O‘zbek tili fani o‘quv dasturi (2-9-sinf) toshkent-2017 uqtirish xati



Yüklə 235,47 Kb.
səhifə1/75
tarix04.08.2023
ölçüsü235,47 Kb.
#138562
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Ozbek tili o`quv dastur



L O Y I H A


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
O‘ZBEK TILI FANI O‘QUV DASTURI
(2-9-sinf)

TOShKENT-2017


UQTIRISh XATI

Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘zbek tili fanidan 2-9-sinflari o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartining A1, A1+, A2, A2+ darajasi talablariasosida tuzilgan. Ushbu ta’lim bosqichlari bitiruvchilari Davlat ta’lim standartining shu darajalari uchun qo‘yilgan talablarga javob berishlari shart.


Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarda o‘zbek tili kommunikativ tamoyil asosida ikkinchi til sifatida o‘qitiladi. Shuning uchun ta’lim mazmunida asosiy diqqat-e’tibor nutqiy va lingvistik kompetensiyaga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilar o‘zbek tilidan egallaydigan lingvistik bilimlari vositasida kundalik turmush, ijtimoiy-madaniy hayot, mutaxassislik sohalarida og‘zaki va yozma erkin muloqot yuritishga qaratilgan fanga oid hamda tayanch kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutiladi.
Boshlang‘ich ta’limda o‘zbek tili fanini o‘qitishdan maqsad asosan o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish, o‘zbek tilida muloqotga kirisha olish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratdir. Shunga ko‘ra 2-4-sinflar o‘quv dasturida lug‘at, nutq namunalari, tinglab tushunish va so‘zlash, o‘qish va yozish bo‘yicha o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini shakllantirishko‘zda tutilgan.
5-9-sinflarda esa o‘zbek tili fanidan nazariy bilimlar berish orqali o‘quvchilarga so‘z tarkibi, uning yasalishi, so‘z turkumlari va ularning o‘zgarishi, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish, so‘z birikmasi hamda gap tuzish qonuniyatlarini o‘rgatish ko‘zda tutiladi.Shunga ko‘ra bitiruvchilar o‘zbek tilida so‘zlarni o‘zaro to‘g‘ri bog‘lab gap tuza olishi va nutqning dialogik va monologik shakllarida erkin muloqot yurita olishi lozim. O‘quv dasturida sinflar kesimida har bir nutqiy mavzu doirasida beriladigan leksik minimum (tayanch so‘zlar va birikmalar), grammatik minimum (so‘z shakllari va grammatik bilimlar), muomala odobi, adabiy o‘qish va ish qog‘ozlarini yozish yuzasidan materiallar berildi. Jumladan, 5-6-sinflarda mavzular leksika,grammatika,muomala odobi, adabiy o‘qish;7-9-sinflarda esa leksika, grammatika,ish qog‘ozlarini yozish va adabiy o‘qish sifatida taqsimlandi. Bunda leksika har bir nutqiy mavzu bo‘yicha belgilangan tayanch so‘z va birikmalar hamda nutq namunalaridan, grammatik bilimlardan tashkil topdi. 5-8-sinflarda tilning morfologiya bo‘limiga oid bilimlar, 9-sinfda sintaksis bo‘limi orqali so‘z birikmasi va sodda gapga oid bilimlarni izchillikda o‘stirib borish ko‘zda tutildi. Zero, ushbu bilimlarni egallash orqali o‘quvchilarda nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishga erishiladi.
O‘zbek tili ta’limida muomala odobi va adabiy o‘qish bo‘yicha berilgan materiallarning o‘rni nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko‘ra, 5-sinfda adabiy o‘qish uchun ertak, she’r, topishmoq, tez aytishlar kiritilgan bo‘lsa, 6-7-sinflarda hikoyalar, rivoyatva she’riy asarlar, o‘zbek bolalar adabiyoti namunalari, 8-9-sinflarda esa o‘zbek yozuvchilarining asarlaridan parchalar ustida ishlash rejalashtirildi. O‘quv dasturida har bir nutqiy mavzu bo‘yicha o‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid va tayanch kompetensiyalarning elementlari nutqiy mavzuning mazmunidan kelib chiqib namuna sifatida taqdim etildi.
O‘zbek tili fanidan o‘quv dasturidagi “Kun tartibim”, “Tejamkorlik”, “Suv - hayot manbai”, “O‘zbekistonning suv havzalari”,“Tejamkor bo‘laylik”, “Ekologiya va biz” kabi mavzularni o‘tishda“Tejamkorlik saboqlari” o‘quv qo‘llanmasidagi materiallardan unumli foydalanish mumkin. Quyida A1, A1+, A2, A2+ darajalar uchun shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalarning elementlari berildi.

Yüklə 235,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin