Pareto iqtisodiy samarasi – bu bozorning shunday vaziyatiki, unda xech kim
boshqa bir kishining iqtisodiy holatini yomonlashtirmay o‘z ahvolini yaxshilab
olmaydi.
5. Iqtisodiy tahlil metodologiyasi Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda 2 xil yondashuvdan
foydalaniladi : prozitiv va normativ.
Pozitiv yondashuv – iqtisodiy sub’ekt qabul qilgan qarorni ob’ektiv tahlil
qilish va oqibatlarini bashoratlashni ko‘zda tutadi. Prozitiv yondashuv tadqiq
qilinayotgan jarayonning sabab va oqibatlarini aniqlashga yordamlashadi.
Normativ yondashuv – qarama – qarshi tadqiq qilinayotgan jarayonga
nisbatan sub’ektiv baho berish bilan shug‘ullanadi. Tadqiq qilish natijasida amaliy
taklif va tavsiyalar beradi.
Iqtisodchilar foydalanadigan tadqiq qilishning eng asosiy usullaridan biri
iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishdir.
Iqtisodiy model – iqtisodiyotni kichik bir ko‘rinishda yaqqol namoyon
etuvchi bir ko‘rinishi, shakli hisoblanadi. Iqtisodiy model – iqtisodiyot haqida
hech qanday ma’lumotlar yo‘qligida yoki olish mumkin bo‘lmagan xolatlarda,
iqtisodiyotni bashorat qilish, unga real baho berish imkoniyatini beradi.
Hozirgi kunda modellarning umum qabul qilingan tasnifi yo‘q, lekin
iqtisodiy model quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1.
Mazmunan boyligi
2.
Qabul qilingan qarorlarning haqiqiyligi
3.
Ular (qarorlar) asosida muhim bashoratlarni qabul qilish imkonining
mavjudligi.
4.
Axborot ta’minotining mavjudligi
5.
Tekshirish imkoniyatining mavjudligi
Iqtisodiy nazariyada modellarning 2 ko‘rinishidan foydalaniladi:
Optimallashtirilgan va muvozanatlashtirilgan.
Optimallashtirilgan modellar – alohida iqtisodiy agentlar (iste’molchilar,
ishlab chiqaruvchilar va boshqalar) faoliyatini tahlil qilishda, ya’ni, ishlab
chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilishning eng optimal variantini topishda
foydalaniladi. Optimallashtirilgan modellarda chegaraviy ko‘rsatkichlardan ya’ni
chegaraviy foydalanganlik, chegaraviy mahsulot, chegaraviy daromad, chegaraviy
xarajatlar. Mazkur tahlil marjinalizm deb ham ataladi (ingliz tilidan “margin”-
chegara).