Tarixiy jarayon mazmuni va uning yo’nalishi muammosi. Tarixiy jarayon mazmuni va uning yo’nalishi muammosi tarix falsafasining muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Uning mohiyati kishilik jamiyati o’zgaradimi, agar o’zgarsa, bu o’zgarish qaysi yo’nalishda Yuz beradi va mazkur o’zgarishlarni qanday davriylashtirish mumkin, degan savollarga javob topishdan iborat.
Mazkur muammo qadimgi dunyo mutafakkirlaridayoq qiziqish uyg’otgan. Antik faylasuflar chiziqli tarix falsafasining uch muhim yo’nalishi: progressiv, regressiv va tsiklli yo’nalishlarni farqlaganlar. Shuni qayd etish muhimki, bu yo’nalishlarning barchasi hozirgi vaqtda ham o’z izdoshlariga ega. Shu bilan bir qatorda, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida tarixiy rivojlanishning nochiziq kontseptsiyasi ham asoslangan. Bu yo’nalishlarni batafsilroq ko’rib chiqamiz.
Antik davr mutafakkirlarining aksariyati, shu jumladan Protagor va Demokrit jamiyatning rivojlanishi asosan yovvoyilikdan ‘oltin asr’ sari Yuksalib boruvchi yo’nalishda kechgan deb hisoblagan. Ularni progressiv yo’nalish asoschilari deb hisoblash mumkin. Boshqa mutafakkirlar (Gesiod, Seneka), aksincha, jamiyatning rivojlanishi regressiv yo’nalishga ega, yani u ‘oltin asr’dan jamiyatning tanazzuli, axloqning buzilishi va hokazolar bilan tavsiflanuvchi ‘temir asr’ sari rivojlanadi, degan fikrni ilgari surgan. YAna bir toifa faylasuflar (Platon, Aristotelx, Polibiy) jamiyat Yuksalib boruvchi yo’nalishda, lekin tutash doira bo’ylab harakatlanadi va har doim ortga, dastlabki bosqichga qaytadi, deb hisoblagan.
O’rta asrlar faylasuflari, tarix muayyan yo’nalishda rivojlanuvchi jarayon ekanligini rad etmagan holda, uning yo’nalishini Xudo belgilaydi, deb hisoblaganlar.
O’z asarlarida tarixning yo’nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik va rang-baranglikning o’zaro nisbati muammolarini ayniqsa to’la qamrab olgan dastlabki tadqiqotchilardan biri italxyan faylasufi Jambattista Viko (1668-1744) bo’lgan. O’zining ‘Millatlar umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari’ deb nomlangan risolasida u jahon tarixining barcha xalqlar uchun yagona bo’lgan tarixiy aylanma harakat sifatidagi dunyoviy kontseptsiyasini ilgari surgan. Viko fikriga ko’ra, barcha xalqlar o’z rivojlanishida bir xil bosqichlardan o’tadi (ibtidoiy varvarlik (‘xudolar asri’)dan feodalizm (‘qahramonlar asri’) orqali demokratik respublika yoki konstitutsiyaviy monarxiya (‘tsivilizatsiya asri’) sari harakatlanadi). Har bir tsikl mazkur jamiyatning umumiy inqirozi va parchalanishi bilan tugaydi. TSikl yakunlangach, rivojlanish jarayoni yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, lekin Yuqoriroq darajada o’tadi. Shunday qilib, Viko g’oyalari madaniyatlar va tsivilizatsiyalarning rivojlanishida tsikllilik nazariyalari (Danilevskiy, SHpengler, Toynbi)ga asos bo’lgan.
Hozirgi zamon tarix falsafasida tarixiy jarayon mantig’i va yo’nalishini tushuntirishga nisbatan ikki asosiy yondashuv: formatsion va tsivilizatsion yondashuvlar mavjud. Ularga batafsilroq to’xtalamiz.
Formatsion yondashuv tarixni monistik, universalistik tushunishga asoslanadi. U jahon tarixini ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar olinma-ketin almashuvidan iborat yagona, chiziqli-hujumkor tabiiy-tarixiy jarayon sifatida talqin qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi talimotni Karl Marks o’zining ‘Kapital’, ‘Siyosiy iqtisod tanqidiga doir’ kabi asarlarida ilgari surgan. Marks nazariyasining mohiyatini uning bir qancha qoidalari orqali ifodalash mumkin:
1) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – sifat jihatidan aniq, yaxlit ijtimoiy tizim bo’lib, uning muhim elementi odamlarning hayot faoliyati jarayonida ular o’rtasida o’rnatiladigan moddiy (iqtisodiy), manaviy (mafkuraviy) va boshqa aloqalar va munosabatlardir. Moddiy va manaviy munosabatlarning o’zaro aloqasida moddiy munosabatlar etakchi rol o’ynaydi. Ularning o’zagini ishlab chiqarish munosabatlari tashkil qiladi. Aynan ishlab chiqarish munosabatlari, ijtimoiy tizim faoliyatini belgilovchi asos hisoblanadi;
2) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya turli mamlakatlarda ular rivojlanishining muayyan bosqichida ijtimoiy hayotga xos bo’lgan umumiy jihatlarni aks ettiradi. Kapitalizmni o’rganish va turli mamlakatlardagi moddiy va manaviy munosabatlarni taqqoslash jarayonida bu munosabatlarning ko’pgina tomonlari takrorlanishining va mazkur mamlakatlar ijtimoiy rivojlanishning bir bosqichi – kapitalistik bosqichda, degan xulosaga kelingan;
3) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichidir. Ko’p sonli ijtimoiy aloqalar orasida ishlab chiqarish munosabatlarini farqlash, ularning bir necha turlari mavjudligini aniqlash imkonini ham bergan; turli ijtimoiy organizmlar bir xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo’lishi ham, har xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo’lishi ham mumkinligi (yani har xil tipdagi ishlab chiqarish munosabatlari) aniqlangan. Shunday qilib, ishlab chiqarish munosabatlarining har bir tipi rivojlanish bosqichi, tarixiy davrni, bu ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va o’zgarishi esa jamiyat rivojlanishining mohiyatini belgilaydi, degan xulosaga kelingan.
Bu qoidalardan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – bu jamiyatning muayyan tarixiy tipi, ishlab chiqarishning muayyan usuliga asoslangan va ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida amal qiladigan yaxlit ijtimoiy tizim, degan to’xtamga kelish mumkin.
‘Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya’ kategoriyasini asoslash tarixiy jarayonni davriylashtirish imkonini bergan. U jami formatsiyalarning besh tipini farqlagan: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, kommunizm. Jahon tarixiy jarayoni bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga Yuksalishdan iborat bo’lgan chiziqli jarayon sifatida tavsiflagan.
XIX asrda ishlab chiqilgan formatsion yondashuv o’zini oqlamadi. Bunda tarixiy rivojlanish jarayonini tushuntirishga nisbatan Marksning yondashuvi emas, balki uni dogmaga aylantirish va mutlaqlashtirish shakllandi. Ayrim tadqiqotchilar formatsion yondashuvni tahlil qilar ekanlar, uning quyidagi zaif jihatlarini qayd etadilar. Birinchidan, tarixning har qanday bosqichida jamiyat hayotini ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlargina belgilaydi, deb aytish o’rinli bo’lmaydi. Ikkinchidan, bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga tabiiy Yuksalish haqidagi monistik tasavvur inson erkinligiga, insoniyat rivojlanishining muqobil yo’llarini tanlashga o’rin qoldirmaydi. Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, davlatlarning haqiqiy tarixi Yuksalib boruvchi chiziq bo’ylab formatsion rivojlanishning tor doirasiga sig’maydi. Mazkur yondashuv amalga tatbiq etilganda har bir xalq va tsivilizatsiyaning o’ziga xosligi va betakrorligi yo’qoladi, ular ayni holda kelajak barkamol jamiyatining sharti sifatidagina amal qiladi.
Shunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan iborat bo’lgan chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir yoqlamaligi ayniqsa bo’rtib namoyon bo’ladi. Jahon tarixiy jarayoni mazkur nazariy modeldan boyroq. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan o’zgacha, nochiziq yondashuv bilan to’ldirish talab etiladi. TSivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir.
Falsafani tushunishga nisbatan tsivilizatsion yondashuv XIX-XX asrlarda vujudga kelgan. U asosan ko’p sonli madaniyatlar va tsivilizatsiyalar mavjudligi, ularning lokalligi va har xilligi haqidagi g’oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu erda ijtimoiy taraqqiyotning qatiy bir chiziqli sxemasi rad etiladi.
Mazkur yondashuv asoschilaridan biri tabiatshunos olim Nikolay Danilevskiy (1822-1885) bo’lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo’lgan, faoliyatning to’rt muhim shakli yoki tsivilizatsiyalar ‘asosi’ - diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (tsivilizatsiyalar) haqidagi kontseptsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi. Jahon tarixining mazmunini Danilevskiy o’zining alohida qonunlariga binoan rivojlanuvchi xalqlar madaniy-tarixiy tiplarining o’z-o’zini namoyon etish xususiyatlarini aniqlashdan iborat deb bilgan. Danilevskiy madaniy-tarixiy tiplar rivojlanishining ayrim qonunlarini tariflagan: 1) bir tilda yoki o’xshash tillarda so’zlashuvchi xalqlar bir madaniy-tarixiy tipni tashkil etadi; 2) madaniy-tarixiy tip vujudga kelishi va rivojlanishi uchun muayyan siyosiy mustaqillik talab etiladi; 3) tsivilizatsiyaning muvaffaqiyatlari madaniy-tarixiy tipning turli elementlariga bog’liq bo’ladi; 4) tsivilizatsiyaning shakllanish jarayoni uzoq davom etadi, ularning ravnaq topish davri esa qisqadir; 5) tsivilizatsiyalar alohida va berk sharoitda rivojlanadi, lekin bu ular bir-biriga tasir ko’rsatmaydi, degan manoni anglatmaydi.
Danilevskiyning qarashlarini nemis mutafakkiri Osvalxd SHpengler (1880-1936) rivojlantirgan. U ham ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli evropotsentristik sxemasiga tanqidiy yondashgan. SHpengler falsafasida madaniyat asosiy kategoriya hisoblanadi. Faylasuf madaniyat deganda o’ziga o’xshash boshqa ‘organizmlar’dan ajralib turadigan alohida ‘organizm’ni tushungan. Bundan yagona umuminsoniy madaniyat yo’q va bo’lishi mumkin emas degan xulosa kelib chiqqan. Shu sababli SHpengler jahon tarixining yaxlitligi va yagonaligini, unda ‘o’zgarmas va umumiy’ jihatlar mavjudligini rad etgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind, Bobil, Xitoy, YUnon-rim, SHarq, G’arbiy Evropa va Mayya madaniyatlarini farqlagan. SHpengler fikriga ko’ra, har bir madaniy organizm malum hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida mavjud bo’ladi, shundan so’ng u tsivilizatsiyaga aylanadi va halok bo’ladi. Har bir madaniyat o’z teran mazmuniga ega bo’ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi. SHpengler tarixning mazmuni madaniyatlar taqdiri, ruhi va tilini anglab etishdan iborat, deb hisoblaydi.
Lokal tsivilizatsiyalar nazariyasining yana bir tarafdori ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnolxd Toynbi (1889-1975)dir. U Danilevskiy va SHpenglerning tarixning tsiklliligi haqidagi fikr-mulohazalarini rivojlantirib, uni ayrim, o’ziga xos va nisbatan berk tsivilizatsiyalar tarixlarining yig’indisi sifatida tushungan (dastlab u 23 tsivilizatsiyani farqlagan, keyinchalik esa ularni 13 tagacha qisqartirgan). Toynbi tsivilizatsiyalarga ‘evolyutsion tipdagi faol tuzilmalar’ sifatida yondashib, har bir tsivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga kelish, rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. Bu asosiy bosqichlardan o’tgach, tsivilizatsiya, odatda, halok bo’ladi va uning o’rnini boshqa tsivilizatsiya egallaydi.
Toynbi bu tsivilizatsiyalarda oldinma-ketin Yuz beruvchi ijtimoiy jarayonlarni o’xshash deb hisoblab, shunga asoslangan holda yaqin kelajakda dunyo miqyosida Yuz beradigan voqealarni bashorat qilish imkonini beruvchi ijtimoiy rivojlanish takroriyligining ayrim formal empirik qonunlarini keltirib chiqarishga harakat qilgan. U jahon tarixining mazmuni diniy evolYutsiya hamda insoniyatning manaviy jihatdan kamol topishi bilan belgilanadi, deb hisoblagan.
Shunday qilib, tsivilizatsion yondashuv nuqtai nazaridan tarixiy jarayon hujumkor xususiyati ‘Yuqori - quyi’ ko’rsatkichlari bilan emas, balki har bir tsivilizatsiya o’z rivojlanish va o’z taqdirini o’zi belgilash jarayonida insoniyat filogenetik yo’lining barcha asosiy bosqichlaridan o’tishi va o’z tarixi va betakror individualligiga ega bo’lgan noyob ijtimoiy tuzilma sifatida qaralishi bilan belgilanadigan izchil nochiziq jarayon sifatida namoyon bo’ladi.
Formatsion va tsivilizatsion yondashuvlarni taqqoslash quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: 1) formatsion yondashuv tahlil jarayonida butun jamiyatni qamrab olishga harakat qiladi va asosiy etiborni uning dinamikasiga qaratadi; tsivilizatsion yondashuv esa jamiyatning bir qismini (ayrim tsivilizatsiyani) o’rganadi, jamiyatni esa statik deb etirof etadi; 2) formatsion yondashuv jamiyat hayotining iqtisodiy omillariga alohida etibor beradi; tsivilizatsion yondashuv asosiy etiborni manaviy omillarga qaratadi.
Tarix falsafasi rivojlanishining hozirgi bosqichida tarixning shunday bir talqini vujudga keladiki, unda mualliflar bu muqobil yondashuvlarning ijobiy g’oyalaridan foydalanishga va ularning kamchiliklari o’rnini to’ldirishga harakat qiladilar. Mazkur yondashuv monadaga doir yondashuv degan nom olgan.