Tarixning ilmiy jixatdan taxlil qilish uni idrok etish, yuz bergan ijtimoiy – siyosiy jarayonlar orqali muayyan davrning siyosiy va manaviy muhitini baholash har bir davr kishilari ruhiyati, manaviy ahloqiy mezonlari voqea hodisalarga munosabatini о‘rganish, uni falsafiy idrok etish tarix falsafasi tushunchasining mazmunini belgilaydi.
Tarixiy jarayonlarning falsafiy tahlili bilan tarix falsafasi yoki istoriosofiya shug‘illanadi. Tarix falsafasi tushunchasini ilk bor Volter qо‘llagan. Volter tadbiq etgan bо‘lsa – da, u amalda antik davrga borib taqaladi – deyiladi.
U mustaqil falsafiy fan sifatida о‘zining predmeti, kategoriyalar apparati va metodologik yondashuvlariga ega. Nemis marifatparvari Iogan Gotfrid Gerder (1744 – 1803) о‘zining “Insoniyat tarixi falsafasiga doir g‘oyalar”(1784) asarida ilk bor barcha xalqlarni о‘z ichiga qamrab olgan yagona umuminsoniy kelajakka olib keluvchi tarixiy jarayonning birligi g‘oyasini ilgari surdi. Jahon tarixiy jarayonini aynan shu tarzda anglashni u tarix falsafasining predmeti sifatida qaragan.xozirgi davrga kelib,tarix falsafasi yoki istoriosofik bilimlar (jamiyat tarixining nazariy masalalari)tuzimida uchta asosiy yо‘nalish ajratib kо‘rsatilmoqda. Bular: tarixiy jarayonni umumlashtirish (alohida “tarixlarni” yagona jaxon tarixiga jamlash), tarixning manosini axtarib topish va tarixiy bilish metodalogiyasini yaratishdan iborat.
Tarix falsafasining tarixiy xotira,tarixiy tafakkur mohiyati va qirralari,tarix fani tushunchasining mazmun mohiyati,tarix haqiqati va hayot haqiqati,inson va insoniyat taraqqiyoti kabi muammolarini о‘rganish orqali umuminsoniy va dunyoviy rivojlanish hodisalarining bir-biriga bog‘liq jixatlarini tadqiq etish, kо‘plab savollarga javob topish mumkin.
Tarix. Zamonaviy tarix fanining aloxida bо‘lim va tarmoqlari yordamchi va masus tarix fanlari, bilamizki, insoniyat bir necha ming yillik tarixga ega. Uning rivojlanish jarayonini tarix fani о‘rganadi. Biz tarix sо‘ziga bir qancha tariflarni keltirishimiz mumkin.
- Tarix yunoncha historian sо‘zidan olingan bо‘lib, о‘tmish voqealar haqida hikoyalar,bо‘lib о‘tgan hodisalar degan manoni anglatadi.
Tarix,vaqt,davr,zamon,axtarish,qidirish,topish,tekshirish tekshirganlarni о‘rganish va о‘rganganlarni hikoya qilish degani.
- Tarix – asrlar shohidi, haqiqat mas’hali,qalb xotirasi, hayot muallimidir.
- Tarix – tabiat va jamiyatning har bir taraqqiyot jarayonining kishilik jamiyatini xar taraflama о‘rganuvchi fan hisoblanadi.
- Tarix – yunoncha sо‘z bо‘lib, tadqiqot, hikoya manolarini bildiradi.
- Tarix insoniyat о‘tmishi rivojlanishining va xilma – xilligini о‘rganib, uning hozirgi va kelajak istiqbolini aniq tushinish maqsadidagi fandir.
Tarixning subyekti inson sanaladi.
-Tarix о‘tmishning kо‘zgusi, kelajakning ustozi hamma fanlarning xam о‘ziga xos bо‘limlari tarmoqlari, yordamchi va maxsus fanlardan iborat bо‘lgani kabi zamonaviy tarix fanida xam bо‘lim va tarmoqlari, yordamchi va maxsus tarix fanlaridan iborat.
Tarixning alohida bо‘lim va tarmoqlarida tarixchilar jamiyat tarixini butun jaxon tarixi asosida qismlarga ajratib о‘rganadilar. Bunda umumjahon tarixi. Ibtidoiy jamoa tarixi, qadimgi tarix,о‘rta asrlar tarixi, yangi va eng yangi tarixga bо‘linadi. Ularni ham alohida tarmoqlarga bо‘lishimiz mumkin. Masalan, О‘rta asrlarni ilk va sо‘nggi о‘rta asrlarga va xakozo.
Insoniyat tarixining alohida jihatlarini о‘rganish tarix fanining о‘ziga xos tarmoqlarini yuzaga keltirgan. Masalan Qadimgi Yunoniston tarixi, Qadimgi Rim tarixi, Qadimgi Hindiston tarixi, Qadimgi Xitoy tarixi va hokozolar.
Tarix fanining xam о‘ziga xos yordamchi tarix fanlari mavjud bо‘lib, ularga manbashunoslik diplomatika, xronologiya, metrologiya, geraldika, numizmatika, geneologiya, sfragistika va xokozolarni kiritishimiz mumkin.
Maxsus tarix fanlariga arxeologiyava etnografiyani kiritishimiz mumkin. Ular tarix fanining asosiy qismi hisoblanadi. Eng qadimgi odamlar tarixini va ularga tegishli ashyoviy manbalar asosida о‘rganuvchi fan arxeologiya deb ataladi. Bu fan jamiyat tarixini moddiy ashyolar va yodigorliklar asosida yorganib, shuningdek qadimgi buyumlar (masalan, mehnat va ov qurollari, rо‘zg‘or buyum idishlari, taqinchoqlar asosida) va yirik komplekslar ( masalan, mozorlar, yodigorliklar va xokozolar) asosida arxeologik qazish ishlarini olib borib, moddiy tarixga oid ashyolarni о‘rganadi.
Etnografiya – elshunoslik, xalqlar tarixiga oid fan tarmog‘i hisoblanib, xalqlarning kelib chiqishini, tarqalishini, urf-odatlarini, о‘zaro madaniy-tarixiy munosabatlarini о‘rganadi.