O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


 Tanlash muammosi. Alternativ xarajatlar



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Mehnat
3. Tanlash muammosi. Alternativ xarajatlar 
Iqtisodiy 
resurslarni 
cheklanganligi 
va 
insonlar 
ehtiyojlarining 
cheklanmaganligi fundamental iqtisodiy muammoni – tanlash muammosini 
keltirib chiqaradi. Turli xil talab va ehtiyojlarni qondirish uchun inson ulardan 
birini tanlashi va iqtisodiy resurslarni to‘g‘ri taqsimlashi zarur. 
Resurslar – inson uchun kerakli bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda 
foydalaniladigan moddiy ne’matlar va xizmatlar yig‘indisidir.
Ularni ikkiga bo‘lish mumkin : Erkin va iqtisodiy. 
Erkin resurslar – cheklanmagan hajmda mavjud: masalan, havo, quyosh 
energiyasi, shamol energiyasi.


Iqtisodiy resurslar – qisman chegaralangan. Ulardan foydalanganda 
xarajatlarni qoplash majburiyati mavjud.
Erkin va iqtisodiy resurslar bir – biriga aylanishi mumkin: masalan, suv. 
Bir vaqtning o‘zida erkin va iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Qum (qurilishda yoki 
dengiz bo‘yida). 
Shuning uchun bu resurslarni optimal ravishda taqsimlash va samarali 
foydalanish shart. Iqtisodiy resurslar (ishlab chiqarish omillari) – quyidagi tarkibiy 
qismlarga bo‘linadi :
1. 
Mehnat resurslari, mehnat
2. 
Investitsion resurslar, kapital 
3. 
Tabiiy resurslar, yer 
4. 
Tadbirkorlik iqtidori, qobilyati va salohiyati. 
5. 
Axborot resurslari 
6. 
Bilim, boshqaruvchanlik qobiliyati. 
Mehnat – aqliy va jismoniy qobiliyat orqali iqtisodiy ne’matlarni yaratish 
bo‘yicha insonning faoliyati. 
Investitsion resurslar - ilgari inson mehnati orqali yaratilgan ne’matlar. 
Real kapital – iste’molchilar uchun xizmatlar ko‘rsatishda tovarlar ishlab 
chiqarish va tashishda foydalaniladigan binolar, stanoklar, mashinalar, asbob – 
uskunalar, vositalar, inshoatlar va boshqalar. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin