Global o‘zgaruvchilarda esa ifoda qayerda yozilishidan qat‘iy nazar ifodada global o‘zgaruvchi qatnashgan bo‘lsa unda tasir
qiladi.
Mathcad da funksiyani ham aniqlash mumkin. Masalan f(x)=x
2
funksiyani qanday aniqlashni ko‘rib chiqamiz.
1) f(x): ni tering natijada f(x):=■ hosil bo‘ladi.
2) x
2
ni tering natijada f(x):=x
2
funksiya hosil bo‘ladi.
Bu yerda f funksiya nomi x esa funksiya argumenti. Funksiyaning ixtiyoriy nuqtadagi qiymatini hisoblash mumkin. Masalan
f(3)=9, f(5)=25, f(4)=16. Xuddi shu tartibda ikki argumentli, uch argumentli va n argumentli funksiyani aniqlash mumkin.
Masalan ikki argumentli funksiyani qanday aniqlashni ko‘rib chiqamiz. T(x,y):=x
2
+y
2
, T(2,1)=5, T(2,2)=4.
Mathcad takroriy yoki iteratsion hisoblashlarni amalga oshirishi mumkin. Bunda u diskret argumentli o‘zgaruvchilardan
foydalanadi. Masalan x o‘zgaruvchining 10 dan 20 gacha 1 qadam bilan
2
2
x
ifodaning qiymatlarini
hisoblash talab qilingan
bo‘lsin. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin.
1) x:=10,11 ifodani
tering
2) ;20 ifodani tering
natijada x:=10,11..20 hosil bo‘ladi, bu yerda .. faqat ; tugmasi orqali qo‘yiladi aks holda xato hisoblanadi. Agar oraliq berilgan
bo‘lsa qadamni aniqlash quyidagicha bo‘ladi. Birinchi qiymat kiritiladi va, dan so‘ng ikkinchi son
kiritiladi ular orasidagi
ayirmani qadam sifatida oladi agar, dan keyin son ko‘rsatilmasa qadamni 1 ga teng deb oladi. Diskret argument aniqlangandan
keyin, shu o‘zgaruvchini kiritib = ni kiritsak bizga jadval shaklida diskret o‘zgaruvchining qiymatlari keltiriladi. Boshqa
dasturlash tillari kabi Mathcad da ham o‘zimiz ixtiyoriy funksiyani elon qilishimiz mumkin
oldindan yaratilgan maxsus
standart funksiyalardan foydalanishimiz mumkin. Masalan: sin(x), cos(x), ln(x) va boshqa funksiyalar.
Funksiyalarni qanday aniqlashni, funksiya diskret argumentning qiymatlarida hisoblashni va standart
funksiyalardan qanday
foydalanishni 6.3, 6.4-rasmlarda keltirilgan.
6.3-rasm. Funksiyani aniqlash.
6.4-rasm. Standart funksiyalardan foydalanish.
Dostları ilə paylaş: