O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
Keynschilar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi
to’liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi.
Boshqacha aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb
hisoblashishadi.
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab
chiqarishning haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida
deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa
taklif tomonidan yondoshishadi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror
ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir.
Baholarning o’sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari
inflyatsiya namoyon bo’lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
1) valyuta kururslarining o’zgarishi;
2) kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi
tomon o’zgarishi;
3) kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o’sishi.
Inflyatsiya baho indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida
aniqlanadi.
Baholar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyatsiya darajasi (baholarning o’sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda
inflyatsiya darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
P-P -1
q ---------- P -1 bunda:
– yillikinflyatsiya sur’ati;
P - joriy yilning narxlar indeksi; P -1
- o’tgan yilning narxlar indeksi.
Ba’zan inflyatsiyaion jarayonlarni rivojlanish darajasini aniqlashda “70
qoidasida” dan ham foydalaniladi. Bu orqali necha yildan so’ng mavjud inflyatsiya
darajasi ikki marotaba ko’payadi. Buning uchun 70 sonini mavjud inflyatsiya
darajasiga bo’lish kerak. Masalan, inflyatsiya darajasi 10 foiz bo’ladigan bo’lsa,
uning ikkilanishi 7 yildan so’ng amalga oshadi.
Namoyon bo’lishiga qarab inflyatsiya ikki ko’rinishda bo’ladi:
1. Ochiq namoyon bo’luvchi inflyatsiya.
2. YAshirin inflyatsiya.