STEAM DASTURIGA KIRGAN BEVOSITA HISOBLASHGA OID MASALALAR REJA: Steam dasturiga kirgan bevosita hisoblashga oid masalalarMaktabgacha ta’limda steam ta’lim texnalogiyalari ahamyati
Maktabgacha ta’limda tabiatga oid bilimlar va badiiy-estetik tarbiyaning integratsiyasi steam ta’lim texnologiyasidan foydalanish.
Ishning maqsadi: Umumiy o‘rta ta’limda steam yondashuvi va uning ahamiyati. Stem va Steam ta’limi: turli mamlakatlarda global tendensiyalar va amaliyot bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 05.09.2018 yildagi PF-5538 Farmonida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy maktab” Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori loyihasi kiritilishi haqida so‘z boradi. Bunda ekologik jihatdan toza materiallar va energiyaning muqobil manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida zamonaviy maktablar qurish; maktablarni, shu jumladan, o‘quv sinflari ichini yangi qulay mebellar, zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash; uch oy muddatda o‘quv rejalari va dasturlarini optimallashtirish, innovatsion, shu jumladan, masofaviy pedagogik usullardan keng foydalanish, ushbu jarayonning samaradorligini butunlay oshirishni nazarda tutgan holda umumta’lim muassasalarining rahbar va pedagogik xodimlari malakasini oshirish tartibi va tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, Respublikamizning har bir hududida iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida Prezident maktablari ochiladi. Ular STEAM fanlarini o‘qitishga ixtisoslashgan bo‘ladi. STEAM — maktab o‘quvchilarini yangi o‘qitish metodikasi bo‘lib, an’anaviy o‘qitish tizimiga muqobil tizim hisoblanadi. U bolalarni bir vaqtning o‘zida Science (tabiiy fanlar), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika) bo‘yicha o‘qitish tizimiga asoslangan, bunda o‘quvchilar amaliy va ko‘ngilochar loyihalar mashg‘ulotlari yordamida saboq oladilar.