Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/90
tarix04.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#72193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
12.Аксиология маъруза 2014

XORAZMIY 
Turonning jahonga mashhur olimlaridan biri Muhammad ibn Muso Xorazmiy 
bo’lib, u taxminan 783 yilda tug’ilgan va 850 yilda Bog’dodda vafot etgam. 


Xorazmiy ilm-fan va madaniyatning qadimiy beshiklaridan hisoblangan Xorazmda 
qomusiy olim sifatida shakllandi, voyaga etdi va shu erning o’zida uning nomi 
dunyoga ma`lum bo’ldi. Muso Xorazmiy ilmiy-ijodiy faoliyatining juda katta davri 
arab xalifaligining poytaxti Bog’dod .bilan uzviy bog’liqdir. Xorazmiy xalifa 
Ma`mun rahnamoligida islom SHarqining Fanlar akademiyasi—«Bayt ul-hikma» 
(«Donishmandlar uyi)da ishladi. Bu ilm dargohida u juda ko’plab-asgronomik 
kuzatishlar olib boradi, matematik va astronomlarning katta bir jamoasiga ustozlik 
qiladi hamda o’zining (Ko’pgina shoh asarlarini yozadi. Xorazmiyning Bordodda 
yashab ijod etgan zamondoshlari orasida Ahmad Farg’oniy, Ahmad ibn Abdulloh 
Marvaviy kabi Markaziy Osiyolik olimlar bo’lib, ular o’rta asr ilmu-fani rivoji va 
ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotiga katta hissa qo’shganlar. 
Muhammad Muso Xorazmiyning ko’p qirrali ilmiy qiziqishlari matematika, 
nazariy va amaliy astronomiya, geografiya, tarix va boshqa ko’plab fanlarga 
oiddir. Uning nomini tarixda abadiy qoldirgan asarlaridan biri — «Al-jabr va 
muqobala»dir. Bu asar G’arb va SHarq olimlariga algebra fani bo’yicha dasturiy 
amal bo’lib xizmat qildi, «Algoritm» va «Algebra» degan atamalar Xorazmiy nomi 
bilan bog’liqdir. 
Allomaning algebra, arifmetika, matematika, geometriyaga oid asarlari asrlar 
davomida taqsimlashda, vasiyatnomalar tuzishda, mol-mulkini o’zaro bo’lib olishda, 
sud ishlarida, savdo-sotiq muomolalarida, shuningdek, erlarni o’lchashda, kanallar 
qazishda, bino qurishda katta xizmat qildi.
Xorazmiy aytib o’tilgan asarlaridan tashqari «Kitob surat al arz» («Er
surati») degan risola ham yozdi. Asarda u Ptolomeyning «Geografiya» nomli 
kitobini butunlay qayta ishlab chiqdi. SHarq mamlakatlari to’g’risida ko’pgina 
qimmatli ma`lumotlar berdi. Unda mamlakatlar, shaharlar, ularning nomlari, hajmi 
ko’rsatilgan va bir necha izohlar berilgan xaritalar mavjud. Bu kitobda Orol
dengizining tasviri xam berilgan. Asarda bundan tashqari 637 ta muhim joylar, 
209 ta tog’ning geografik tafsiloti, daryolar, dengizlar va okeanlar havzasining 
shakli, ularda joylashgan orollarning muxim kordinatalari bayon etilgan. Olimning 
bu kitobi SHarq mamlakatlarida geografiya fanining rivojlanishiga katta hissa
qo’shdi. 
«Astronomik jadvallar», «Quyosh soati to’g’risida risola», «Hind hisobi
haqida risola», «Usturlab olati haqida risola», «Zij» («Astronomik jadval»), 
«Musiqa bo’yicha risola», «Tarix bo’yicha risola» va boshqa ko’plab nodir
asarlar ham Muso Xorazmiy qalamiga mansubdir. Ana shu asarlar nomining
o’ziyoq Xorazmiyning ilmiy tafakkuri benihoya kengligi, qomusiy alloma 
ekanligini, nafaqat o’z davrining balki hamma zamonlarning eng buyuk matematik 
va tabiatshunos olimi ekanligini ko’rsatadi. 
Xorazmiy o’zining matematika, geografiya, tarix, musiqa, astronomiya va 
boshqa fanlarga bevosita taalluqli bo’lgan asarlari bilan jahon fani taraqqiyotiga 
keng yo’l ochib berdi, o’rta asrlarda odamlar xayollariga ham keltirmagan eng 
murakkab masalalarni ilmiy ravishda hal etdi. 
Muhammad Muso Xorazmiyni bugungi avlod hozirgi zamon matematika, 
astronomiya, geografiya va tarix fanlarining asoschisi sifatida e`zozlaydi. Jahon ilm 
ahlining 1983 yili Muhammad Muso Xorazmiyiing 1200 yilligini zo’r tantana bilan 
nishonlaganligi buyuk vatandoshimizga ko’rsatilgan cheksiz xurmat va ehtiromdir. 


Muhammad Muso Xorazmiy nafaqat buyuk matematik, tabiatshunos alloma, 
balki mashhur faylasuf sifatida ham ma`lum va mashhurdir. 
Xorazmiy maxsus falsafiy asar yozgan bo’lmasa-da lekin uning matematika,
geometriya, astronomiya, geografiya, tarix va musiqa ilmiga oid barcha
kitoblarida ilgari surilgan va ilmiy isbotlangan falsafiy fikr-mulohazalar, falsafiy
g’oya, nazariya va ta`limotlar son-sanoqsizdir. Uningcha, Olloh tomonidan 
yaratilgan dunyoda, materiyada o’z holatini doimiy ravishda o’zgartirmay 
saqlab turadigan hech qanday narsa va hodisa yo’q va bo’lmaydi. Materiya tinimsiz 
o’tish, o’zgarish va rivojlanishdadir. Unda nimadir yangidan paydo bo’ladi, 
ma`lum vaqt mobaynida yashaydi, keyinchalik borib esa u ham eskira boshlaydi 
va pirovard-oqibatda o’z o’rnini boshqa narsaga qonuniy ravishda bo’shatib
beradi. eski narsa o’rnini yangisi, o’layotgan narsa o’rnini tug’ilayotgan narsa 
egallashi, Xorazmiy falsafiy ta`limotida qayd etilishicha, tabiiy-qonuniy 
jarayondir. Bu jarayon cheksiz va chegarasizdir. 
Xorazmiyning dunyoning asosini, moddiy negizini nima tashkil etadi, 
degan masala bo’yicha bayon etgan fikrlari ham e`tiborga sazovordir. Buyuk
mutafakkir materiyani olamdagi barcha narsa va hodisalarning asosi deb 
hisoblaydi. Uning tushuntirishicha dunyo to’rt unsur-tuproq, suv havo va olovdan 
tashkil topgan. Dunyodagi barcha narsa va hodisalar ana shu unsurlarning 
birikishi, o’zaro ta`siri ostida hosil bo’ladi va yashaydi. Suv va havo-haqidagi 
ta`limot Xorazmiy falsafiy dunyoqarashining o’zagidir. Orol dengizining 
Markaziy Osiyo xalqlari hayoti, o’simliklar va hayvonot dunyoei uchun naqadar 
muhimligi haqida buyuk vatandoshimizning bundan ming yil iltari qilgan 
bashoratlari bunga misol bo’ladi. 
Alloma o’zining bilish nazariyasidagi moddiy olam, inson, uning sezgisi, aql-
idrokidan oldin paydo bo’lgan, inson va uning aqli esa moddiy olam rivojining 
mahsulidir, deydi. Ayni paytda u inson bilish sub`ekti, tabiat, jamiyat, umuman 
moddiy olam esa uning ob`ekti deb biladi. Xorazmiy hissiy va aqliy bilishiing o’ziga 
xos hususiyatlarining mohiyatini, o’zaro aloqadorligini alohida ta`kidlaydi. Uning 
aytishicha aqliy bilish hissiy 'bilishsiz vujudga kelmaydi. Hissiy bilish borliqning 
tashqi tomonlari haqida bilim berish manbaidir. Aqliy bilish yordamida esa inson 
narsa va hodisalarning murakkab ichki tuzilishini, mohiyatini, qonuniyatini bilib 
oladi. Aqliy bilish inson bilish rivojining yuqori bosqichidir. Bunda biz 
Xorazmiyning aqliy bilish masalalariga alohida e`tibor berganligini ko’rib turibmiz. 
Bilishda inson aqlining va amaliyotning ahamiyatini ko’rsatganligi buyuk 
vatandoshimizning ajoyib xizmatlaridan hisoblanadi. 
Muso Xorazmiy dunyoqarashida ijtimoiy-falsafiy masalalar, xususan jamiyat va 
uning istiqboli haqidagi fikr mulohazalar alohida o’rin egallaydi. Jamiyat 
taraqqiyotida ilm-fan va madaniyatning, odob-axloqning, islom dini, shariat 
qonunlarining katta o’rin tutishi haqida alloma tomonidan bayon etilgan fikrlar 
hozirgi davr uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlarning aqlini peshlash, 
iymon-e`tiqodini mustahkamlash, ruhan poklash va kishilar o’rtasidagi insoniy 
munosabatlarni mustahkamlashda fan va madaniyatning, diniy qadriyatlarning 
muhimligi xususidagi fikrlari tahsinga sazovordir. 
Buyuk vatandoshimiz Muhammad Muso Xorazmiyning nodir asarlari,
yaratgan ta`limoti, ijtimoiy-falsafiy qarashlari, hozirgi avlod uchun bitmas-


tuganmas xazina, mustaqilligimiz uchun xizmat qiladigan bebaxo ma`naviy 
boylikdir. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin