitsiya manbalari tarkibida davlat
mablagʻlari kamayishi hisobiga boshqa mulkdorlar mablagʻlari oʻsib boradi. Ishlab chiqarish
munosabatlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish va davlatning samarali moliya siyosatini yuritish alohida
ahamiyatga egadir. Xorijiy kapitalni kirib kelish darajasi ustun darajada mamlakatni olib
borayotgan moliya siyosatiga bogʻliqdir.
Oʻtish iqtisodiyotida investitsiya manbalarini mulkchilik shakllaridan katʻiy nazar
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
-
investorlarni oʻz moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul
jamgʻarmalari, fuqarolar, huquqiy shaxslarni jamgʻarmalari va boshqa manbalar);
-
investorlarni qarzga olgan moliyaviy mablagʻlari (zayom obligatsiyalari, bank
kreditlari va byudjet ajratmalari); investorlarni jalb qilgan moliyaviy mablagʻlari (aktsiyalar va
boshqa qimmat baholi qogʻozlarni sotishdan tushgan mablagʻlar, fuqaro va huquqiy shaxslarni
paylari va turli xil badallar, hamda turli xil maqsaddagi nodavlat fondlar, mablagʻlari); davlat
byudjetining investitsiya ajratmalari.
Bozor munosabatlari shakllangan sharoitda investitsiya faoliyatini moliyalashtirish
manbalari tarkibini 2-chizmada kurish mumkin.
2-chizma
Investitsiya jarayoni – pul taklif qiluvchilar (vaqtincha bush mablagʻlarga ega boʻlganlar)ni
pul talab qilayotganlar (ularga extiyoj sezayotganlar) bilan uchrashtirish mexanizmidir. Ikkala
tomon odatda moliyaviy institutlarda yoki moliyaviy bozorda uchrashadilar. Ayrim vaqtda,
xususan mulkiy qiymatlar (masalan, kuchmas mulk) bilan bitim imzolanganda sotuvchi va
xaridorlar bevosita muomalaga kirishadilar. Moliyaviy institutlar – masalan, banklar va ssuda
omonat assotsiatsiyalari – oddatda omonatlarni qabul qiladilar va keyin pulni kreditga beradilar
yoki Boshqa pul bilan mablagʻlarni investitsiyalaydilar.
Dostları ilə paylaş: |