Ta’limning turli bosqichlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish



Yüklə 299,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix04.12.2022
ölçüsü299,56 Kb.
#72290
  1   2   3   4   5
2060-Article Text-4266-1-10-20211127



Ta’limning turli bosqichlarida innovatsion texnologiyalardan 
foydalanish samaradorligini oshirish 
Alijon Xayrullayevich Avezov 
Buxoro davlat universiteti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim jarayonida o‘quvchilarni bilim va 
malakalarini shakllantirish uchun innovatsion texnologiyalardan foydalanish 
samaradorligini oshirish haqida so‘z yoritilgan. 
Kalit soʻzlar: pedagogik texnologiya, pedagogik innovatssiya, prezintatsiya
innovatsion, intellektual, didaktik. 
Increasing the efficiency of using innovative technologies at 
different levels of education
 
Alijon Xayrullayevich Avezov 
Bukhara State University 
 
Abstract: This article discusses how to increase the effectiveness of the use of 
innovative technologies in the formation of students' knowledge and skills in the 
educational process. 
Keywords: pedagogical technology, pedagogical innovation, presentation, 
innovation, intellectual, didactic. 
Keyingi yillarda oliy oʻquv yurtlari malakali kadrlar tayyorlashda zamonaviy 
oʻqitish usullari interaktiv va innovatsion texnologiyalardan foydalanish doirasi 
kengayib bormoqda. Talabalarga dars oʻtish jarayonida pedagogik texnologiyalar, 
pedagogik maxorat asosida bilim, tajriba va interfaol usullarni qoʻllash ularga 
fanlarni chuqur oʻzlashtirishlariga va yetuk malakaga ega boʻlishlariga olib keladi. 
Innovatsiya tushunchasi mustaqillik yillarida leksikonimizga kirib kelgan yangi 
iqtisodiy termin boʻlib, inglizcha – innovation soʻzidan olingan va yangiliklar 
kiritish, oʻzgartirishlar degan maʼnoni anglatadi. Innovatsion texnologiyalar asosan 
pedagogik jarayon va oʻqituvchi, talaba faoliyatiga yangiliklar va oʻzgartirishlar 
kiritish demakdir. Dars berish jarayonida innovatsion texnologiyalar turli interaktiv 
metodlar koʻrinishida olib borilishi mumkin, chunki har bir dars beruvchi 
pedagogning oʻz dars oʻtish uslubi bor. 
Sifat va samaradorlik bosqichida taʼlim texnologiyasiga yangi shakllangan 
zamonaviy innovatsion texnologiyalar va pedagogik texnologiyalar kirib keldi. Bu 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
789


texnologiyalar har bir oʻtilgan oʻquv semestrlari davomida takomillashtirilib, 
zamonaviylashtirilib 
va 
shakllantirilib 
borilmoqda. 
Zamonaviy 
pedagogik 
texnologiya oʻzining gumanitar va tabiiy fanlar yutuqlari bilan bogʻliq xususiy 
nazariyasiga ega; u birinchi galda oʻquv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurishga 
yoʻnaltirilgan boʻlib, oʻqitishning axborotli vositalaridan, didaktik materiallardan, 
faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan oʻqituvchi va talabalarning 
birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi. Kelajakda taʼlim taraqqiyotining xaqqoniy 
dvigateli sifatida oʻqituvchi faoliyatini yangilashga, taʼlim-tarbiya jarayonini maqbul 
(optimal) qurishga, talaba yoshlarda xur fikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga 
sodiqlik, insonparvarlik tuygʻularini shakllantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. 
Hozirgi davr taʼlim taraqqiyoti yangi yoʻnalish innovatsion pedagogikani 
keltirib chiqardi. Innovatsion (ingliz.) - yangilikni kiritish (tarqatish).Innovatsiya 
deganda, muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, axoli, jamiyat, guruxga, yangi, 
nisbatan turgʻun (unsur) elementlarini kiritib boruvchi maqsadiga muvofiq 
oʻzgarishlarni tushuniladi. 
Hozirgi kunda bu innovatsiya oʻzgarishi jarayoniga ikki xil qarash mavjud 
boʻlib, birinchi qarashda, xayotga joriy etilgan qandaydir yangi gʻoya yoritiladi va 
ikkinchi yondashuvda, aloxida - aloxida kiritilgan yangiliklarning bir-biriga oʻzaro 
taʼsiri, ularning birlamchi, raqobati va natijada birining oʻrnini ikkinchisi 
egallashidir.Innovatsion jarayonning bosqichlari quyidagi ketma- ketlikda amalga 
oshiriladi: 
• yangi gʻoya tugʻilishi yoki yangilikning paydo boʻlishi (kashfiyot bosqichi) 
deb yuritiladi. 
• ixtiro qilishlik - yangilik yaratish bosqichi; 
• yaratilgan yangiliklarning amalda qoʻllay bilish bosqichi; 
• yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi; 
• muayyan sohada yangilikka xukmronlik qilish bosqichi. 
Pedagogik innovatsiyada “yangi” tushunchasi markaziy hisoblanib, pedagogik 
fanda - xususiy, shartli, maxalliy va subyektiv yangilikka qiziqish uygʻotadi. Ilmiy 
yoʻnalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. Yangilik - bu vosita, 
yangi metod, metodika, texnologiya va boshq.“Innovatsiya” - bu taʼlim; maʼlum 
bosqichlari boʻyicha rivojlanadigan jarayon. Innovatsiya jarayonning kechishini 4 ta 
asosiy qonuniyati mavjud boʻlib, ularni quyidagicha talqin qilinadi: 

Yüklə 299,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin