O‘zbek tili fani o‘quv dasturi (2-9-sinf) toshkent-2017 uqtirish xati


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar



Yüklə 235,47 Kb.
səhifə12/75
tarix04.08.2023
ölçüsü235,47 Kb.
#138562
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
Ozbek tili o`quv dastur

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid tayanch so‘zlar va so‘z birikmalarini, nutq namunalarini tushuna oladi, nechta? qancha? so‘roqlariga javob bera oladi, rasmlar asosida suhbatlasha oladi.

Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlarni, nechta? qancha? so‘roqlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi va yoza oladi.




52-54-mavzu. Hafta kunlari (3 soat (A1+: 4 soat) )

Lug‘at: oy, hafta, kun, dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba,kecha, bugun, erta, ertaga, indin, ish kuni, dam olish kuni; to‘rt, yetti, birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, kecha, bugun, ertaga kabi tayanch so‘zlar(2 soat);

nechanchi? qaysi? so‘roqlari (1 soat).


Nutq namunalari: bir oy, bir hafta yetti kun, yakshanba dam olish kuni;Bir oy necha hafta? Bir haftada necha kun bor? Bir haftada yetti kun bor. Bugun haftaning qaysi kuni?Dushanba haftaning nechanchi kuni? Dushanba haftaning birinchi kuni.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Tinglab tushunish va so‘zlash: o‘zlashtirilgan mavzular bo‘yicha topshiriqlarni, kundalik muloqotga oid so‘z va jumlalar ma’nosini tinglab tushuna oladi;
mavzuga oid tayanch so‘zlar, nechanchi? qaysi?so‘roqlariga javob bera oladi, o‘zi (ismi-sharifi, yoshi, yashash manzili va o‘qish joyi), ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi haqida qisqa ma’lumot bera oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid so‘zlar so‘z va so‘z birikmalarini, nutq namunalarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi va yoza oladi. Mavzular bo‘yicha berilgan so‘zlarni bo‘g‘inlab to‘g‘ri o‘qiy oladi, qisqa dialogik matnlarni ohangga rioya qilgan holda o‘qiy oladi, mavzu bo‘yicha berilgan kichik she’rlarni o‘qib, yoddan ayta oladi; mavzular bo‘yicha o‘zlashtirilgan so‘zlarni, 2-4 ta yig‘iq gaplardan iborat matnni to‘g‘ri ko‘chirib yoza oladi, o‘zlashtirilgan so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajratib yoza oladi, 10-15 ta so‘zdan iborat diktant matnini yoza oladi.



Yüklə 235,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin