O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

nazariyasining predmetini belgilab beradi. 
Iste’molchi o‘zining daromadlarini cheklanganligi sababli, istalgan tovar va 
xizmatlarni sotib ola olmaydi. Firma o‘zi uchun muhim ustivor yo‘nalishlarni 
belgilab olib, boshqa yahshi loyihalardan voz kechishga majbur. 


Davlat o‘zining ijtimoiy siyosatini qat’i belgilangan chegaralarda olib 
borishga majbur. U daromadlari cheklanganligi sababli, fundamental ilmiy 
tadqiqotlarni bir vaqtning o‘zida moliyalashtira olmaydi.
2. 
Mikroiqtisodiyot fanining predmeti va 
vazifalari 
Zamonaviy iqtisodiy nazariya tarkibiy jihatidan 2 katta bo‘limga ajratiladi: 
Mikro iqtisodiyot va Makro iqtisodiyot.
Makroqitisodiyot – umum iqtisodiy tizimni va uning yirik tarmoqlari 
faoliyatini o‘rganadi. 
O‘rganish ob’ekti – MD, YaIM, iqtisodiy o‘sish va umumiy bandlik 
darajasi, iste’mol harajatlari, milliy jamg‘armalar va boshqa yirik ko‘rsatkichlarni 
o‘rganadi. Mikroiqtisodiyot – alohida iqtisodiy sub’ektlar (iste’molchilar, 
ishchilar, investorlar, firmalar va boshqa) faoliyatini o‘rganadi.
Mikroiqtisodiyot fanining predmeti – bozor iqtisodiyoti sharoitida aniq 
tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol hajmi, narxlarning shakllanishi, 
resurslarning tarmoqlararo qayta taqsimlanishi, iste’molchilarning tovar sotib 
olishi, ishlab chiqaruvchilarning esa uni ishlab chiqarishi, sotishi va shu kabi 
boshqa jarayonlarni o‘rganish hisoblanadi. 
Mikroiqtisodiyot fanining vazifalari quyidagilardan iborat: 

Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyoti mexanizmi 

Resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida firmalar, korxonalar va uy xo‘jaliklarining 
tutgan o‘rni

Raqobatlashuv va korxonalar samaradorligi 

Ishlab chiqarish va uni tashkil etish kabilarni o‘rganish va ularni tahlil 
qilish. Mikroiqtisodiyot fani barcha ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. 
Masalan, iqtisodiyot nazariyasi, kichik biznes va tadbirkorlik, tarmoqlar 
iqtisodiyoti, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, moliya va kredit, marketing va 
menejment, matematika, bank ishi va boshqalar. Mikroiqtisodiyot fani alohida 
shaxslar, uy xo‘jaliklari, korxona, davlat va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning 
iqtisodiy harakatlarini o‘rganadi va quyidagi usul (metod)lardan, ya’ni tahlil va 
sintez, monografik usul, iqtisodiy statistika usuli, hisoblash konstruktiv, tajribaviy 
usul, abstrakt mushohada usuli, matematik modellashtirish, induksiya va deduksiya 
usuli, optimallashtirish va muvozanatni aniqlash usullaridan foydalanadi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin