www.ziyouz.com кутубхонаси
154
XAYRIDDIN SULTONOV
(1956)
Hozirgi davr o‘zbek nasri taraqqiyotida iste’dodli yozuvchi Hayriddin Sultonovning
munosib o‘rni bor. U 1956 yil 18 yanvarda Toshkeit viloyati Qibray tumani, Tuzil
qishlog‘ida oddiy mehnatkash oilada dunyoga kelgan. 1963—1973 yillarda Parkent
qishlog‘idagi 42-o‘rta maktabda o’qib, uni muvaffaqiyatli tugatadi.
1973—1978 yillarda esa Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetida tahsil
oladi. Uning mehnat faoliyati asosan 80-yillardan boshlangan bo‘lib, avval «Guliston»,
«Yoshlik» kabi oynomalarda, G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida
faoliyat ko‘rsatdi. Hozirgi kunda u G’. G’ulom nomli nashriyotda bosh muharrir bo‘lib
ishlamoqda.
Xayriddin Sultonovning ijodi 70-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lib,
hikoya, qissalari ro‘znoma va oynomalarda ketma-ket bosildi. Adibning «Quyosh
barchaga barobar» (1980), «Bir oqshom ertagi» (1983), «Onamning yurti» (1987),
«Umr esa o‘tmoqda» (1988), «Boburning tushlari» (1992) kabi kitoblari keng o‘quvchilar
ommasiga tanish. Shuningdek, u «Changak», «Moziydan bir sahifa» kabi videofilmlar
hamda «Tushlarimda ko‘rib yig‘layman» kabi badiiy filmlarning ssenariy muallifi hamdir.
Xayriddin Sultonov faqat iste’dodli adibgina emas, balki mohir tarjimon hamdir.
Jumladan, A.Sent-Ekzyuneri, Yu.Nagibin, S.Alekseyev, V.Shukshin kabi adiblar asarlari
Xayriddin Sultonov tarjimasida o‘zbek kitobxoniga yetkazildi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
155
MIRZO KENJABEK
(1956)
Islohot, istiqlol kuychisi va fidoyisi Mirzo Kenjabek hozirgi davr o‘zbek poeziyasi
rivojida o‘zining munosib o‘rniga ega shoirlardan biri. U 1956 yilning 20 fevralida
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «Mehnat» (eski «Ashurjilon») qishlog‘ida
oddiy mehnatkash oilasida tug’ilgan. 1963—1973 yillar orasida maktabda o‘qib, uni
muvaffaqiyatli yakunlaydi. So‘ngra, 1974—1979 yillarda u Toshkent Davlat
dorilfununining jurnalistika fakultetida tahsil oladi.
Mirzo Kenjabek o‘zi haqida yozib: «Shoirlik tug‘ilmasimdan boshlangan bo‘lsa
kerak»,— deydi. Chindan ham undagi she’riyatga havas, ixlos, intilish ancha erta
boshlangan bo‘lib, birinchi she’riy to‘plami yigirma olti yoshida, ya’ni 1982 yilda
«Adashgan maktublar» nomi bilan nashr etildi («Maktublarim»). Ketma-ket esa uning
o‘nga yaqin she’riy to‘plamlari, publitsistik maqolalardan tarkib topgan kitoblari chop
etildi. Adibning «Quyoshga qaragan uy» (1983), «Munshaot» (1986), «Sharq tili»
(1988), «Bahorim yellari» (1991) hamda «Muhabbatning yo‘li xatarli», «Hasrat kitobi»
kabi she’riy va publitsistik majmualari kitobxonlar tomonidan qizg‘in qarshi olingan. U
o‘zining «O’zbekiston» nomli she’rida:
Yerning har burchagida odamlar goho
Menga o‘z tilimda so‘ylar, gumon yo‘q.
O’zbek ko‘p butun Yer yuzida, ammo
Olamda boshqa hech O’zbekiston yo‘q!
— deydi. O’zbekiston haqida Mirzo Kenjabek o‘zgacha, o‘ziga xos avj pardalarda
kuylaydi. U iste’dodli tarjimon sifatida A. S. Pushkinning mashhur «Yevgeniy Onegin»
she’riy romanini o‘zbek tiliga ag‘dargan. Xullas, Mirzo Kenjabek timsoli va ijodi misolida
milliy mustaqillik uchun kurashayotgan fidoiy yoshlarning qiyofasi gavdalanadi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: |