STEAM yondashuvining o‘zlashtirishga ta’siri STEAM yondashuvining asosiy g‘oyasi: amaliyot nazariy bilim kabi juda muhimdir. Ya’ni, o‘rganish vaqtida biz nafaqat miya, balki qo‘llarimiz bilan ham ishlashimiz kerak. Dars vaqtida bilim olish tez o‘zgaruvchan dunyo bilan mos kelmaydi. STEAM yondashuvi bilan an’anaviy yondashuv o‘rtasidagi asosiy farq, bolalar turli mavzularni muvaffaqiyatli o‘rganishi uchun ularning aqli va qo‘llarini baravar ishlatishidir. Ular bilimlarni o‘zlari uchun “o‘zlari” o‘rganadilar.
Zehni (aql, intellekt) nima? Aql-idrok - maqsadga eng samarali tarzda erishish mumkin bo‘lgan, ya’ni vaqt va resurslarni kam sarflash bilan erishish mumkin bo‘lgan bilishni tashkil etish qobiliyati. Maktab o‘quvchilarining aqliy rivojlanishi va mazmuniga zamonaviy nuqtai nazar kognitiv tuzilmalar haqidagi nazariy g‘oyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u orqali inson atrof muhit haqida xulosa chiqaradi, keladigan barcha yangi taassurot va ma’lumotlarni tahlil va sintez qiladi.
Ular qanchalik rivojlangan bo‘lsa, ma’lumot olish, tahlil qilish va sintezlash imkoniyati shunchalik yaxshi tushunadi, idrok etadi.
STEM - STEAM - STREAM
An’anaviy yondashuv
Fanlararo integratsiya yondashuvga asoslangan o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyati. Bu jarayonda o‘quvchi va o‘qituvchi ijodiy fikr
yuritadi
O‘quvchi va o‘qituvchi bitta fan yuzasidagi fikrlaydi, natijada tarqoq bilim yuzaga keladi
Javoblar tayyor bilim berilganligi sababli oddiy tarzda yuzaga keladi, bilim o‘qituvchidan o‘quvchiga beriladi
O‘qitish artefakt (inson tomonidan yaratilgan obekt) va hodisalarga asoslanib amalga oshiriladi. Kontekst kelajak bilan bog‘liqligi uchun u bugun qiziqarli va muhimdir.
Reja va darslik asosida mavzular bo‘yicha o‘tkaziladi, kelajakda kerak bo‘lib qolishi aytib o‘tiladi.
O‘quvchining o‘qituvchi va loyihadagi boshqa qatnashchilar bilan hamkorlikdagi tadqiqoti. Hamkorlik ko‘nikmalari shakllanadi.
O‘quvchi nima uchun kerakligini bilmagan holda topshiriqlarni individual bajaradi.
Eng muhimi faoliyat jarayonida olingan mahsulotdir.
Loyihada rejalashtirish va o‘zini o‘zi nazorat qilish
O‘qituvchi ta’lim vazifalarini bajarishning to‘g‘riligini nazorat qiladi va baholaydi
O‘quvchilar amaliy ko‘nikmalarga e’tibor qaratish orqali irodasini, ijodkorligini, moslashuvchanligini rivojlantiradi va boshqalar bilan hamkorlik qilishni o‘rganadi. Ushbu ko‘nikmalar va bilimlar asosiy ta’lim vazifasini tashkil etadi, ya’ni ta’lim tizimining bosh maqsadi hisoblanadi.
Xulosa STEAM ta’lim muhitida bolalar bilimga ega bo‘lib, shu bilimdan foydalanishni darhol o‘rganadilar. Shuning uchun ular o‘sib, haqiqiy dunyoda istalgan hayot muammosiga duch kelganda, bu xoh ifloslanish yoki iqlimning global o‘zgarishi bo‘lsin, bunday murakkab masalalarni faqat turi fanlardan olgan bilimlarga tayanish va birgalikda ishlash orqali hal qilish mumkinligini tushunadilar. Faqat bitta fandan olingan bilimga tayanish yetarli emas. O‘qituvchilarning ish uslublarining bir xilligi o‘quvchilar orasida qiziqishning pasayishiga olib keladi. Pedagogikada muammoli vaziyatlarni modellashtirish yangilik emas. Bu usul dastlab Qadimgi Gretsiyada qo‘llanilgan. Muammoli vaziyat, odatda, shaxsga ma’lum bo‘lgan vositalar yoki usullar orqali erisha olmaydigan intellektual qiyinchilik deb talqin etiladi. Kutilmagan qiyinchilik mustaqil qidiruv ishlarini olib borishga undaydi Umumiy holda, muammoga asoslangan ta’lim nostandart harakatlarni, “bilimlarni o‘zlashtirishning reproduktiv darajasidan ijodiy qidiruv ishlariga o‘tish” ni taqazo etadi.