www.ziyouz.com кутубхонаси
77
SARVAR AZIMOV (1923) Taniqli dramaturg va adabiyotshunos Sarvar Olimjonovich Azimov 1923 yili Jizzax
shahrida ziyoli oilasida dunyoga keldi. Mashhur o‘zbek shoiri Hamid Olimjonnnng ukasi
Sarvar Toshkentdagi Karl Marks nomli pedagogika texnikumini tamomlagach, O’rta
Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetiga kirib (1942—1946) o‘qidi, so‘ngra
aspiranturada ta’lim oldi.
1946—1947 yillarda Radio komitetida mas’ul muharrir, 1950 yillarda Adabiyot
muzeyida ilmiy xodim, 1950—1954 yillarda A. S. Pushkin nomli Til va adabiyot
institutida ilmiy xodim, rahbar o‘rinbosari bo‘lib ishladi.
1954—1956 yillarda O’zbekiston partiya Qo‘mitasida fan va madaniyat bo‘limi
boshlig‘i, 1956—1957 va 1980— 1985 yillarda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga
boshchilik qildi. 1957—1959 yillarda Madaniyat vaziri, 1959—1969 yillarda Respublika
hukumati raisi o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri bo‘lib xizmat qildi.
1969—1980 yillar mobaynida sobiq SSSRning Suriya va Pokistondagi elchisi, 1986—
1990 yillarda Tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishladi.
Yozuvchining adabiy-tanqidiy faoliyati 1948 yildan boshlangan. «O’zbek adabiyoti
tarixini buzishga qarshi», «SSSR xalqlari adabiyoti xrestomatiyasi to‘grisida», «Yosh
o‘zbek yozuvchilari ijodi haqida» kabi asarlari bilan ilmiy-nazariy masalalarni ilgari surdi.
Sarvar Azimov Hamid Olimjon ijodi bo‘yicha uzoq yillar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib,
1953 yilda nomzodlik, 1972 yilda doktorlik dissertatsiyalarini ham qildi.
U o‘rta maktablar uchun o‘zbek adabiyoti darsliklari xrestomatiyalari va dasturlarini
yaratishda katta mehnat sarf qilgan.
Sarvar Azimov o‘zining sahna asarlari bilan sho‘ro davri o‘zbek dramaturgiyasi va
teatri taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shib keldi. «Qonli sarob» (1961), «Oppoq tong
qo‘shig‘i» (1962), «Yulduzlar jamoli» (1964) asarlari va adabiyotshunoslikka doir ilmiy-
nazariy kitoblarni o‘zbek adabiyotining munosib yutuqlarilandir. «Zamon» dramasi
(1968) o‘zining g‘oyaviy-badiiy puxtaligi bilan dramaturg ijodida alohida o'rin tutadi. Bu
asarda kolonializm kishanlarini parchalab tashlab, o‘z mustaqilligiga ega bo‘layotgan
chet-el xalqlarining hayoti, ozodlik uchun kurashi, milliy ozodlik uchun kurashinin
Sharqqa keng yoyilib, ularning yurak-yuraklariga, aql idroklariga kirib, singib
borayotganligi ifodalanib berilgan.
Sarvar Azimov barcha dramatik asarlarida chuqur xalqchillik bilan davrning muhim
muammolarini ko‘tardi. Xorijiy mavzuda yozgan asarlari bilan o‘zbek dramaturgiyasiga
dunyo xalqlari taqdiri mavzusini olib kirdi.
Sarvar Azimov o‘zbek dramaturgiyasini yangi mavzu, yangi shakl, yangi obrazlar
bilan boyitib kelayotgan ijodkor.
Ijodkor bir qancha radioqissalar senariysi muallifi, kinoqissalar avtoridir. U
O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O’zbekiston xalq yozuvchisi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993