Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/90
tarix04.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#72193
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90
12.Аксиология маъруза 2014

ULUGBEK 
Nomi SHarq musulmon olamidagina emas, G’arbdagi xristian dunyosida 
ham bir necha asrlar mobaynida yod etilib va e`zozlanib kelinayotgan buyuk 
zotlardan biri sohibqiron Amir Temurning suyukli nabirasi, SHohruh Mirzoning o’g’li 
— Muhammad Tarag’ay— Mirzo Ulug’bek hazratlari (1394—1449 yillar)dir. 
Xazrat Alisher Navoiy ta`biri bilan aytadigan bo’lsak, Amir Temur naslidan 
chiqqan Ulug’bekdek sultonni, olam xali ko’rgan emas. 
Mirzo Ulug’bek—sultonlar o’rtasida donishmand, donishmandlar tepasida 
esa sulton sifatida tarixda ma`lum va mashhurdir. 
Jahonda Ulug’bek nomi bilan shuhrat qozongan Muxammad Tarag’ay 1394 yil 22 
martda turildi. Bobosi Amir Temurning katta xotini Saroymulk—Bibixonim tarbiyasini 
olib ulg’aydi. Amir Temur unga alohida e`tibor bilan qaragan. Saroyda bo’ladigan 
maslahatlar, olimlar bilan bo’ladigan uchrashuvlar va suhbatlarda, chet ellardan 
kelganlarni qabul qilishlar, shuningdek, harbiy mashqlar va yurishlarida Ulug’bekni 


ishtirok ettirgan. Amir Temur o’z nabirasi Ulug’bekni qilichboz sarkarda zmas, balki 
buyuk olim bo’lib etishishini orzu qilgan va shu yo’lda unga homiylik qilgan. 
Mirzo Ulug’bek yoshlik paytlaridanoq qaerda bo’lmasin, olimlar, shoirlar, 
san`atkorlar, ulamolar, shayxlar, dunyoga taniqli allomalar davrasida bo’lgan, 
ilmiy bahslardan ma`naviy bahra olgan, ilhomlangan, ulardan ko’p narsa o’rgangan, 
asta-sekin ko’zi pishib, aqli teranlashib, fikran boyib, dunyoqarashi kengayib va 
chuqurlashib borgan. 
Buyuk bobosi Amir Temur vafot etgan paytda 15 yoshda, Movarounnahrni 
boshqarishdek og’ir, murakkab vazifa topshirilganda Mirzo Ulug’bek endigina 39 
yoshga to’lgan edi. Ammo uning podshohligi temuriylar saltanatining saodatli davri 
sanaladi. 
Hta murakkab, alg’ov-dalg’ovli va ziddiyatli bir sharoitda yashagan va 
shakllangan Ulug’bek mamlakatning siyosiy va iqtisodiy xayotini boshqarish
bilan bir katorda ilmiy ishlar bilan shug’ullangan, olimlarga rahnamolik qilgan, o’z 
ustida tinimsiz ishlab, o’tmish ilmiy bilim xazinalarini tinmay o’rganish, mutolaa 
qilish, ilmiy-falsafiy tafakkurini mutassil kengaytirish va chuqurlashtirish bilan 
mashg’ul bo’lgan. Ulug’bek Ahmad Farroniy, Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, 
Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy singari o’tmishdoshlarining falsafa, 
mantiq, tarix, matematika, astranomiya, tabiatshunoslik va fiqxga oid asarlarini 
katta qizihish bilan o’rgandi. YUnon olimlaridan Platon, Aristotelь,
Ptolomeyning klaesik asarlari bilan tanishdi. Ilm-fan va madaniyatning, tarix 
ilmi va falsafaning Ulug’bek e`tiboridan chetda qolgan biron-bir sohasi bo’lgan 
emas. 
O`tmish ajdodlardan, xususai, Markaziy Osiyo qomusiy aql egalaridan qolgan 
madaniy meros, umuminsoniy mazmundagi ma`naviy qadriyatlar Ulug’bek ilmiy-
falsafiy dunyoqarashi rivojida manba bo’lib xizmat qildi. Ulug’bekning bshgami va 
tafakkuri zamondoshlaridan bir necha bor o’zib ketgan edi. 
Ulug’bek boshqa ko’pgina hukmdorlardan farqli, o’laroq, ham davlat 
arbobi, ham asl olim sifatida faoliyat ko’rsatdi, olimlikni arboblik, arboblikni 
olimlik bilan qo’shib olib bordi, ilmu amal yo’lini o’z faoliyatida birlashtirdi. 
Davlat arbobi sifatida qurilish ishlarini haddan tashqari rivojlantirdi, poytaxtni 
me`morchilik san`ati bilan bezadi, ulkan binolar bilan obod qildi, o’zigacha 
boshlangan qurilishlarni nixoyasiga etkazdi. 
Mirzo Ulug’bek hukmronligi davrida adabiyot, san`at, tarix, falsafa, tibbiyot 
bilan bir qatorda matematika, astranomiya ham tez rivojlagadi. 
O’zi allomai jahon hisoblangan Mirzo Ulug’bek fan va madaniyat 
taraqqiyotiga alohida ahamiyat berib, atrofiga o’z zamonasining eng buyuk olimlari—
atoqli astronomlar va matematiklarni to’plab, ular bilan yaqin ilmiy muloqotda 
bo’lib, ilmiy yo’nalish va yo’l-yo’riqlar berib turdi. 
Mirzo Ulug’bek hayoti, amaliy faoliyati ilm-fan taraqqiyotiga bag’ishlangan 
edi. U ilm yordamida kelajakni oldindan ko’rdi. Ulug’bekning astronomiya va 
boshka fanlar sohasidagi kashfiyotlari va ilmiy ta`limotlari insoniyatning keyingi 
ilmiy tafakkuri rivojiga favqulodda muhim zamin tayyorlab berdi. 
Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligiga bag’ishlangan tantanali 
yig’ilishda (1994 yil 15 oktyabrь) so’zlagan nutqida Prezidentimiz aytganidek, 
«Taqdir bu ulug’ zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli vazifalar 


yukladi. Buyuk sarkarda Amir Temur bunyod etgan saltanatning vorisi 
bo’lishdek mislsiz sinov aynan unga nasib etdi. O’zining cheksiz aql-idroki; azmu 
qat`iyati, odilona siyosati bilan Mirzo Ulug’bek qariyb qirq yil mobaynida 
Movarounnahr diyorining donishmand hukmdori bo’lib, xalqlarning azaliy orzusi 
— tinchlik, totuvlik, har tomonlama taraqqiyotni qaror toptirish yo’lida mislsiz 
shijoat va matonat ko’rsatdi». Uning umumbashariy qadriyatlarga qo’shgan 
xissasi beqiyos bo’lib, u bugungi kukda ham hayotimizda ulkan ahamiyat kasb 
etmoqda va O’zbekistonning xalqaro obro’sini oshirish yo’lida katta xizmat 
qilmoqda. 
NAVOIY 
Jahon fani va madaniyati tarixida o’chmas iz qoldirgan mutafakkirlar 
orasida Alisher Navoiy (1441 —1501 yillar) faxrli o’rin egallaydi. Navoiy 
o’zining ko’p qirrali ijtimoiy-siyosiy, badiiy, ilmiy-falsafiy faoliyati bilan 
ma`naviyatimizning porloq yulduziga aylandi. 
Ulug’ o’zbek shoiri, olimi va mutafakkiri Alisher Navoiyning ilmiy 
dunyoqarashi, falsafiy ta`limoti u yashagan va ijod etgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, 
madaniy-ma`naviy muhit va sharoitlar ta`sirida shakllandi va rivojlandi. 
Navoiy mavjud barcha ilmiy bilimlar, .ijtimoiy-falsafiy tafakkur, madaniy-
ma`naviy boyliklarni bolaligidanoq tinmay o’rgandi, ularga katta xurmat bilan 
qaradi. U bashariyatning buyuk mutafakkirlari yaratib ketgan ilmiy durdonalarni 
izladi, topdi, o’qidi. Alisher uch yosh bilan to’rt yoshning orasida she`rlar yod 
oladi va hurmatli kishilar orasida ularni o’qib, davradagilarning hayrati va 
olqishlariga sazovor bo’ladi. Bolalik chog’ida, hali maktab o’quvchisi
ekanligidayoq Fariduddin Attorning mashhur falsafiy, asari «Mantiqut-tayr»ni 
boshdan oyoq yodlab oladi, uning ta`siriga butunlay berilib ketadi, sehrlanib
qoladi. Bu xaqda u o’zining «Lisonut-tayr» («Qush tili») kitobida shunday 
deydi: «SHu axvolda ko’p vaqt u bilan mashg’ul bo’lib, bu daftarga e`tiqodim
tobora ortar edi. SHundan so’ng, men kishilar bilan ulfat bo’lishdan qochdim. 
Bu kitob hilvatdagi eng qadrdon sirdoshim bo’lib qoldi.. Natijada kishilarning 
yashash tarzlari va harakatlari ta`bimga malol kela boshladi. Oqibat bu kitobga 
bo’lgan ishqim meni shu xil shaydolik sari etakladi. Bu savdo meni devona bir 
xolga solib, men, uzlat eshigini ochay va bu olamning bema`ni elidan qochay, 
dedim». Ota-onasi uning bu holatidan vahimaga tushib, jinni bo’lib qolmasin deb 
qo’rqishib, u kitobni Alisherning qo’lidan tortib olishadi, uni o’qishni butunlay 
ta`qiqlashadi. Lekin bu asar Alisherga allaqachon yod bo’lib qolgan, ko’ngli 
qush tili bilan sirdosh bo’lib, undan boshqa so’zga mayli qolmagan edi. 
Alisher yigitlik chog’laridayoq ellik ming bayt she`rni yod olgan, 12 yoshidan 
boshlab g’azal bilgan, 20— 25 yoshlaridayoq turkiy zlga, nafaqat turkiy balki forsiy 
zlga ham ardoqli bo’lgan, dovrug’ taratgan. 
Navoiy ijodi va ilmiy dunyoqarashida SHarq mamlakatlari va qadimgi 
YUnonistonning madaniyati va falsafasi o’zining chuqur ilmiy ifodasini topgan. 
Bu uning «Farhod va SHirin», «Saddi Iskandariy» nomli asarlari, ko’pchilik she`riy 
kitoblari, devonlarida ochiq-oydin ko’rinib turibdi. 
Navoiyning badiiy ijodi va ilmiy tafakkuri, ajtimoiy-falsafiy qarashlari, SHarq 
Uyg’onish davri tarbiyalab etishtirgan Axmad Farg’oniy, Xorazmiy, Forobiy, Ibn 
Sino, Beruniy, Ulug’bek, YUsuf Xos Hojib singari qomusiy aql egalari, tafakkur 


titanlari falsafiy ta`limotlarining qonuniy davomi va ijodiy takomilining yangi 
bosqichi sifatida yuzaga keldi. 
Alisher Navoiy Rudakiy, Firdavsiy, Sa`diy, Nizomiy Ganjaviy, Durbek, Atoiy, 
Sakkokiy, Lutfiy, Ahmad YAssaviy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va 
boshqa mutafakkirlarning ta`limotlari, an`analari, asarlaridan chuqur ta`sirlangan, 
bahramand bo’lgan. 
Abdurahmon Jomiy «Sibhatul-abror» asarida kishilarni bekordan-bekorga 
nizolashmaslikka, do’stlikda hayot kechirishga chaqirgan edi. Insonning vazifasi 
bir-biriga elkadosh, suyanchiq, bir-birining og’irini engil qilish, dardiga darmon 
bo’lish ekanligini aytgandi. Har qanday mushkul ishni ham urush-janjalsiz, sulh 
va tinchlik bilan hal etish mumkinligini qayta-qayta uqtirib, «hammaga omonlik 
istaguvchi bo’l, shunda adovatga qolmagay hech yo’l», degan edi. 
Fors-tojik adabiyoti, san`ati, madaniyati, falsafasi asoschilarining olamni 
bilish mumkinligi xususida bayon etgan fikr-mulohazalari juda katta ilmiy-amaliy 
qimmatga egadir. Ularning aytishlaricha, olam inson sezgisi va bilimining 
manbaidir. Inson dunyoni taxminlarga asoslanib emas, balki ilmiy bilim va 
tafakkur asosida biladi, uning mohiyatini sekin-asta ' anglay boshlaydi. Rudakiy 
«odamlar qalbining chirog’i bilim, balodan saqlanish yarog’i bilim», deb aytgan, 
aql-idrokni hammadan yuqori qo’ygan, ilm-donishga intilishga odamlarni da`vat 
etgan. Rudakiy ijodida falsafiy erkin fikrlilik, hayotdan olingan bilim va 
tajribaning qadriga etish, narsalarning tashqi ko’rinishidan ichki mohiyatini ajrata 
bilish masalalariga aloxida e`tibor berilganini ko’ramiz. eng katta muallim 
hayotning o’zi ekanligi boshqa mutafakkirlar tomonidan ham qayta-qayta 
ta`kidlangan. «Hayot—eng katta ustod» degan qoida ulug’ Firdavsiyning 
«SHohnoma»sida ham ilgari surilgan. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin