171
ko‘tarish yoki boshqa ishga o‘tkazish masalalarini ko‘rib
chiqish
huquqiga ega.
Attestatsiya jarayonidan o‘tkazishdan ozod qilinadiganlar:
uzoq yillar korxonada unumli ishlaganlar; farzandi ikki yoshga
to‘lmagan ta’tildagi va homilador bo‘lgan ayollar, pensiya yoshiga
ikki yil qolgan xodimlar.
Lavozim yo‘riqnomasi - xodimning mehnat faoliyatini
amalga oshirishga asos bo‘luvchi
korxonaning ichki mehnat
me’yorlarini belgilovchi hujjatlardan biri. U xodimning tashkiliy-
huquqiy va funksional maqomini tartibga soladi. Uning vazifalari,
asosiy huquqlari, majburiyatlari, malaka talablarini,
Shuningdek
ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish tartibini belgilaydi.
Lavozim yo‘riqnomasi korxona shtatida ko‘rsatilgan va korxona
rahbariyati tomonidan tasdiqlangan har bir pozitsiya uchun ishlab
chiqiladi.
Lavozim nomi, o‘sha lavozim egasining malakasi yoki kasb
yo‘nalishi o‘zgarganda lavozim yo‘riqnomasi qayta ishlab
chiqiladi va korxona rahbariyati tomonidan qayta tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: