Jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/58
tarix04.12.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#72256
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
Jizzax davlat pedagogika instituti

Agressiv xulq – shaxsning ma’naviy buzuqlikka asoslangan, boshqalarning ichki dunyosiga 
ochiqdan-ochiq salbiy ta’sir ko’rsatib, tajovuz qilib, uni izdan chiqarishga qaratilgan g’ayriinsoniy 
xususiyati. Agressiv xulqning shakllanishi, kuchayishi va namoyon bo’lishi ko’pincha ijtimoiy 
muhit bilan bog’liq xolda yuz beradi. Shaxsning o’ziga qaratilgan tajovuzkorlik “autoagressiya” deb 
ataladi (bunday xolat shaxsdagi patalogik o’zgarishlarning ko’rsatgichi bo’lib xizmat qiladi). 
Agressiya, bolalar agressiyasi – bolalarga xos tajovuzkorona xatti xarakat. U bolalar alam yoki 
g’azab tuyg’ularini boshlaridan kechirib, ularni izxor etishning ijtimoiy maqbul usullarini topa 
olmagan yoki kattalarga taqlidan yo’l tutgan paytlarda namoyon bo’ladi. Bola o’z qo’rquvini 
yashirishga intilgan xolatlarda psixologik jixatdan o’z-o’zini ximoyalash reaksiyasi xam bo’lishi 
mumkin. 
Adaptasiya – (lotincha, adaptatio - moslashish) tabiat yoki jamiyat xayotida, insonning ma’naviy 
ruxiy olamida kechadigan o’ziga xos jarayon bo’lib, biror bir muhit yoki sharoitga, yangilikka 
moslashuvni anglatadi. Inson hayotidagi adaptasiyaning samarali kechishi ko’p jixatdan uning 
jismoniy, ruxiy, ma’naviy xolatiga bog’liq. Ilm-fanda adaptasiyaning quyidagi turlari mavjud: 
sensor
adaptasiya-organizmning turli xil subyektiv o’zgarishlarga moslashuvi (ko’rish, xid bilish, ta’m-
maza bilish, xaroratni sezish jarayonlarida kechadi); ijtimoiy adaptasiya-insonning ijtimoiy muhit 
sharoitlariga uzluksiz tarzda faol moslashuvi, ayni paytda uning ushbu jarayon natijasi sifatida 
kamolga yetishi. Ijtimoiy adaptasiyaning muhim jixati odamning ijtimoiy talab va tartiblarni qabul 
qilishini anglatishdir. 
Akvarium – tabiiy suv xavzasining modeli, mini ekotizm. Unda barcha tarkibiy qismlar talabdagi 
nisbatda bo’ladi va ekologik muvozanatni yuzaga keltiradi. Akvarium maktabgacha ta’lim 
muassasalar guruhlarida (kichik guruhlardan tashqari) tabiat burchagi tarkibiga kiradi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin