Iqtisodiy resurslar – qisman chegaralangan. Ulardan foydalanganda
xarajatlarni qoplash majburiyati mavjud.
Erkin va iqtisodiy resurslar bir – biriga aylanishi mumkin: masalan, suv.
Bir vaqtning o‘zida erkin va iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Qum (qurilishda yoki
dengiz bo‘yida).
Shuning uchun bu resurslarni optimal ravishda taqsimlash va samarali
foydalanish shart. Iqtisodiy resurslar (ishlab chiqarish omillari) – quyidagi tarkibiy
qismlarga bo‘linadi :
1.
Mehnat resurslari, mehnat
2.
Investitsion resurslar, kapital
3.
Tabiiy resurslar, yer
4.
Tadbirkorlik iqtidori, qobilyati va salohiyati.
5.
Axborot resurslari
6.
Bilim, boshqaruvchanlik qobiliyati.
Mehnat – aqliy va jismoniy qobiliyat orqali iqtisodiy ne’matlarni yaratish
bo‘yicha insonning faoliyati.
Investitsion resurslar - ilgari inson mehnati orqali yaratilgan ne’matlar.
Real kapital – iste’molchilar uchun xizmatlar ko‘rsatishda tovarlar ishlab
chiqarish va tashishda foydalaniladigan binolar, stanoklar, mashinalar, asbob –
uskunalar, vositalar, inshoatlar va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: