ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
Academic Research, Uzbekistan 941 www.ares.uz
Kreativ fikrlash testlarining birinchi
avlodi domenning umumiyligi, yaʼni har
qanday sohadagi ijodkorlikning umumiy xususiyatlari mavjudligi haqidagi g‘oyaga
asoslangani kabi tadqiqotchilar ijodkorlikni baholaydigan sinovlarda shaxsning
natijalari umumiylashtirilishi
mumkinligini, bir sohadagi kreativlik ikkinchi sohaga
ham oʻtkazilishi mumkinligini taxmin qilganlar. Ushbu tadqiqotlar yo ijodkorlik uchun
zarur boʻlgan qobiliyat va koʻnikmalar domenga bog‘liq boʻlib, domendan domenga
ajralib turishini taʼkidlamoqda, yoki ikki yondashuvning qisman jamlagan
ijodkorlik
modellarini taqdim etmoqda. “Domen” deganda “sanʼat, adabiyot,
tarix yoki
astronomiya kabi ilmning har qanday muayyan sohasi” yoki “muayyan ilm sohasi
asosida yotadigan va uni qo‘llab-quvvatlaydigan reprezentatsiyalar turkumi”
tushuniladi.
Tadqiqotchilar tomonidan kreativ yondashuvning
quyidagi domenlari sanab
o’tilgan: kundalik, taʼlimga oid, harakatga oid, ilm-fanga oid va sanʼatga oid sohalar.
Ijodiy faoliyat “sanʼatkorlik” va “ilmiy’ sohalariga ajratilgan. Ijodiy faoliyat uch
umumiy sohaga boʻlinishi mumkin: verbal, sanʼatkorlik va muammoni hal qilish.
Kreativlik sohalarini oʻrgangan amaliy tadqiqotlarning batafsil tahliliga ko‘ra,
matematika ilmiy sohasi doimo boshqa ijodkorlik sohalardan yaqqol ajralib turadi.
Har qanday shaxsning ijodiy faolligi uchun toʻrt zaruriy qismi sanab o’tiladi:
sohaga bogʻliq
qobiliyatlar;
kreativlikka bogʻliq jarayonlar;
vazifa borasidagi ishtiyoq (motivatsiya);
mos, qulay sharoit.
XULOSA
Ijodiy sermahsullik bazaviy resurs yoxud sohaga bogʻliq qobiliyatlar,
jumladan, bilim va texnik koʻnikmalar bo‘lib, ularni yangicha
usulda birlashtirish
uchun kerak boʻladigan qobiliyatlar tayyor qoʻllanmalardan voz kecha olish kabi
zarur motivatsiyani taqozo etadi. Bu toʻrt komponent ham turgʻun, ham
takomillashtirish va muhitga moyil boʻlgan komponentlardan iborat.
O‘quvchilarning kreativ fikrlash koʻrsatkichlari
ularning tadqiqotchilik
qobiliyatlariga qanday bogʻliq ekanligini tahlil etish ham oʻrinlidir. Xuddi o‘quvchi
ishtiyoqini oʻlchaydigan uslub kabi, uning tadqiqotchilik
qobiliyatini ham
kompyuterlashgan testdagi xatti-harakatini kuzatishdan olingan (telemetriya)
maʼlumotlar asosida tahlil qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: