25
maslahat berishi mumkin. Ular bilimlarga asoslangan tizimlarga kirmaydi, chunki
oddiy dasturlash protsedura va algoritm-lari qo'llanilgandir. Sizning mablag'ingizni
bozor konyunkturasini o'rgangan holda aniq ko'paytiradigan ETlar hali yaratilmagan
bo'lsa-da, ob-havoni oldindan aytib beruvchi hosildorlik va yo'lovchilarning sonini
oldindan aniqlovchi ma'lumot tizimlari tobora keng qo'llanilmoqda. Hatto shaxsiy
Komp’yuter ga oddiy tizimni o'rnatib, siz ob-havo ma'lumotini olishingiz mumkin.
Rejalashtirish. Rejalashtirish tizimlari ko'p o'zgaruvchilar ishlatiladigan
masalalarda aniq bir maqsadga erishish uchun qo'llaniladi. Savdo-sotiq sohasida
Damashqning «Informat» firmasi birinchilardan bo'lib, o'zining sotib oluvchilariga
foydalanuvchining talablari va imkoniyatiga mos keluvchi Komp’yuter topish
imkoniyatini 15 minutli konsultatsiya sifatida firma ofisining zaliga o'rnatilgan 13 ta
ishlab turuvchi stansiyalar yordamida amalga oshirdilar. Bundan tashqari «Boeing»
kompaniyasi ET larni kosmik stansiyalarni loyihalashtirish, vertolyotlar ta'miri va
samolyot dvigatellarining ishdan chiqish sabablarini topishda qo'llamoqdalar. DEC
firmasi tomonidan ishlab chiqilgan XCON ekspert tizimi foydalanuvchi talabiga mos
kelgan holda VAX tipidagi Komp’yuter tizimlarining tuzilishini aniqlash yoki
o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Shuning-dek, DEC tomonidan yanada kuchliroq
bo'lgan XKEL tizimi ishlab chiqilgan. U XCON tizimining bilimlar omborini o'z
ichiga olgani holda foydalanuvchiga kerakli tuzilishdagi hisoblash tizimini tanlash
imkonini beradi. XKEL XCON dan farq qilgani holda interaktiv bo'ladi.
Interpretatsiyalash. Interpretatsiyalovchi tizimlar kuzatish natijalari asosida ma'lum
bir xulosani
keltirib
chiqarish imkoniyatiga
egadir.
Prokpector
tizimi
interpretatsiyalash tipidagi mashhur tizimlardan biri hisoblanib, 9 ta ekspertning
bilimlarini o'zida jamlagandir. Ekspertizaning 9 ta usulini uyg'unlashtirgan tizim katta
qiymatdagi qazilma boyliklarni aniqlab beradi.
Dostları ilə paylaş: