«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6



Yüklə 470,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix27.11.2022
ölçüsü470,41 Kb.
#70841
1   2   3   4
konveyerlarda-elektr-energiya-iste-mol-qilishni-samaradorligini-oshirish-usullari

 
1300 
 
ishlab chiqarish rejimida ishlaydigan konveyerlarda ishga tushirish momenti katta
bo‘ladigan asinxron motorlar qo’llaniladi.Konveyerlarni ishga tushirishda statik
moment va inyersiya momentlarining kattaligi va shular asosida o‘tish jarayoni vaqti 
uzayib ketishi natijasida motor chulg‘ami qizib ketishi mumkin. Ishga tushirish vaqtida 
elektr energiyadan ratsional foydalanish maqsadida kuchlanishni pog'onali rostlash 
qo'llaniladi. Konveyerni ishga tushirish va tormozlash rejimlarida elektr energiya
sarfini kamaytirish elektr yuritma inersiya momentini kamaytirish, hamda bir 
motorni ikkita yarim quvvatiga teng motorlar bilan almashtirish hisobiga amalga 
oshirish mumkin,shuningdek Konveyer lentasining tezligini tartibga solish va tartibga 
solmaslik holatlarida ham energiya yo'qotishlarni oldini olish mumkin. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Motorlarning ishonchliligini oshirish uchun eng ko’p qo’llaniladigan uslub lak 
bilan shimdirishidir. Lakni ingibitorlar bilan to’ldirish va jarayonni 2-3 bor takrorlash 
kutilgan natijalarni beradi. Ingibator lak qatlamiga erib difundiyalanadi va elektr 
uskunadagi bo’shliqlarni to’ldiradi, namlikni singib o’tishini to’xtatadi. Ingibator 
sifatida BDN ingibitori olinishi mumkin. U dietilanil, benzotiazol va 
paranitorfenollarning asetondagi eritmasi bo’lib, ingibitorlar umumiy lak massasining 
6% ini tashkil qiladi. Stator chulg’amlarining yon tomonlari yana bo’yoq purkalib, 
bo’yoq qatlami bilan qoplanadi va vannaga botiriladi. Kuzatuvlar ko’rsatadiki, 
ingibitorlar bilan to’yingan lak bilan motorlar izolyatsiyasi kuchaytirilganda ularda 
izolyatsiya qarshiligi ekspluatatsiya davrida 4-5 marta yuqori bo’lib qoladi. 
Elektr motorlarni ekspluatatsiya davrida stator chulg’amlarining yon tomonlari 
eng ko’p qiziydi, ya‘ni issiqlik yemirilishi eng yuqori bo’ladi. Stator chulg’amlarining 
izolyatsiyasini atrof muhit ta‘siridan himoya qilishni kuchaytirish uchun u epoksid 
smolasi bilan kapsullanadi. Bunday uslublar yuqori namlik, kimyoviy faol gazli 
muhitlarda qo’l kelishi mumkin. Bunda ishonchi ekspluatatsiya muddatlari 8-10 yilga 
uzayadi.Yana bitta usullardan biri yukni konveyer transport tizimi orqali tashish paytida 
unumsiz energiya sarfi oshishining asosiy sababi transport tizimiga tushadigan yuk 
oqimining tengsizligi, shuningdek konveyer uskunasining avariya, texnologik va 
tashkiliy sabablar. Bunday holda, konveyer tashish tizimidagi konveyerlar uzoq vaqt 
davomida nominal yukdan ancha kichik yoki umuman yuk bilan ishlaydi. Transport 
tizimiga tushadigan yuk oqimi qiymatini o'zgartirganda energiya sarfini kamaytirish 
usullaridan biri bu konveyer lentasining tezligini tartibga solishdir. Hozirgi vaqtda 
konveyer lentasining tezligi chastotali boshg’arg’ich tomonidan boshqariladi. Ushbu 
usul bilan konveyerga tushadigan yuk oqimining qiymati oshgan taqdirda, konveyer 
lentasining tezligi oshadi va yuk oqimi qiymatining pasayishi bilan kamarning tezligi 
pasayadi.


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

Yüklə 470,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin