Фойдаланиладиган адабиётлар рўйхати
Асосий адабиётлар:
1.L.R.Dabay and others/Principles of business/2012.600p.
2.Jeef Madura/ Introduction to business/ Florida Atlantic University/Paradigma Publishing
Inc. 2010.694p.
Қўшимча адабиётлар
33.
Переверзев М. П., Шайденко Н. А., Басовский Л. Е. Менеджмент. - 2-е изд.,
переработанное. -М.: ИНФРА-М, «Высшее образование», 2011. - 330 с.
34. Мескон М.Х. и др. Основы менеджмента.-М.: Вильямс, 2008.-672 с.
35. Lawrence Mensah Akwetey.
Business administration for students
and
managers//Sotsis. – 2011
36. Robert C.Appleby. Modern business administration. Manual.– M: Gardarika, 2009
Интернет сайтлари
www.cbu.uz
www.gov.uz
www.lex.uz
www.mf.uz
10-mavzu. Karyerani rejalashtirish va rivojlantirish
Reja:
1.
Karyeraga erishish imkoniyatlari
2.
Karyerani rejalashtiring
3.
Ishga kirishga xujjat topshirish
4.
Ish bilan ta’minlash
1. Karyeraga erishish imkoniyatlari
Kasb – bu mahsulot yoki xizmat ko'rsatishga qaratilgan vazifa yoki bir qator vazifalardir.
Insonlar bo'sh ish o'rinlarini to'ldirshlari uchun yollanadi va ularga bajargan ishiga ko'ra haq
to'lanadi. Erishilgan mavqe – bu kasb yoki bir qator kasblar orqali ishni to'laqonli bajariladigan
uchun qilingan maqsad. Sizda hozirgi vaqtda haqiqatdan ham quyidagicha muvaffaqiyatga
erishish maqsadi bo'lsa kerak: « o'qishni yaxshi tamomlash hamda kelajakka tayyorlanish. »
Muvaffaqiyatga erishishni rejalashtirish – bu o'qish davomida muvaffaqiyatlarga
erishish,muvaffaqiyatga erishmoqchi bo;lgan sohada o'zini har tomonlama mos kelishini
muhokama qilish va kelajak kasbi bo'yicha qaror qabul qilish jarayonidir. Bu jarayon shaxsiy
loyiqlikni baholash bilan boshlanadi. Szining qiziqishingiz, va qobiliyatlaringiz sizni kasb
tanlashingiz uchun asos bo'ladi hamda bu kasbni egallashda muvaffaqiyatga erishishda yana yangi
qiziqishlar va qobiliyatlar shakllanadi. Siz kasb tanlashda to'g'ri qaror qabul qilishingiz ancha vaqt
davom etishi mumkin. Kelgusi yillarda, siz yangi qiziqish va qobiliyatlarni kashf etishingiz
mumkinligi tufayli ba'zi maqsad va rejalaringiz o'zgarishi mumkin.Kasb o'rganish – davomiy
jarayon. Kasb o'rganishda yangi ko'nikmalar har doim yuzaga chiqib, rivojlanib boradi. Siz biron-
bir kasbni bir kunda yoki bir hafta davomida o'rgana olmaysiz, akbatta. Siz bu jarayonni butun
umr davomida davomiy ekanligini anglashingiz juda muhim. Bu jarayon siz kasbingizda
muvaffaqiyatlarga erishganingizdan keyin ham davom etaveradi. Sizning birinchi qabul qilgan
tanlovingiz noaniq tanlovdir, chunki agar ma'lum vaqt mobaynida boshqa kasb haqida yangi
qiziqarli ma'lumotga ega bo'lib qolsangiz, siz qaroringizni o'zgartirib qolishingiz mumkin. Bunaqa
vaqtinchalik qarorlar ham, umuman qaror qabul qilmagandan ko'ra ancha yaxshiroqdir. Bunaqa
tanlov
sizga
yo'nalish
tanlab
olishingizga
ko'mak
beradi.
Maktabdavridanoqbironkasbnitanlashbo'yichaboshlang'ichfikrlarhamanchafoydali jihatlarga ega.
Ualr biri shuki, siz o'sha davrdanoq o'zingiz qiziqqan kasb haqida bir-muncha tayyor
ma'lumotlarga ega bo'lgan bo'lasiz. Eng muhimi, ilk tanlov sizga qanaqa kurslarda tayyorgarlik
ko'rib borishingizga yordam beradi. O'z yo'nalishingizga aloqador tashkilotlar bilan qiziqib,
ularning faoliyatini o'rganib borishingiz sizni yanada ruhlantiradi. Tashkilotlar sizga biznes va
biznesda muvaffaqiyatga erishishni o'rgatadi.
Kasb o'rgatish
Ko'pgina kasblarni muvaffaqiyatli egallash oily ta'lim bilan birga qo'shimcha ta'lim va
mashg'ulotlarni ham talab qiladi. Bular quyidagicha ta'limiy tanlovlar:
Ikki yillik maktablar, boshlang'ich maktablar, ko'plab sohalarda tayyorlovlarni olib boradi.
To'rt yillik kollej va universitetlar, ikkalasi ham davlat yoki xususiy bo'lishi mumkin.
Xususiy biznes maktablari va boshqa institutlar ko'pgina sohalar uchun treyninglar
o'tkazadi: kompyuter texnigi, sartarosh, sud reportyori, kompyuter texnigi, sartarosh yoki
mexanik.
Hozirgi kunda ta'lim muassasalarida har xil turdagi moliyaviy yordamlar o'quvchi va talabalarga
beriladi. Masalan, stipendiyalar, kreditlar va qo'shimcha ishlar kabi qulay imkoniyatlar beriladi.
Moliyaviy yordam dasturi o'qishida muvaffaqiyatga qozongan talaba yoshlarga beriladi.
Boshqalari esa moliyaviy yordamga muhtoj oila farzandlari uchun beriladigan yordamlardir.
Siz qanday qilib to'g'ri karyera tanlay olganingizni bilishingiz mumkin, bilasizmi? Sizning
tanlovingiz eng to'g'ri deyishga hech qanday asos yo'q. To'g'ri ketma-ket qadam bo'yicha
boruvchilar yaxshi qaror qabul qiladilar.
КARYERAGA ERISHISHNI REJALASHTIRISH JARAYONI
1-qadam Shaxsiy (o'z meni bo'yicha) tahlil
Qiziqish va imkoniyatlaringizni aniqlang
Iqtidor va qobiliyatlaringizni bilib oling
2-qadam Ish bozori tahlili
Geografik ta'sirlar
Biznes va iqtisodiy moyillik
3-qadam Ariza(murojaat) jarayoni
Ariza anketasi
Rezume va jild xati
4-qadam Suhbat jarayoni
Suhbatga tayyorgarlik
Kuzatuv mashg'ulotlari
5-qadam Ishga qabul qilish
Maosh va moliyaviy faktorlar
Tashkiliy muhit
6-qadam Karyerani rivojlantirish
Muvaffaqiyatga erishish kalitini tajriba qilish
Mustahkam faoliyat yuritishni rivojlantirish
Karyera ma'lumotlari manbalari
Karyerani rejalashtirishni o'rgatuvchi turli manbalarni topish juda oson. Siz ta'lim
olayotgan muassasada ham turli gazeta, jurnal , kitob va boshqa ma'lumot beruvchi manbalar bilan
hamkorlikda karyera manbalari markazi bo'lishi mumkin. Ba'zi manbalarda o'z yashovchi
hududingizda mavjud bo'lgan ish o'rinlari hamda karyera boshlashga qulay imkoniyatlar borligi
bo'yicha to'liq maxsus ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Bosma va ommaviy axborot manbalari.
Ko'pgina gazeta va jurnallarda yuzlab ish o'rinlari, ishlarda mavjud bo'lgan qulayliklar, ta'lim va
qo'shimcha tayyorlov kurslari, ishga qabul qilinish bo'yicha talablar, rivojlanish imkoniyatlari
haqida keng ma'lumot va e'lonlarni ko'rishingiz mumkin. Bu manbalar online ham mavjud.
Biznesga aloqador bo'lgan maqolalar, mahalliy kompaniyalar va karyerada muvaffaqiyatga
qozonish sirlari haqidagi turli qiziqarli ma'lumotlar biznes haqidagi bo'limda berilib boriladi.
Bunda berilib boriladigan e'lonlar hozirgi ish bozorida qanday mahorat va ko'nikmalarga talab
borligi yoritilib boriladi. Onlayn manbalar Karyerani rejalashtirish bilan yordam beruvchi
websaytlar talaygina. Bu saytlar o'zining karyera imkoniyatlari, rezumelar, ta'sirli suhbat va
karyerani rivojlantirish masalalari bilan bog'liq ma'lumotlari bilan qiziq.
Qo'shimcha ma'lumotlar olish uchun suhbatlar. Mavqe'gaerishishuchunjudafoydaliusul –
buqo'shimchama'lumotlarolishuchun suhbat qurishdir.
Qo'shimchama'lumotlarsuhbati – ishchibilanrejalashtirilganmuzokarabo'lib, buishchi sizga
o'zining siz bajaradigan ish to'g'risida, tayyorgarlik qanaqa b'lishi to'g'risida va boshqa insonlar u
ish turiga bo'lgan munosabati haqidagi ma'lumotlari bilan yordam beruvchi shaxs. Bunaqa
suhbatlar sizga mavqe'ga erishish uchun boriladigan yo'lning chuqur hamda uzun bayonini yoritib
beradi.
Ko'pchilik ishchilar o'zlarining ish tajribalaridan kelib chiqqan holda so'zlaydilar. Shu
o'rinda siz doim so'zlovchidan so'raydigan savollaringizni tayyorlab qo'ying. Ba'zi savollar
quyidagicha bo'lishi mumkin:
Siz hozirgi ishingizga qanday joylashgansiz?
Bu ish sizni qoniqtirishiganima sabab bo'lgan?
Ishingiz qanday vazifa va faoliyatni talab etadi?
Bu sohada ishlash uchun eng muhim sifat nima bo'lib hisoblanadi?
Bu ish turida bo'yicha o'ylayotgan yosh insonga qanday maslahat bergan bo'lardingiz?
Suhbat davomida o'zingiz uchun yangilik sifatida kashf etgan ma'lumotlarni qisqacha yozib
oling. Agar maxsus bir mavqe'ga erishish faoliyati juda qiziqtirgan bo'lsa, siz ustozingiz yoki
boshqa ma'sul shaxs, o'sha korxonaning biror ishchisiningqiziqishingizga ta'sir qiluvchi so'zlarini
tinglash va ularga ergashish orqali ishchi soyaga aylanishingiz mumkin. Ma'lum bir ishni
faoliyatini qay tarzda olib borishni o'rganishning eng samarali usuli bu ishchi soya bo'lish
hisoblanadi. Biznes aloqalar. Siz o’rganayotgan soha bo’yicha ishlovchi inson bilan ularning ish
faoliyati haqida suhbatlashish jarayoni hamkor shaxs bilan aloqaga kirishish(networking)deyiladi.
Suhbat jarayonida sizning aloqangiz cheklanmaganligi yaxshi foydadir. Siz suhbatlashadigan har
bir hamkor shaxs sizning martabangiz ko’tarilishi uchun qanday yo’l tutish lozimligini
ko’rsatuvchi ehtimoldagi aloqa manbaidir. Siz ishgajoylashganingizda bu aloqalar sizni qo’llab-
quvvatlovchi kuch sifatida ko’mak berishi mumkin.
O'sish ko'rsatkichi ehtimolligi yuqori bo'lgan karyera sohalari
Biznes xizmatlar:
Ma’lumot tahlilchilari
Menejerlar
Til tarjimonlari
Web maslahatchilari
Iqtisodiy xizmatlar:
e-tijorat
investitsiya maslahatchilari
risk menejerlar
Menejment va insoniy resurslar:
administratorlar
intervyu oluvchi jurnalistlar
nazoratchilar
Kompyuter texnologiyalari:
kompyuter operatorlari
texnik xizmatchilar
sistema tahlilchilari
web-sayt yaratuvchilari
Sog’liqni saqlash:
soglikni saqlash adminstratorlari
uy hamshiralari
labaratoriya texniklari
terapevtlar
Savdo va chakana savdo:
elektronik savdo vakillari
iqtisodiy xizmat vakillari
tibbiyot mahsulotlari sotuvi
bo’yicha menejerlar
Ta’lim:
korporativ murabbiylar
ta’lim adminstratorlari
maxsus ta’lim o’qituvchilari
Mehmonxona va oziq-ovqat
xizmatlari:
mijoz xizmati namoyondalari
oziq-ovqat xizmatlari
menejerlari
majlis(uchrashuv)larni
rejalashtirib beruvchi menejerlar
kurort va mehmonxona
adminstratorlari
Ijtimoiy xizmatlar:
bola sog’ligini saqlash ishchilari
katta yoshlilarga ‘amxo’rlik
qiluvchi ishchilar
oila advokatlari
ijtimoiy xizmat agentliklai
adminstratorlari
MAVQE'( MUVAFFAQIYAT )GA ERISHISHNI REJALASHTIRISH SHAXSIY HISOB-
KTOBLAR (ISHGA LOYIQ YOKI LOYIQMASLIK)
Siz hayotingiz davomida sizni qoniqtiruvchi kasb tanlaganingizga shubha qilmaysizmi?
Sizning rejalaringiz avvalo o'zingizni xohishingiz, qobiliyatingiz va imkoniyatlaringizni hisobga
olgan holda boshlanishi lozim. Bu uch maydon sizga eng to'g'ri tanlov qabul qilishingizga juda
yaxshi yordam beradi. Shaxsiy savol-javoblardan so'ng siz sizni to'la qondiruvchi hamda omad
keltiruvchi mavqe'(mansab)ga erishasiz.
Qiziqishlar. Hozirgi kunda yoshlarni savollarini qoniqtiruvchi javoblar sifatidagi
ma'lumotlaryozma variantda ham online ko'rinishida ham mavjud. Sizning qizqishlaringiz ishdagi
maqsadlaringizga yetishish uchun asos bo'lib hisoblanadi.
Ijtimoiymoyilligikuchlibo'lganlarinsonlarbilanko'pmuloqotliishlarga ko'proq mos kelishi
mumkin. Agarsizvoqea-hodisalarnikuzatish, tintuvqilishgaqiziqsangiz, undatergovishlari sizga
to'g'ri keladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Sizning qiziqishlaringiz qaysi sohaga to'g'ri keladi?
Bilasizmi?
Imkoniyatlar
Imkoniyatlaringizni bilishingiz hamda ularni doimo hisobga olishingiz siz uchun juda
muhimdir. Siz imkoniyatlaringizni bilish uchun tanlagan sohangiz ishini amalda yoki mashqlarda
sinab bajarib ko'rishingizning o'zi ham yetarli. Bu qulaylik, pul, kuch, yutuq, mustaqillik(erkinlik),
xavfsizlik, tegishlilik yoki boshqalarga xizmat qilish sizning unvoningizga(martabangizga) qay
darajada loyiq yoi loyiqmasligini ko'rsatadi. Bularning har biri hayotiy ish jarayoningizga ta'sir
qilmay qolmaydi.
Siz quyidagi ba'zi savollarga javob berish orqali o'z imkoniyatlaringiz chegarasini aniqlab
olishingiz mumkin. Bular sizga nimalrni muhim deb hisoblashingizni bilishingizga yordam beradi.
Namunaviy savollar:
Ko'p pul ishlab topish men uchun muhimmi?
Men boshqalarga xizmat qilinadigan ishlarga qiziqamanmi?
Ish o’rniga ega bo'lish boshqalarga muhim bo'lganidek men uchun muhimmi?
Juda murakkab hamda qo'shimcha ta'limni talab etashi mumkin bo'ladigan ishni
xohlaymanmi?
Murakkab hamda kelajakda yaxshiroq qulayliklar yaratib berilishi taklif etiladigan boshqa
joyga nisbatan kamroq ish haqi to'lanadigan ishni boshlashga xohishim bormi?
Ta'lim yoki qo'shimcha kurslar uchun pul ajratishim boshqa narsalarga pul sarflashimdek
muhimmi? Bularni tushunish uchun yana qo'shimcha savol: “ Agar sizga kimdir juda ko'p pul
bersa, ularni nimaga sarflagan bo'lardingiz?” Ozingizning shaxsiy biznesingizni boshlagan
bo'larmidingiz? Butun dunyo bo'ylab sayohat qilgan bo'larmidingiz? Nochor bolalarni qo'llab-
quvvatlovchi tashkilot ochgan bo'larmidingiz? Eng zamonaviy garderoblarni sotib olgan
bo'larmidingiz? Qimmat ta'limni qoplash uchun pulingizni sarfalagan bo'larmidingiz? Sizning
javoblaringiz sizning shaxsiy qadr-imkoniyatlaringizni ko'rsatib beradi.
Iqtidor va qobiliyatlar. Har bir inson qandaydir iqtidor va qobiliyatlarga ega. Iqtidor bu
tug'ma, tabiiy hisoblanib, aniq bo’lgan nimalarnidir bajarishga moyillikdir. '' Tabiatan iqtidorli ''
deyilish sababi shundan. Qobiliyat bu aqliy yoki jismoniy vazifani bajara olishga qodir bo'lish
sifati bilan baholanadi. Bularni hisobga olish mavqe'ga erishishingizni rejalashtirishda muhim.
Siz qobiliyatlaringizni turli xil yo'llar bilan aniqlab olish imkoniyatiga egasiz. Maktabda
fanlardan olgan baholaringiz hamda qatnashgan qo'shimcha to'garaklaringiz ko'rsatkichlarini bir
eslang. Qanday qo'shimcha to'garaklarga borgansiz? Qay biridan zo'r o'zlashtirgansiz? Qay birlari
oson, qay birlari qiyin bo'lib hisoblangan? Eng sevimli fanlaringiz qaysilar edi? Bu savollarga
javoblaringiz sizning iqtidor va qobiliyatlaringizni bilib olishga imkon beradi. Qobiliyatlar
rivojlantirilishi mumkin va buni yodda saqlash kerak. Agar qaysidir sohada no'noqroq bo'lsangiz,
o'sha sohadagi bilimlaringizni kuchaytirishga yordam beruvchi to'garaklarga qatnashni
xohlashingiz mumkin. Misol uchun, ko'p ishchilar yozish, o'qish va kompyuterda ishlashni bilish
juda muhimligini ko'p bora ta'kidlashadi. Agar siz hisobot tayyorlashni yaxshi bilmasangiz, Ingliz
tili yoki Biznesni Boshqarish bo'yicha qo'shimcha to’garaklarga qatnang. Agar o'qish qiyin bo'lsa
o'sha bo'yicha yordam oling. Bo'laklar yoki o'nli kasrlar bilan ishlash qiyin bo'lsa, matematika
darslarini o'rganib chiqish yaxshi foyda beradi deyish mumkin. O'z ishingizni to'liq boshlashdan
avval o'sha ish sohasi bo'yicha zaif tomonlaringizni kuchaytirib olishga harakat qiling. Tanlagan
sohangiz ishida o'sish uchun kerakli bo'lgan mashg'ulot hamda to'garaklarni rejalashtirib oling.
Ish
malakasi.
Ba'ziodamlaro'zlario'ylagandanortiqroqmavqe'(muvaffaqiyat)gaerishish
mahoratlariga ega bo'ladi. Jamoaviy ishlarda faolligingiz, ish jarayonidagi tajriblaringiz uchun
asos bo'ladi. Kasbingiztalabetadiganqobiliyatlarni 4 xilasosiyyo'llarbilanboyitishingizmumkin:
sohangiz bo'yicha mahorat darslari, yarim vstavka ish jarayoni, volantyorlik va maktab
mashg'ulotlari.
Ish topish uchun manbalar
Ish qidiruvchilar uchun o'zlariga mos ish o'rnini topish muammosi har doim mavjud. Bu
muammoni hal qilishda ommaviylashgan bir-nechta manbalar mavjud. Bo'sh ish o'rinlarini topish
muvaffaqiyatga erishish kalitini topish bilan barobar.
Ommaviy axborot. Ommaviy axborotda berilib boriladigan mavqe'(muvaffaqiyat)ga
erishishni
rejalashtirish
ma'lumotlari
qatorida
bo'sh
ish
o'rinlari
ham
berilib
boriladi.Bundaishchilarkerakta'biridagie'lonlarboshlang'ichnuqtabo;libhisoblanishimumkin.
Gazetalar va ularning web-saytlarida yangi ish o'rinlarini qidiruv tizimlari ham mavjud. Lekin
shuni bilingki, jamiyat hayoti uchun eng muhim bo'lgan ba'zi sohlardagi bo'sh ish o'rinlari ommaga
e'lon qilinishi ta'qiqlanadi.
Shaxsiy aloqalar
Siz ish qidirib yurganligingizni ko'pchilik bilgani ma'qul. Bunda sizga ta'lim
muassasangizdagi maslahatchilar yoki biznes o'qituvchilaringiz ham yordam berishlari mumkin.
Agar o'qishingizda ish bilan ta'minlab berishi dorasi mavjud bo'lsa, o'sha idoraga ham a'zo bo'lib
qo'ying. Qarindoshlaringiz, do'stlaringiz, qo'shnilaringiz va boshqalar ham ish topishingizda
kerakli manba bo’lishlari mumkin.
Biznes aloqalar.Siz o'z sohangizdagi biznesmenlarga uchrashib, ulardan yangi ish o'rinlari
qachon ochilishi haqida so'raganingiz ma'qul. Ba'zi korxona va h.k.lar o'z derazalariga yangi ish
o'rinlari haqida e'lonlar ilib qo'yishlari mumkin. Ba'zi restoranga o'xshash joylarda davomiy
ravishda ishga arizlar topshirilib borilishi mumkin. Kiosklarda ham siz online tarzda ish o'rinlariga
arizalar berishingiz mumkin. Ish qidirish jarayonida siz atrof-muhit bilan yaqindan tanishib
borasiz. Deyilmoqchikim, ish jarayonidagi har xil vaziyatlar hamda ishchilar bilan tanishasiz.
O'zingiz uchun kerakli shaxslar bilan aloqa o'rnatishingiz ham osonlashishi mumkin. Bo'sh ish
o'rinlari e'lon qilinmaydigan tashkilotlarning nomlarini qidirishda web-saytlar yoki biznes
boshliqlari orqali bilib olishingiz mumkin. Bu korxona yoki tashkilotlar bilan aloqa o'rnatishingiz
sizning kelajakdagi muvaffaqiyatlaringizning qo'lga kiritilishida yaxshi natija berishi mumkin.
Soha ko'rgazmalari
Barchaga ma'lumki, ko'pgina ta'lim muassasalari hamda jamoat markazlarida har xil
sohalarga oid ko'rgazmalar o'tkazilib boriladi. Bu ko'rgazmalarda siz tashkilot yoki korxona
vakillari bilan bo'lgan muloqotingizda qisqa vaqt ichida o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob
olishingiz hamda o'z iqtidoringizni namoyon etib ularning tashkilot yoki korxonlariga ishga taklif
etilishinguz mumkin. Shuning uchun, suhbat jarayonida o'sha tashkilot yoki korxona haqida bir
qancha ma'lumotlarga ega ekanligingizni ko'rsatishingiz sizga boshqalardan ajralib turishingizda
ko'mak beradi.
Ish bilan ta'minlash bo'yicha hukumat tashkilotlari
Bo'sh ish o'rinlarini topishda yana bir manba bo'lib mahalliy hamda davlat ish bilan
ta'minlash tashkilotlari hisoblanadi. Bu tashkilotlar sizning malakali mutaxassislar bilan birga ish
faoliyatini o'rganishingizga hamda ish o'rinlarini topishingizda sizni qo'llab – quvvatlaydi.
Bu tashkilotlar sohangizga oid ish bozori haqida eng so'nggi ma'lumotlarni berishi
mumkin. Ular sizga to'liq, yarim vstavkali yoki faqat yoz fasli uchun ish topishingiz uchun yordam
berishlari mumkin.
Ish qidirishda turli manbalarga tayaning. Ish o'rinlari va ish qidirish strategiyalari haqida
qanchalik ko'p insonlar bilan suhbatlashsangiz, shuncha ijobiy natijalar ko'rinadi. Sizni kuchli
hamda malakali ishchi sifatida ko'rishlari uchun bu juda muhim.
Ishga murojaat . Ariza topshirish jarayoni
Ariza topshirish jarayoni bir-necha xil yo'llar bilan boshlanishi mumkin. Siz ishchi orqali
yetkazib beriladigan ariza shaklini to'ldirib berishingiz mumkin. Arizalar bosma(qog'oz) shaklida
bo'lishi mumkin, yoki online arizalar ham odat tusiga kirgan. Siz rezumelarizgizni to'plab, uni
konvertga solib topshirishingiz ham mumkin. Bu hujjatlarni ishga qabul qiluvchi tashkilot yoki
korxonae-maili yoki web-saytiga jo'natishingiz mumkin.
Shaxsiy ma’lumotlar varag’i
Ariza anketasini to’ldirishdan avval, shaxsiy ma’lumotlar varag’ingizni tayyorlashingiz kerak.
Shaxsiy ma’lumotlar varag’I bu sizning kasbingizga aloqador bo’lgan ma’lumotlaringiz
yig’indisidir. Bu sizning ta’lim ma’lumotingiz va ish faoliyatingiz haqidagi ro’yxat hamda
tavsifnomangizdir. Bu ma’lumotlar siz ariza to’ldirishingiz uchun barcha kerakli hujjatlaringiz
borligini ta’minlab beradi.
Ariza anketasi. Ishga oluvchi shaxs har doim ishga da’vogar shaxslardan ariza anketasini
to’ldirishni so’raydi. Ariza anketasi bu ish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlar
so’rovnomasidir. Ariza anketasi ish beruvchiga har bir ishga da’vogar shaxslarning ish faoliyatiga
bog’liq bo’lgan standart ma’lumotlarni beradi. Anketada ism-sharifingiz, adresingiz,
ma’lumotingiz, ish tajribangiz, siz da’vogarlik qilayotgan ish turi va tavsifnomangiz kabi so’rovlar
beriladi. Anketani to’ldirishda ko’rsatilgan yo’nalishga alohida ahamiyat qarating. Agar
anketaning qog’oz variantiga yozayotgan bo’lsangiz har bir so’zlaringiz tartib bilan chiroyli
yozilishiga e’tibor qarating. Agar online versiyada to’ldirayotgan bo’lsangiz, harflarni diqqat bilan
tering. Barcha savollarga to’liq va lo’nda javob bering. *9-3 rasmda online anketa turi namuna
sifatida ko’rsatilgan.
Rezume. Rezume – bu ishga oluvchi shaxsga siz haqigizdagi ma’lumotlarni yetkazuvchi
ma’lumotnomadir. Rezumelarning amaliyotga asoslangan va malakaga asoslangan ikki turi keng
yoyilgan turlaridan. Tajribaga asoslangan rezumeda, tajribalaringiz odatda ish faoliyatingiz tarixi
ketma-ketligi asosida ro’yxat qilib beriladi. Malakaga asoslangan rezumeda esa siz joylashmoqchi
bo’lgan ishga mos bo’lgan qobiliyatlaringiz hamda tajribalaringizga alohida e’tibor qaratiladi. *
9-4 rasmda namunaviy rezume shakli ko’rsatilgan. Rezume quyidagicha bo’limlarni o’z ichiga
oladi:
Shaxsiy ma’lumotlar: Ism-sharif, adres, telefon raqam, e-mail
Kar’yeradan maqsad: sizning aniq yo’naltirilgan ish faoliyatigizdagi maqsadingiz
Ta’lim: ta’lim olgan muassasalar nomi, ta’lim yo’nalishlari, muddati va darajasi bilan birga
Tajribalari: ish faoliyatlari va volantyorlik mashg’ulotlari sanalari va javobgarliklari bilan
birga
Karyera sohasiga oid olgan faxriy yorliqlari va h.k. : yutuqlari, ta’lim jarayonidagi va
jamoaviy ishlardagi faolliklari
Tayyor rezumengiz professional tarzda – toza, tartibli va xatolarsiz ekanligiga ishonch hosil
qilishingiz muhimdir. Rezumengizni bir betga mo’ljallang. Siz ish bajarish mahoratingizni
qo'llagan holatda kompaniya ehtijoylariga qanchalik hissa qo’sha olishingiz mumkinligini
ta’kidlash uchun shunaqa formatdan foydalaning.
Rezumelarga odatda tezgina ko'z yugurtirilib chiqilishini yodda saqlang. Ba'zi kompaniyalar
hatto kalit so'zlarni qidirib topib ajratib beruvchi skanerlardan foydalanaishadi. Ish talabiga
muvofiq holda o'z tajribalarngizni bog'lang. Masalan, Yapon tilida nutqi ravon, Adobe
Illustratorda malakali, Cisco network sertifikati, tadqiqotchilik qobiliyati, jamoaviy proyektlar,
boshchilik qobiliyati, xorijiy ta'lim va xalqaro tajriba.
Siz nimalarga erishganligingizni tasvirlashda holat so'zlaridan foydalaning. Namuna sifatida
9-5 rasmda keltirilgan so'zlar ro'yxatini ko'rib chiqing.
Rezumengizni tayyorlash jarayonida, o'z sifatlaringiz haqida haqiqiy ma'lumotlarni keltiring.
Sizni ishga oluvchilar yozilgan ma'lumotlarni tekshirishini unutmang. Yolg'on ma'lumotlar
bersangiz, ishingizdan ajralib qolasiz. Yolg'on ma'lumotlarsiz ishga yollanganingizdan so'ng fosh
bo'ladi hamda siz ishingizda uzoq vaqt kelishmovchilik va muammolarga duch kelasiz.
Odatdatavsifnomalarrezumegakiritilmaydi. Bu ma'lumotlar ishga qabul qiluvchi so'ragan
taqdirda uning qo'liga beriladi. Sizning xarakteringiz, ma'lumotingiz va ishga layoqatlaringiz
haqda intervyu bera oluvchi odamlar ro'yxatini tuzib qo'ying. Bular sizning ustozlaringiz, avval
ishlagan joyingizdagi boshlig'ingiz, hamkasblaringiz bo'lishi mumkin. Bu shaxslar siz haqingizda
tavsifnoma bera olishlariga ishonch hosil qilib qo'yganingiz ma'qul.
Karyera portfoliosi. Ko'ginaishgadavogarshaxslarkaryeraportfoliosinitayyorlabqo'yishadi.
Karyeraportfoliosizningqobiliyatvamahoratingizhaqidagiisbotsifatidako'zko'rarnarsalaringizni
namoyon etadi.Bu quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
Rezume, muqova(jildi) va odatda intervyuda beriladigan savollarga javoblar
Bayonnoma, prezentatsiyalar va proyektlarning tadqiqot ishlanmalari
O'zi yaratgan websayt dizaynlari va mahoratli ishlari
Maqolalar yoki qatnashgan konferensiyalardagi ko'nikmalar
Tavsifnoma xatlari
Karyera portfolio ishga oluvchilar uchun sizning qobiliyat va iqtidoringizni haqiqatda reallikda
ko'rish imkoniyatini beradi. Qolaversa, bu sizning tashabbuskorligingiz hamda misli ko'rilmagan
qirralaringizni ko'rsatishingizga yordam beradi.
Anketa jildi
Anketa jildi sifatidagi xat maxsus ish bo'yicha sizning qiziqishingizni namoyish etadi. Masalan,
siz buni intervyu olishdan maqsad nima ekanligini ko'rsatuvchi xat deb biling. Shunaqa barcha
xatlar singari, bu ham uni o'quvchida katta qiziqish va e'tibor uyg'otsin. Bu xat siz bilan uchrashish
uchun ishtiyoq uyg'otsin, sizni suhbatga chaqirish uchun ilhom bag'ishlasin. Xat boadab, tartibli
va mazmunli yozilgan bo'lishi kerak.
Kirish qism
Xatning boshlanishiyoq o'quvchining e'tiborini torta olishi kerak. Yana xatda murojaatingiz
sababini aniq yoriting. Siz qiziqadigan ish yoki kasb turiga urg'u bering. Tajriba va malakalaringiz
haqida qisqacha ma'lumot berib o'ting. Joiz bo'lsa, sizning shu tashkilotga taklif etgan shaxsning
ismini ham ta'kidlab o'ting.
Rivojlanishingiz
Bubo'limsizniishga qabul qilish uchun baholashda ahamiyatli. Shuning uchun, siz bunda
ma'lumotingiz hamda tajribalaringizni yoritishingiz kerak.Qo'shimcha ma'lumotlarni ko'rib
chiqish uchun o'quvchi fikrini rezumega yo'naltiring. Shu o'rinda, o'z tajriba va
tayyorgarliklaringizni bir xulosaga jamlang. Tashkiliy ishlar uchun ham mahorat va ma'lumotingiz
borligini ham kiriting.
So'nggi qismda bilim va ko'nikmalaringizni birma-bir muhokama qilish uchun imkoniyat
berishlarini so'rang. Boshqacha qilib aytganda, suhbatga taklif etilishingizni iltimos qiling!
Kontakt ma'lumotlaringizni, telefon raqamingiz va e-mail adreslaringizni ham kiriting. Barcha
ma'lumotlar to'g'ri ekanligiga ishonch hosil qiling. Tashkilotga qanday ijobiy foyda bera
olishingizni xulosalab, xatni tugallang.
Aniq nishonga ko'zlangan xat
So'nggi yillarda, ba'zi ishchilar rezume va jild xatining o'rniga aniq nishonga ko'zlangan xatni
tayyorlashayapti. Bu siz tashkilot ehtiyoji uchun kerakli ekanligingizni asoslovchi
qobiliyatlaringiz haqida yozilgan qisqacha xulosadir. Bu xat sizning eng ustuvor qobiliyat va
mahoratlaringiz ro'yxatini o'z ichiga oladi. Sizning eng asosiy maqsadingiz, sizni suhbatga
chaqirishlari uchun asos bo'ladigan yutuq va mahoratlaringizni ko'tarib ko'rsatish.
onlayn anketa to'ldirish jarayoni
Ko'pchilik insonlar o'z karyeralarini yuritishda internet, ommaviy axborot vositalari, mobil
ilovalardan foydalanishadi. Hozirgi kunda onlayn ishga murojaat hamda onlayn suhbat
imkoniyatlari mavjud.
Onlayn ariza
Ko'pgina tashkilotlarda onlayn murojaat qilish imkoniyati mavjud. Qo'shimcha sifatida mumkin
bo'lgan ish o'rniga mos kelish bo'yicha avvalgi savol-javob, muzokaralarni ko'rib chiqishingiz
mumkin bo'ladi. E-mail yoki online rezumengizni jo'natayotganingizda quyidagilarga e'tibor
qarating:
Oddiy formatdan foydalaning. Qiya, tag chiziqli, burama va tablarda yiroq bo'ling.
Ochish qiyin bo'lgan fayllardan foydalanmang.
Rezume namunalari turli websaytlarda joylashtirilgan bo'ladi. Ular kerakli malaka va
ko'nikmalarga ega bo'lgan nomzodlarni aniqlash uchun kalit so'zlar orqali rezumelarini skaner
qilishadi. Malakali kasb egasi ekanligingizni ko'rsatuvchi so'zlar va iboralar kompaniya va kasbga
bog'liq ravishda bir-biridan farq qiladi. Masalan, ba'zi kompaniyalar lider(yetakchi), jamoakabi
so'zlarga, boshqalari esa ma'lumotlar bazasi, katta formatli jadval kabi so'zlarga e'tibor berishadi.
Onlayn suhbat
Ko'pchilik tashkilotlar video konferensiyalar orqali suhbat jarayonlarini o'tkazishadi. Ba'zilari esa
suhbat jarayonida beriladigan savollar bo'yicha videolarini junatishlarini so'raydi. Bunaqa ''e-
suhbat''lar quyidagicha savollarni o'z ichida jamlashi mumkin: '' Ishda aniq bir tuzilishda
ishlaysizmi yoki moslashib ketaverasizmi? '' va '' Qiyin muammolarni yechish uchun qanday yo'l
tutasiz? ''
Onlayn suhbatlar ishga bog'liq faoliyatda insonning qobiliyatlarini sinash uchun ham
foydalanishi mumkin. Masalan, ariza beruvchi shaxsdan bank yoki chakana savdo amaldorlari
vazifasiga qo'yilgandek javob qaytarishlari so'ralishi mumkin.
4 ISHGA JOYLASHISH SUBHAT JARAYONI
'' Bizsizbilanyuzma-yuzuchrashmoqchimiz. '' Bu rezume yoki arizangizni topshirgandan keyingi
maqsadingiz. Suhbat 2 tomonlama bo'lib, unda siz bulan suhbatlashuvchi siz haqingizda, siz esa
kompaniya, ish funksiyalari haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lasiz.
Suhbatdan avval Suhbatdan oldin siz ish da'vogarlik qilayotgan ishning vazifalari hamda ishni
rivojlantirishda nimalar qilinishi mumkinligi haqida ko'proq ma'lumotlar to'plang. Suhbat
davomida so'ramoqchi bo'lgan savollaringizni ham tayyorlab qo'ying. Ular quyidagicha bo'lishi
mumkin:
Ishchilarga tayyorgarlik uchun qanday shart-sharoitlar mavjud?
Kompaniyangizdagi ko'p muvaffaqiyatga erishgan malakali mutaxassislarning qanday
sifatlari mavjud?
Kelasi bir necha yil uchun kompaniyangiz qanday yangi qulayliklarni yaratishni
rejalashtirgan?
Suhbatdanmuvaffaqiyatlio'tishuchun suhbatni ko'proq tajribaqilish lozim. Nutqingiz
qanchalik ravon va osoyishta ekanligini bilish uchun ovozingizni tasmaga yozib oling va eshitib
ko'ring. Sizdan so'ralishi mumkin bo'lgan savollarga mazmunli, chiroyli javoblarni o'ylab qo'ying.
Do'stingizdan suhbatlashish mahoratlarini sinab ko'rishni so'rang. Fikrlaringizni bir maromda
rejalashtirib olishni mashq qiling. Ravon hamda hayajonsiz gapiring.Eng muhimi, ishtiyoq bilan
suhbatga kirishing.
Dostları ilə paylaş: |