1300 ishlab chiqarish rejimida ishlaydigan konveyerlarda ishga tushirish momenti katta
bo‘ladigan asinxron motorlar qo’llaniladi.Konveyerlarni ishga tushirishda statik
moment va inyersiya momentlarining kattaligi va shular asosida o‘tish jarayoni vaqti
uzayib ketishi natijasida motor chulg‘ami qizib ketishi mumkin. Ishga tushirish vaqtida
elektr energiyadan ratsional foydalanish maqsadida kuchlanishni pog'onali rostlash
qo'llaniladi. Konveyerni ishga tushirish va tormozlash rejimlarida elektr energiya
sarfini kamaytirish elektr yuritma inersiya momentini kamaytirish, hamda bir
motorni ikkita yarim quvvatiga teng motorlar bilan almashtirish hisobiga amalga
oshirish mumkin,shuningdek Konveyer lentasining tezligini tartibga solish va tartibga
solmaslik holatlarida ham energiya yo'qotishlarni oldini olish mumkin.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Motorlarning ishonchliligini oshirish uchun eng ko’p qo’llaniladigan uslub lak
bilan shimdirishidir. Lakni ingibitorlar bilan to’ldirish va jarayonni 2-3 bor takrorlash
kutilgan natijalarni beradi. Ingibator lak qatlamiga erib difundiyalanadi va elektr
uskunadagi bo’shliqlarni to’ldiradi, namlikni singib o’tishini to’xtatadi. Ingibator
sifatida BDN ingibitori olinishi mumkin. U dietilanil, benzotiazol va
paranitorfenollarning asetondagi eritmasi bo’lib, ingibitorlar umumiy lak massasining
6% ini tashkil qiladi. Stator chulg’amlarining yon tomonlari yana bo’yoq purkalib,
bo’yoq qatlami bilan qoplanadi va vannaga botiriladi. Kuzatuvlar ko’rsatadiki,
ingibitorlar bilan to’yingan lak bilan motorlar izolyatsiyasi kuchaytirilganda ularda
izolyatsiya qarshiligi ekspluatatsiya davrida 4-5 marta yuqori bo’lib qoladi.
Elektr motorlarni ekspluatatsiya davrida stator chulg’amlarining yon tomonlari
eng ko’p qiziydi, ya‘ni issiqlik yemirilishi eng yuqori bo’ladi. Stator chulg’amlarining
izolyatsiyasini atrof muhit ta‘siridan himoya qilishni kuchaytirish uchun u epoksid
smolasi bilan kapsullanadi. Bunday uslublar yuqori namlik, kimyoviy faol gazli
muhitlarda qo’l kelishi mumkin. Bunda ishonchi ekspluatatsiya muddatlari 8-10 yilga
uzayadi.Yana bitta usullardan biri yukni konveyer transport tizimi orqali tashish paytida
unumsiz energiya sarfi oshishining asosiy sababi transport tizimiga tushadigan yuk
oqimining tengsizligi, shuningdek konveyer uskunasining avariya, texnologik va
tashkiliy sabablar. Bunday holda, konveyer tashish tizimidagi konveyerlar uzoq vaqt
davomida nominal yukdan ancha kichik yoki umuman yuk bilan ishlaydi. Transport
tizimiga tushadigan yuk oqimi qiymatini o'zgartirganda energiya sarfini kamaytirish
usullaridan biri bu konveyer lentasining tezligini tartibga solishdir. Hozirgi vaqtda
konveyer lentasining tezligi chastotali boshg’arg’ich tomonidan boshqariladi. Ushbu
usul bilan konveyerga tushadigan yuk oqimining qiymati oshgan taqdirda, konveyer
lentasining tezligi oshadi va yuk oqimi qiymatining pasayishi bilan kamarning tezligi
pasayadi.