1-Mavzu: Qadriyatshunoslikning predmeti, mavzulari, maqsad va
vazifalari.
REJA:
1. “Qadriyatshunoslik”, “Aksiologiya”, “Qadriyatlar falsafasi”, “Qadriyatlar
nazariyasi” atamalari, ularning mohiyati, mazmuni, o`zaro aloqadorligi va farqlari.
2. Qadriyatlar falsafasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
3. Qadriyatlarni o’rganuvchi ilim sohasining sobiq ittrifoqdagi taqdiri.
4. Jamiyatimiz rivojining hozirgi davrida “qadriyatshunoslik” va qadriyatlarga
munosabatning tubdan o’zgarganligi, qadrlash falsafasini o’rganish zaruryatining
oshib borayotganligi
.
Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo`lgan barcha narsalarga qadriyatlar
deyiladi. Qadriyatlar - narsa va voqealar, jamiyat, moddiy va ma`naviy boyliklarning
ahamiyatini ifodalash uchun qo`llanadigan tushuncha. Qadriyatlarni G`arb
mamlakatlarida "Aksiologiya" fani o`rganadi. Bu atama ilmiy bilimlar sohasiga XX
asrning ikkinchi yarmida nesim aksiologi Ý. Gartman va frantsuz olimi P.Lapi
tomonidan kiritilgan. Aksiologiyani qadriyatlar to`g`risidagi fan yoki to`g`ridan-
to`g`ri "qadriyatshunoslik" deb atash ham mumkin. Har bir fanga o`z nomini bergan
asosiy tushunchalar bo`lgani kabi "qadriyat" tushunchasi ham "qadriyatshunoslik"
atamasi uchun shunday asos bo`la oladi. Farbda bu atama yunoncha "axio" (qadriyat)
va "Logos" (fan, ta`limot) tushunchalaridan tashkil topgan. Qadriyat va qadriyatlar
milliy g`oyaning muhim kategoriyalaridan biri, bo`lib, qadriyatlar axloqiy qoida va
me`yorlar, ideallar va maqsadlardagi baholash mezoni va usullarini ham o`zida aks
ettiradi. Ular halollik, poklik, o`zaro yordam, adolatlilik, haqiqatgo`ylik, ezgulik,
tinchlik, shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi
fazilatlar, burch, vijdon, or-nomus, mas`uliyat kabi axloqiy tushunchalar shaklida
namoyon bo`ladi. Qadriyat o`z tabiatiga ko`ra, ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega.
Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida u o`zgaradi va takomillashadi. SHuning uchun qadriyat
to`g`risidagi ta`limotlar ham takomillashib, rivojlanib boradi.
Milliy ma`naviy qadriyatlar tushunchasi, uning ta`rifi va tavsifi. Demak, "Qadriyat"
tushunchasi - judà keng tushuncha bo`lib, uning bir qismi - ma`naviy qadriyatlardir.
Milliy-ma`naviy qadriyatlar - "milliylik", "Ma`naviyat" va "qadriyat" tushunchalari
kesishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o`z ichiga oladi.
Qadriyatlar deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan, millat, elat
va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlari yo’lida xizmat qilishdagi erkinlik,
ijtimoiy adolat, tenglik, xaqiqat, ma`rifat, go’zallik, yaxshilik, xalollik, burchga
sadoqatli singari fazilatlar majmun tushuniladi. O’tmishdagi barcha falsafiy
ta`limotlarda qadriyatlarning mohiyati va ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni
masalasiga katta e`tibor berilib, ular ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning maxsuli, jamiyat
ma`naviy kamolotining muhim omili ekanligi ko’rsatib o’tiladi. Qadriyatlar jamiyat
taraqqiyotining, moddiy va ma`naviy boyliklar rivojining yakuni, inson kamolotining
kelajak uchun ham katta ahamiyat kasb etadigan ijobiy maxsulidir.
Insonning ob`ektiv olamiga nisbatan aktiv faoliyati, moddiy va ma`naviy muhit,
yashash shart-sharoitlarining rivojlanishi vorislik asosida sodir bo’lib, yangi-yangi
qadriyatlarning shakllanishiga, o’tmishdan meros bo’lib o’tganlari esa davr ruxi,
yangi ijtimoiy extiyoj talablari asosida rivojlanishiga olib keladi. Buning natijasida
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, manaviy taraqqiyotning imkoniyatlari xam kengayadi.
Jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakillangan xar qanday xodisa o’tmishda ijobiy
axamiyat kasb etgani uchungina emas, balki kelajak istiqboli uchun yangi
imkoniyatlar yaratib berishga qodir bo’lganligi sababli xam qadiriyat deb ataladi.
Qadiriyatlar olamni bilish va uning amaliy o’zgartirishning muxim omilidir. Xar
bir qadriyatning moxiyati taraqqiyot, jamiyat va ruxiy olam xodisalarini bilish, ilmiy
umumlashtirish, ijtimoiy va maьnaviy taraqqiyot taьsir etish imkoniyatlari asosida
belgilanadi. Qadiryatlarning ko’pligi, mavzuni, ularni aniqlash va ularga eьtiqod
qilish insoning bilish qobiliyati va amaliy imkoniyatlaritakomilashib, chukirlashib,
kengayib borayotganini ifodalaydi. YAngi qadiriyatlarning yuzaga kelishi insoning
obьektiv olam, maьnaviyatborasidagi bilimlari vorislik asosida davom etayotganining
ifodasidir.
Qadiryatlar inson an`anaviy kamolotining muhim omilidir. Xar bir millat
rivojlanishdagi tarixiy voqealar, unga ijobiy xisa qo’shgan shaxslar xam milliy
qadriyatlar jumlasiga kiradi. qadiryatlarda ular yuzaga kelgan davirning ruxi,
imkoniyatlari, talab va extiyojlari o’zining yaqqol ifodasini topadi. Xar bir kadriyat
maьlum kankret davr, sharoit va extiyojlarning maxsuligina emas, balki uning
ko’zgusi xamdir. qadriyatlarga baxo berishdan oldin ular yuzaga kelgan konkret
tarixiy sharoitlar, usha davirlarga xos bo’lgan imkoniyat va extiyojlarni xam bilmoq
kerak. Kechagi voqealarni bugungi talab bilan o’lchash mumkin bo’lmagani dek, xar
bir qdriyatning ishtimoiy axamiyatini bilishda muayan tarixiy sharoitlarni xisobga
olib yondoshmoq kerak.
Qadriyatlarning shakilanishi, ularga amal qilish imkoniyatlari kishilar yashagan
muxit, tabiy sharoitlar, ishonch usuli, kasb malakalari yoki turmush tarzi bilan xam
bog’liqdir. Umuman olganda, qadriyatlar jamiyat tarixiy taraqiyoti jarayonida
shakilangan va rivojlangan, utmishida, xozirgi kunda va kelajakda xam ijtimoiy
taraqiyotiga ijobiy tasir etadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy axamiyat kasb
etadigan modiy va manaviy boylikdir.
Qadriyatlar kishilarning modiy turmush darajasi, sharoiti, imkoniyatlari asosida
shakilanadi va rivojlanadi. Bu qadriyatlarning obektiv zaminidir. Qadriyatlar ijtimoiy,
modiy, manaviy, xodisa bo’lsa xam, ularning axamiyati va moxiyati kishitlarning
ularga nisbatan bo’lgan munosabati asosida belgilanadi. Qadriyat degan tushunchani
uzi xam qadr-qimmat degan manoni bildiradi. Xar bir ijtimoiy xodisaga kishilar o’z
duny qarashi, taraqiyot va istiqbol muamolarining xisobga olib yondashadilar va baxo
beradilar.
Qadriyatlarning baholash turli xildagi manfatlar bilan xam bog’liqdir. Muayan
qadriyatlarga amal qilishiga, ularni baholashga shaxsiy, guruhiy, miliy va
umuminsoniy manfatlar ham bevosita tasir etishi shubxasizdir. Bular qadriyatlarga
baxo berishning subektiv omili xisoblanadi.
Qadiriyatlarga baxo berishda jamiyat azolarining umumiy manaviy kamoloti
ijtimoiy, miliy ongining etugligi xam kata axamiyatga ega. Ma`naviy jixatdan etuk
shaxs, jamiyat miliy va umuminsoniy qadriyatlarning mazmuni va moxiyatini tug’ri
baxolash imkoniyatiga egadir. Qadriyatlar va meros tushunchalari uzaro yaqin bo’lsa
xam u bir xil manoni bildirmaydi. Qadriyat va meros bir-biriga uzviy bog’liq
bo’lishiga qaramay, xar qanday meros qadriyat bo’la olmaydi. Meros
tushunchasining moxiyati qadriyatga nisbatan kengdir bundan tashqari, qadriyat faqat
o’tmishdan qolgan merosgina emas. Xozirgi kun talablari, yangi sharoit va
imkoniyatlar asosida shakilanayotgan ijtimoiy, ma`naviy siyosiy xodisalar xam
qadriyat xisoblanadi. Xozir O’zbekistonda miliy istiqbol mafkurasining rivojlantirishi
uchun kata ishlar olib borilmoqda. Taroqiyotning xozirgi vazifalari va milat
manfatlariga mos keluvchi bunday mafkura yaratilmoqda. Bu mafkuraning yaratishda
utmish merosidan unumli foydalanilsa xam u yangi davirda shakilangan qadiriyat
sifatida yuzaga kelmoqda. Meros o’tgan avlodlar tamonidan yaratilgan, bizgayaa etib
kelgan ijtimoiy – ma`naviy xodisalar madaniy boyliklar, urf odatlar, marosimlar,
axloq normalaridir. Meros taraqiyot uchun xam zarur omil bo’lgandagina qadriyat
darajasiga kutarila oladi. Meros xozirgi kun uchun xam bo’lgan axamiyatini bilish-
uni qadriyatlar jumlasiga kiritishdir.
Ijtimoiy taraqqiyot-doim yangilanib, takomilashib turadigan uzluksiz jarayon
ekan, buning negizida muayyan qadiryatlarni baxolash mezonlari xam o’zgarib
boradi. Qadriyatlarning baxolashda taraqqiyotning muayyan bosqichida maydonga
chiqqan ijetimoiy kuchlarning manfatlari xam ma`lum axamiyat kasb etadi.
Qadriyatlarga tor siyosiy guruxlarning manfatlari asosida yondashish ularning
axamiyati va imkoniyatlarini notug’ri tushunishga olib keladi.
«Aksiologiya» fanining baxs mavzusini quyidagi masalalar tashkil etadi: milliy
qadriyatlarning tiklanishi; milliy o’zligini anglash; milliy ong va tuyg’u; milliy
madaniyat, til, urf-odat, udum va an`analar; ularning inson ma`naviy barkamolligini
ta`minlashda va dunyoqarashini shakllantirishda hamda bunyodkorlik faolligini
oshirishdagi o’rni; milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi;
ijtimoiy-siyosiy, moddiy va ma`naviyat qadriyatlarimizning jahon hamjamiyatiga
O’zbekiston Respublikasining qo’shilishdagi vositachilik roli; yaqin o’tmishda, sovet
tartibotlari xukm surgan davrda bu qadriyatlarning poymol etilganligi, yuzaga
chiqarilmaganligi, o’qib-o’rganilmaganlig, faqatgina O’zbekiston o’z mustaqilligiga
erishgandan so’nggina asrlar osha to’plangan qadriyatlarga xayot baxsh etilganligi,
bu qadriyatlar ijtimoiy rivojlanishda, demokratik jamiyat qurishda muhim omil
bo’lishi kabi dolzarb masalalar falsafiy nuqtai nazardan taxlil qilinadi.
Bu fan xalqimizning boy madaniy merosi, yuksak qadriyatlarni chuqur o’ganib
falsafa, tarix, siyosatshunoslik, siyosiy-huquqiy ta`limotlar tarixi, Sharq va Markaziy
Osiyo ijtimoiy-falsafiy fikrlari tarixi va boshqa xususiy o’quv fanlar bilan o’zaro
bog’liqlikda rivojlanadi, o’z oldida turgan vazifalarini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: |