O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI
KAFEDRASI
“TASDIQLAYMAN”
O`quv ishlari prorektori
_________ B.Q.To’xtamishev
________ 2020 y.
“MAKTABGACHA PEDAGOGIKA”
FANIDAN AMALIY MASHG’ULOT UCHUN
USLUBIY KO’RSATMA
(kunduzgi va kechki ta’lim uchun)
Jizzax – 2020
Ushbu uslubiy ko’rsatma maktabgacha ta’lim yo’nalishi kunduzgi va kechki
ta’lim talabalariga mo’ljallangan bo’lib, Maktabgacha pedagogika fanidan amaliy
mashg’ulotlarni bajarish texnalogiyalari haqida ko’rsatmalar berilgan.
Tuzuvchilar: M.A.Norqo’ziyeva
Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi
o’qituvchisi.
Taqrizchi: X.A.Meliye - Maktabgacha ta’lim metodikasi
mudiri.prof.
Ushbu uslubiy ko’rsatma “ Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedra
kengashi yig`ilishida ko‘rib chiqilgan.2020 y “___” 08 dagi № 1 –sonli bayonnoma
bilan tasdiqlangan.
Kafedra mudiri: ___________ prof X.A.Meliyev
(imzo)
Maktabgacha ta’lim fakul’tetining Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan
foydalanish uchun tavsiya etilgan. “____”_____ 2020 y. Bayonnoma № 1
Maktabgacha ta’lim fakul’teti dekani: ___________ k.f.d. Z.Z.Yaxshiyeva
(imzo)
Kirish
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi,
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda katta o‘zgarishlar amalga
oshirildi. Shuningdek, ta’lim sohasida ham bir qator islohotlar o‘tkazilib, barkamol
avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan islohotlar rivojlantirilib borilmoqda.
Fanni o’qitishdan maqsad – Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama
rivojlantirish tamoyillari, unga qo’yilgan talablar, bolalarga ta’lim-tarbiya berish
va ularni rivojlantirish muammolari, ularda o’z fikrini erkin bayon eta olish ,
to’g’ri ovqatlanish, o’z-o’zini anglash va muhofaza qilish, yoshga doir zaruriy
bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi, barkamol avlod tarbiyasini to’g’ri
shakllantirish yo’llari va samarali usullarini mohirona qo’llash, bolalarda
tengdoshlari bilan aloqa o’rnata olish, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy va
ijtimoiy bilimlarni egallashiga pedagogik jihatdan to’g’ri tashkil etilgan muhitni
yaratib bera olish masalalari haqida talabalarga har tomonlama bilimlar berish.
Fanning asosiy vazifalari - maktabgacha ta’limning ta’lim tizimida tutgan
o’rni, maktabgacha ta’lim bo’yicha kasbiy faoliyatning umumiy tamoyillari,
maktabgacha pedagogikaning pedagogika nazariyasi va tarixi fani bilan
uzviyligi, maktabgacha pedagogikaning rivojlanish tamoyillari to’g’risida,
maktabgacha pedagogika tarixi, O’zbekiston Respublikasida maktabgacha
ta’lim tashkilotlari tizimini bilishi kerak;
- maktabgacha pedagogikaning nazariy va amaliy bilimlarini egallash,
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik
tarbiya berish, maktabgacha pedagogikadan o’z kasbiy faoliyatini rejalashtirish
bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak;
- maktabgacha ta’limning asosiy tamoyillari, maktabgacha ta’lim
pedagogikasiga qo’yiladigan asosiy talablar, maktabgacha ta’limning
mazmuni, ilmiy-tadqiqot metodlari, maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy
tarbiya berish, maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy, jismoniy va estetik
tarbiyalash, maktabgacha ta’limning uzviyligi va uzluksizligi, maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida va oilada tarbiya jarayonini tashkil etish malakalariga ega
bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |