Jamg’arish grafigini ham iste’mol grafigiga o’xshab
algebraik ifodalash
mumkin, ya’ni jamg’arish funksiyasi quyidagi ko’rinishga ega:
S = -a + (1 -b) Yd
2 - chizma. Jamg’arish grafigi
Iste’mol va jamg’arish hajmiga tasarrufidagi
daromad dinamikasidan
tashqari
quyidagi omillar, to’g’rirog’i bu omillardagi o’zgarishlar ham ta’sir
ko’rsatadi:
1. Uy xo’jaliklari daromadlari.
2. Uy xo’jaliklarida to’plangan mulk hajmi.
3. Baholar darajasi.
4. Iqtisodiy kutish.
5. Iste’molchilar qarzlari hajmi.
6. Soliqqa tortish hajmi.
2. Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha hamda chegaralangan moyillik.
Iste’molga o’rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste’mol
xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni:
S
APC = ------------- 100
Yd
bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molga o’rtacha
moyillik.
Tasarrufidagi daromaddagi jamg’arish ulushini jamg’arishga o’rtacha
moyillik deb ataladi, ya’ni:
S
APS = --------------- 100
Yd
Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg’armaga o’rtacha
moyillik.
Iste’moldagi o’zgarishlarning shu o’zgarishni
keltirib chiqargan
tasarrufidagi daromad o’zgarishdagi ulushi iste’molga
chegaralangan moyillik
deyiladi.
Dostları ilə paylaş: