vazifalar: umumiy o„rta ta‟lim mazmuni va sifatiga qo„yiladigan talablarni
belgilash; milliy, umuminsoniy va ma‟naviy qadriyatlar asosida o„quvchilarni
tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; o„quv-tarbiya jarayoniga
pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish,
umumiy o„rta ta‟lim muassasalarining o„quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga
qo„yiladigan talablarni belgilash; kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun
ta‟lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta‟minlash; ta‟lim va
uning pirovard natijalari, o„quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini
tizimli baholash tartibini, shuningdek ta‟lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat
qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; davlat ta‟lim standartlari talablarining
ta‟lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo„yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini
ta‟minlash. Davlat ta‟lim standartining asosiy prinsiplari:
o„quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
umumiy o„rta ta‟lim mazmunining insonparvarligi; davlat ta‟lim standartining ta‟lim
sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi; umumiy o„rta
ta‟limning boshqa ta‟lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta‟lim
mazmunining uzviyligi; umumiy o„rta ta‟lim mazmunining respublikadagi barcha
hududlarda birligi va yaxlitligi; umumiy o„rta ta‟limning mazmuni, shakli, vositalari
va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi; o„quvchilarda
fanlarni o„rganish va ta‟lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid
umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta‟minlanganligi; rivojlangan xorijiy
mamlakatlarning ta‟lim sohasida me‟yorlarni belgilash tajribasidan milliy
xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
Davlat ta‟lim standartiningtarkibiy qismlari: Tarbiya fani bo„yicha umumiy o„rta ta‟limning malaka talablari;
Tarbiya fanining tayanch o‟quv rejasi;
Tarbiya fani bo„yicha umumiy o„rta ta‟limning o„quv dasturi;
Tarbiya fanining baholash tizimini o„z ichiga oladi.
Tarbiya fani bo„yicha umumiy o„rta ta‟lim muassasalari o„quvchilariga
qo„yiladigan malaka talablari umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standartining
negizi hisoblanadi va Tarbiya fanini o„rganishning bosqichlari, ta‟lim mazmuni va