O‘zbek tili fani o‘quv dasturi (2-9-sinf) toshkent-2017 uqtirish xati


Talaffuz qilish, o‘qish va yozish



Yüklə 235,47 Kb.
səhifə9/75
tarix04.08.2023
ölçüsü235,47 Kb.
#138562
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
Ozbek tili o`quv dastur

Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:sanoq sonlar va sonli birikmalarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi va yoza oladi.

37-39-mavzu. O‘quv qurollari (3 soat (A1+: 5 soat))

Lug‘at: kitob, daftar, qalam, o‘chirg‘ich, chizg‘ich, ruchka, qog‘oz, kundalik kabi tayanch so‘zlar; bu nima? bu daftar, bu kitob kabi birikmalar (2 soat). kimning nimasi?qanday nima? so‘roqlari (1 soat).


Nutq namunalari: Bu bizning kitobimiz, sening daftaring, mana qora qalam, bu yangi kundalik; Bu kimning kundaligi? – Bu mening kundaligim. – Bu sening daftaringmi? – Yo‘q, bu mening daftarim emas.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid tayanch so‘zlarni va kimning nimasi?qanday nima? so‘roqlarini tushunib, savollarga javob bera oladi, rasmlar asosida suhbatlasha oladi; mavzuga oid tayanch so‘zlar, savollarni tushunib, aniq javob bera oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:
A1
o‘zbek alifbosidagi harflarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi;
o‘zbek tiliga xos bo‘lgan tovushlarini o‘qiy oladi;
mavzular bo‘yicha berilgan so‘zlarni bo‘g‘inlab o‘qiy oladi va yoza oladi; o‘zlashtirilgan nutq mavzularida 1-2 savol-javob tarzida suhbatlasha oladi;
mavzu bo‘yicha berilgan kichik she’rlarni o‘qib, yoddan ayta oladi;
o‘zbek alifbosidagi bosh va kichik harflarning bosma va yozma shaklini farqlab yoza oladi;
harflarning yozma shaklini husnixat talablari asosida yoza oladi; mavzular bo‘yicha o‘zlashtirilgan so‘zlarni, 2-4 ta yig‘iq gaplardan iborat matnni to‘g‘ri ko‘chirib yoza oladi;
o‘zlashtirilgan so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajratib yoza oladi;
6-8 ta so‘zdan iborat lug‘at diktantini yoza oladi.
A1+
o‘zbek alifbosidagi harflarni, o‘zbek tiliga xos tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilib, o‘qiy oladi;
o‘zlashtirilgan nutq mavzularida suhbatlasha oladi, berilgan she’rlarni o‘qib, yoddan ayta oladi;
o‘zbek alifbosidagi bosh va kichik harflarning yozma shaklini husnixat talablari asosida yoza oladi;
4-6 ta yig‘iq gaplardan iborat matnni to‘g‘ri ko‘chirib yoza oladi.



Yüklə 235,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin