Tarix falsafasi tushunchasi



Yüklə 244 Kb.
səhifə7/12
tarix21.10.2023
ölçüsü244 Kb.
#158936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
TARIX FALSAFASI VA FALSAFA TARIXI UYG\'UNLIGI

G.V.F.Gegelx (1770-1831) ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xosligini obektiv idealizm nuqtai nazaridan anglab etish yo’lida yangi qadam tashladi. U tarixga har bir davr betakror tarzda rang-barang bo’lgan holda, ayni vaqtda insoniyat rivojlanishining qonuniy bosqichi sanalgan yagona qonuniy jarayon sifatida yondashdi. Bu rivojlanish tabiiy qonuniyatlar sohasi bilan taqqoslaganda boshqacha xususiyat kasb etadi. Bu erda tarixiy qonunlar kishilarning ongli faoliyati vositasida amalga tatbiq etiladi, lekin shu bilan birga tarixda muayyan obektiv mantiq ham amalga oshiriladi va tarixiy jarayon dunyoviy aql, mutlaq g’oyaning cheksiz tarzda o’z-o’zidan rivojlanishi, o’zini o’zi ro’yobga chiqarish jarayoni sifatida namoyon bo’ladi.
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshida tarixiy bilim sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarildi. Turli matnlarning tarixiy va lingvistik tahlili metodlarining takomillashishi, arxeologiyaning rivojlanishi, o’tmish guvohliklariga yanada tanqidiyroq yondashish natijasida tarixiy bilim fan maqomini qo’lga kiritdi. Shu bilan bir vaqtda tarixiy va tabiiy ilmiy bilimlar butunlay har xil obektlarga mansub bo’libgina qolmasdan, o’zlari ham bir-biridan butunlay farq qilishi yanada teranroq anglab etildi. Tarixiy o’zlikni anglash jarayoni evolyutsiyasining keltirilgan tavsifi bizga tarix falsafasining hozirgi kontseptsiyalariga nazar tashlash imkonini beradi. Bu kontseptsiyalar orasida gnoseologik yo’nalish (tanqidiy tarix falsafasi), ontologik kontseptsiya, aksiologik kontseptsiya, tarixning texnokratik kontseptsiyalari alohida o’rin egallaydi. Tarix falsafasining gnoseologik yo’nalishi XIX asrning ikkinchi yarmidan etiboran mazkur fanning mustaqil yo’nalishi sifatida shakllana boshladi. Bu yondashuv namoyandalari (Vilxgelxm Dilxtey, Benedetto Kroche, Georg Zimmelx, Robin Kollingvud, Raymon Aron va b.) tarix falsafasining asosiy predmeti – tarixiy o’tmishni o’rganishning mantiqiy-nazariy va metodologik muammolari, uni nazariy jihatdan rekonstruktsiya qilish va tarixiy dalillarning haqiqiyligini aniqlash, deb hisoblaganlar. Tarix falsafasi mazkur yo’nalishining asoschisi sifatida haqli ravishda nemis madaniyat faylasufi Vilxgelxm Dilxtey (1833-1911) etirof etiladi. Uning nazariyasida inson borlig’i usuli, madaniy-tarixiy voqelik sifatidagi hayot tushunchasi markaziy o’rinni egallaydi (shu sababli Dilxtey nuqtai nazari ko’pincha ‘hayot falsafasi’ning istoritsistik varianti deb ataladi). Olim fikriga ko’ra, inson o’z tarixiga ega emas, lekin uning o’zi tarixdir va aynan shunda uning mohiyati namoyon bo’ladi. Boshqacha aytganda, Dilxtey uchun hayot va tarix ayniydir.
Dilxteyning tarix falsafasiga ijtimoiy va tabiiy fanlarni bir-biriga qarama-qarshi qo’yish xos. U inson tabiatni tushuntiradi, ijtimoiy hayotni esa faqat tushunadi, deb hisoblagan. Uning fikricha, mazkur tushunish har xildir, chunki har bir inson tarixiy voqealarga o’z nisbiy mushohadalari nuqtai nazaridan yondashadi. Bundan xulosa shuki, ilmiy haqiqatning tagiga etish, tarixiy jarayonni ilmiy nuqtai nazardan xolisona bilish amalda mumkin emas. Xo’sh, bu holda tarix falsafasi nimani o’rganishi lozim? Dilxteyning izdoshi – Kollingvud fikriga ko’ra, tarix falsafasi tarixchining fikr-mulohazalarini va shu bilan bir vaqtda mazkur fikr-mulohazalarning obektini o’rganadi. Shu sababli tarixiy jarayonni o’z holicha o’rganish tarix falsafasi vazifalari qatoridan chiqarib tashlanadi: tarixiy jarayon faylasufga unda hodisalarning tarixiy bilim mohiyatini belgilovchi xususiyatlari to’g’risida so’z Yuritilgani uchungina tegishlidir.
Gnoseologik yo’nalish, bazan tanqidiy tarix falsafasi deb ham ataladi. Bu hol shu bilan bog’liqki, mazkur yo’nalish vakillari tarixni tanqidiy o’rganishgina insoniyat tarixi modelini yaratish, tarixiy dalillarning haqqoniylik darajasiga baho berish va tarixiy voqelik manzarasini nazariy jihatdan gavdalantirish imkonini beradi, deb hisoblaganlar. Mazkur yondashuv kurtaklarini tarixiy bilishning metodologik muammolari, insoniyat tarixining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullangan neokantchilik Baden maktabidan izlash lozim. Aksariyat tadqiqotchilar tomonidan bu maktabning asoschisi sifatida frantsuz faylasufi Raymon Aron (1905-1983) etirof etiladi. Uning asarlaridan biri ‘Tanqidiy tarix falsafasi’ deb ataladi.
Ontologik kontseptsiya namoyandalari tarix falsafasining predmeti deganda ijtimoiy hodisalar, jarayonlarning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar majmuini tushunganlar. Mazkur tadqiqotlar shunday umumfalsafiy ontologik muammolar bilan bog’liqki, ularni echishda jamiyat tarixining qolgan ijtimoiy hodisalardan farqini hisobga olish lozim. Ushbu yondashuv namoyandalari (R.Melx, R.Ramon, E.Kallo va b.) tarix falsafasining diqqat markazida avvalo ontologik muammolar, chunonchi: insoniyat tarixining mazmuni va vujudga kelishi, tarixiy jarayonning mohiyati kelajakni bashorat qilish imkoniyatlari, tarixiy jarayonda insonning o’rni va roli muammolari turishi lozim. Masalan, ijtimoiy rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchlar to’g’risidagi masalani o’rganish jarayonida inson ongi, erkinligining tarixiy jarayondagi roli to’g’risidagi masala Yuzaga keladi. Ammo, insondan boshqa rivojlangan ongga ega bo’lgan mavjudotlar fanga malum emasligi tufayli, jamiyatning rivojlanishida ongning roli to’g’risidagi masalalar jamiyat, tarixiy jarayonlar haqidagi masalalar hisoblanadi.
Tarix falsafasining aksiologik kontseptsiyasi tarixning qimmati muammosiga, shuningdek tarixiy bilimning ayrim hodisalarini qimmatga ega yoki ega emas deb elon qiluvchi mulohazalar uchun oqilona asoslarni aniqlashga alohida etibor beradi.
Mazkur kontseptsiyaning rivojlanishiga nemis faylasuflari – neokantchilik Baden maktabi namoyandalari Vilxgelxm Vindelxband (1848-1915) va Genrix Rikkert (1863-1936) salmoqli hissa qo’shgan. Bu tadqiqotchilar falsafani qadriyatlar haqidagi umumiy fan sifatida tavsiflaganlar. Rikkert qadriyatlar ‘subekt va obektning narigi tomonida joylashgan butunlay mustaqil saltanat’ni tashkil qiladi, deb hisoblagan. Vindelxband va Rikkert nazariy va amaliy aqlning kantcha tafovutidan kelib chiqib, qadriyatlar haqida mulohaza Yuritish va joizlikni bilishga asoslangan normativ talimot sifatidagi tarix falsafasini nazariy mulohaza Yuritish va ‘borliq’ haqidagi empirik malumotlarga tayanuvchi tajribaga asoslangan fanlarga qarshi qo’ygan. Ular qonuniyatni tarixiy bilishning asosiy tamoyili sifatida rad etib, uni ‘qadriyatlarga mansub deb topish’ tamoyili bilan almashtirgan. Vindelxband va Rikkert fikriga ko’ra, qadriyatlar tarixdan ustun xususiyat kasb etadi va jamuljam holda odamlarga bog’liq bo’lmagan ideal transtsendental (narigi) dunyoni tashkil qiladi. Bu dunyodan tegishli g’oyalar, avvalo transtsendental joizlik g’oyasi kelib chiqadi. U mazkur qadriyatlarning vaqt va makon bilan cheklanmagan shak-shubhasiz, mutlaq ahamiyatiga ishora qiladi. Odamlar ularni anglab etishlariga qarab qadriyatlarga tegishli munosabat va talablarni yaratadilar va ularga hayotda, xulq-atvorda, kundalik va tarixiy faoliyatda amal qiladilar.
Vindelxband va Rikkert ijtimoiy borliq va manaviy hayotning o’zaro nisbatini o’rganib, jamiyat tarixida manaviy hayot borliqqa nisbatan etakchi rol o’ynaydi, degan xulosaga kelgan va shu bois ular K.Marks taklif qilgan, jamiyatning rivojlanishida iqtisodiy omil (yani borliq)ning hal qiluvchi ahamiyati asoslangan tarixni materialistik tushunishga tanqidiy ko’z bilan qaragan. Rikkert fikriga ko’ra, mazkur yondashuv noilmiydir, chunki u proletariat g’alabasini ‘mutlaq qadriyat’ deb elon qiluvchi marksizm siyosiy dasturi bilan belgilanadi.
Bu mulohzalardan kelib chiqqanda, tarix falsafasi qadriyatlarning tabiati va mohiyatini, shuningdek ularning odamlar hayoti va faoliyatidagi ahamiyati va tajassumini yoritib beruvchi qadriyatlar haqidagi fan sifatida amal qiladi.
Hozirgi zamon G’arb ijtimoiy falsafasi va tarix falsafasida texnokratik kontseptsiyalar ijtimoiy tafakkurning ijtimoiy hayotda va jamiyat taraqqiyotida texnika hal qiluvchi rol o’ynaydi deb hisoblovchi va sanoatlashishgina jamiyat hayoti va shaxsni oqilona tartibga solish va kamol toptirishga qodir, degan fikrni asoslashga harakat qiluvchi yo’nalishlaridan biridir. Mazkur kontseptsiyalar qatoriga postindustrial jamiyat yoki axborot jamiyati kontseptsiyasini (Daniel Bell, Olvin Toffler), texnotron jamiyat kontseptsiyasini (Zbignev Bjezinskiy), yangi industrial jamiyat kontseptsiyasini (Jon Gelbreyt)ni kiritish mumkin.
Mazkur texnologik determinizm jamiyat rivojlanishining asosiy omillari qatoriga avvalo ishlab chiqarish kuchlari, texnika, fan va informatikaning rivojlanish darajasini kiritadi. Masalan, postindustrializm kontseptsiyasi hozirgi zamon jamiyatida iqtisodiyotning birlamchi sohasi qishloq xo’jaligi, ikkilamchi soha sanoat emas, balki axborot hal qiluvchi rol o’ynaydigan uchlamchi soha (xizmatlar sohasi) etakchilik qilishidan kelib chiqadi. Postindustrial jamiyatda sodir bo’layotgan mikroelektron inqilob mehnatni emas, balki axborotni jamiyatning rivojlanishi zamirida yotuvchi fundamental ijtimoiy omilga aylantirishi qayd etiladi.

Yüklə 244 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin