Tarix falsafasining hozirgi kontseptsiyalari. ‘Tarix falsafasi’ atamasi nisbatan yaqinda paydo bo’lgan bo’lsa-da, dastlabki falsafiy-tarixiy g’oyalar qadim zamonlardayoq vujudga kelgan. Shu sababli tarix falsafasining hozirgi kontseptsiyalari mohiyatini yaxshiroq anglab etish uchun tarixiy o’zlikni anglashning tadrijiy rivojlanish jarayoniga nazar tashlash lozim. Tarixiy jarayonning yagonaligi va rang-barangligi, uni davriylashtirish va uning shakllarini tizimga solish haqidagi tasavvurlar, shuningdek insoniyat tarixiy rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchlar va uning yo’nalishi haqidagi masala har doim Yuqorida zikr etilgan jarayonning muhim tarkibiy qismlari hisoblangan.
Tarixiy harakat yo’llarini, tarixiy jarayon tendentsiyalari va yo’nalishini anglab etish muammosi antik davr mutafakkirlari, avvalo Gerodot, Fukidid, Aristotelx, Teofrast, Pliniy Katta va boshqalarda kuchli qiziqish uyg’otgan. Bu tarixchi va faylasuflarning asarlarida insoniyatning o’tmishi va kelajagi haqida muayyan tasavvurlar, odamlarning qilmishlari haqida, tarixiy voqealarning yo’nalishi va mazmuni to’g’risida mulohazalar mavjud bo’lgan. Kkeyinchalik bularning barchasi jamuljam holda ‘tarix falsafasi’ deb nomlangan, lekin ular hali qarashlarning mukammal tizimini tashkil etmagan. Bundan tashqari, qadimgi faylasuflar va tarixchilarning aksariyati diniy-mifologik dunyoqarashga amal qilgan. Bu dunyoqarashga ko’ra, jamiyatda, xuddi tabiatdagi kabi, aylanma harakat mavjud, odamlarning xatti-harakatlari taqdirga yoki xudolar irodasiga bo’ysunadi. Buyuk shaxslar – jamoa oqsoqollari, siyosiy arboblar, qahramonlarga xos bo’lgan, o’z tabiatiga ko’ra o’zgarmas sanalgan ehtiros va iroda inson xulq-atvorini belgilovchi omil hisoblanadi.
O’rta asrlarda falsafiy tafakkurining namoyandalari Avreliy Avgustin, Foma Akvinskiy va b. Injil va Yunon-rim falsafiy-tarixiy tafakkurini sintez qilib, tarixning yangi, teologik kontseptsiyasini yaratdi, tarixiy voqealarning mazmuni, tarixiy asarlarning mohiyati va vazifalari haqida yangicha tasavvurlarni ilgari surdi. Mazkur kontseptsiyaga muvofiq, xristian mualliflari, tarix orqali ilohiy niyatni tushunib etishga harakat qilib, aylanma harakat g’oyasini rad etdilar va tarixiy jarayonni o’tmishdan kelajak (bo’lg’usi panohga erishish, masihning kelishi) sari chiziqli harakat sifatida tasavvur qildilar. Markaziy Osiyo mutafakkiri A.R.Beruniy podsholiklar tarixi orqali o’tmishni davrlarga bo’lishni taklif qiladi. Tarix uning fikricha, fikr va tafakkur manbai. U doimo turli fanlarning o’zaro tasirining uzviyligi va uyg’unligi natijasida takomillashadi. Shu bois, tarix har qanday olim uchun tadqiqotning muhim manbai bo’lib xizmat qiladi. Beruniy tarixiy tadqiqotlarni boshqa turdosh fanlarni o’rganish bilan uyg’un holda olib borish, muayyan natijaga olib kelishini takidlaydi. Zero, tarixiy manbani o’rganish, uning asosli yoki asossiz ekanligin isbotlash tarixiy tadqiqot uchun masuliyatli jarayondir. CHunki tarixiy manba yaratganlar, turli hujjatlarni bitganlar yoki o’z manfaatlari, maqsadlari doirasida dalil to’playdilar. Shu holat nuqtai nazaridan Beruniy “xabar-xabarchilar tufayli rost va yolg’on tusini oladi” deb etirof etgan. Tarixiy haqiqatni tiklash, tarixiy tafakkur va tarixiy malumotlarni yig’ish SHarq tarix falsafasida aniq meyorlar vositasida amalga oshirilgan.
Feodalizmning inqirozi, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi, hurfikrlilikning kuchayishi ijtimoiy ong tarixga nisbatan teologik yondashuvdan xalos bo’lishiga ko’maklashdiki, bu fanning rivojlanishiga ijobiy tasir ko’rsatdi. Uyg’onish davri (XIV-XVI asrlar) mutafakkirlari, xristian tarixchilaridan farqli o’laroq, tarixiy jarayonni dunyoviy sharoitlardan, insonning tabiatidan kelib chiqib tushuntirishga harakat qildilar. Masalan, Nikkolo Makiavelli (1469-1527) o’z asarlarida moddiy manfaat, xususiy mulkni asrash va ko’paytirishga intilish jamiyatning rivojlanishini harakatlantiruvchi kuch ekanligini isbotlab, tsiklli rivojlanish g’oyasini asoslashga harakat qildi. Uning ayrim asarlarida ijtimoiy hodisalarning qonuniyatlariga doir farazlar ham mavjud, lekin u mazkur qonuniyatlarni tariflashning uddasidan chiqmagan.
XVII-XVIII asrlar Evropa uchun burjua industrial tsivilizatsiyasi vujudga kelishiga va ijtimoiy rivojlanish jarayonining jadallashuviga olib kelgan sanoat va ijtimoiy-siyosiy inqiloblar davriga aylandi. YAngi davr mutafakkirlari qarashlarining shakllanishida tabiiy fanlar ulkan rol o’ynadi. Bu davrda ijtimoiy fanlarning rivojlanishiga tabiatshunoslik shu darajada kuchli tasir ko’rsatganki, tarix aksariyat hollarda tabiiy ilmiy nuqtai nazardan tushuntirilgan. Ayni shu davrda Yuqorida sanab o’tilgan sabablar tasirida tarix falsafasining bir nechta naturalistik (lot. naturalis – tabiiy, natural) kontseptsiyalari vujudga kelgan. Mazkur kontseptsiyalarning namoyandalari tabiatga butun borliqni, shu jumladan tarixiy jarayonni tushuntirishning universal tamoyili sifatida yondashgan. Bunda naturalizm tushunchasi turlicha talqin qilingani bois, quyidagi yo’nalishlar ajralib chiqqan: ijtimoiy hodisalar tabiiy muhit tasirida tushuntirilgan geografik naturalizm (SHarlx Lui Monteskxe, Iogann Gerder va b.); tarixiy jarayonlarni demografik determinizm yordamida tushuntirgan demografik naturalizm (Tomas Malxtus); jamiyatdagi o’zgarishlarni avvalo inson tafakkuri bilan bog’lovchi idealistik naturalizm (Klod Gelxvetsiy, Jan Jak Russo).
Tarixiy o’zlikni anglashning rivojlanishiga o’z tadqiqotlarida tarixni inson aqlli tabiatining evolyutsiyasi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan alohida borliq sifatida falsafiy jihatdan anglab etishga urg’u bergan Volxter (1694-1778) asarlari, shuningdek tarixiy jarayon g’oyasini birinchilardan bo’lib asoslab bergan Mari Jan Kondorse (1743-1794) tadqiqotlari ham kuchli tasir ko’rsatdi.