O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Birja kotirovkalari -bu tovar birjalarida tuziladigan shartnomalar 
baholari. Ushbu bozor tovarni hozir kelishilgan narxda olish-sotishni, 
biroq uni ma’lum paytda yetkazib berishni ko‘zda tutadi. Birja tovarlari 
narxlari naqd savdo qiluvchi bozorning joriy narxlariga asoslanadi, lekin 
bundan tashqari ularda foiz stavkalari va inqiroz sur’atlarining 
o‘zgarishlari ham hisobga olinadi.
Tovar birjalarida narxlari vaqti-vaqti bilan kuchli o‘zgarib turadigan 
tovarlar bilan operatsiyalar o‘tkaziladi. Haqiqiy tovar almashinishi yuz 
beradigan naqd pulli bozorlardan farqli ravishda tovar birjalarida faqat 
shartnomalar oldi- sotdilari o‘z o‘rniga ega. 


246 
10.2.- jadval 
 
Mahsulotning (xizmatning) narxi va qadrliligi o‘rtasidagi aloqa 
 
Mahsulot / xizmat 
Xaridorning 
didi 
va 
istaklari 
Xaridor tomonidan qabul 
qilingan 
mahsulotning(xizmatning) 
qadrliligi 
NARX 
Xaridorning mahsulotni 
xarid qilishga tayyorligi 
Boshqa marketing vositalari Xaridorning 
moliyaviy 
ahvoli 
Monitoring – kuzatish, korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati 
to‘g‘risida axborot yig‘ish va umumlashtirish tizimi. Narxlar moni-
toringi esa ro‘yxatdan o‘tkaziladigan shartnomalar qo‘shimcha ustama 
xarajatlarsiz, vositachilik xizmatlarisiz tuzilganligi hamda narxlarning 
maqsadga muvofiqligini kuzatishdir. Xaridorning mahsulot sotib olishi 
jarayonidagi narx va qiymat o‘rtasidagi muvozanat 10.2. jadvalda 
keltirilgan. 
Tovarning qadrliligiga eng avvalo, uning xususiyatlari, ya’ni ushbu 
xususiyatlar xaridorlar didiga qanchalik mosligiga bog‘liq. Yuqorida 
ko‘rsatilgan xususiyatlarning baholanishi xaridorlarning subyektiv qabul 
qilishiga bog‘liq. Mahsulotning bir xil xususiyatlari xaridorlar 
tomonidan har xil baholanishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xaridor-
lar bir xil mahsulot uchun har xil narx to‘lashga tayyordirlar. 
Mahsulotning qadrliligiga marketing vositalari ta’sir qiladi (korxonaning 
imiji, marka imiji sotish sharoitlari, reklama va boshqalar). Shuning 
uchun yangi sotuvchining yutug‘ini faqat mahsulotning past narx bilan 
belgilab bo‘lmaydi. Past narxda sotuvchining yutug‘i faqatgina xaridor-
ning hech bo‘lmaganda sifatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi kerak. 
Tovarni bozorda namoyish qilish narxlardan marketing kompleksi 
elementlaridan biri sifatida tovar, savdo (o‘tkazish) va rag‘batlantirish 
bilan bir qatorda faol foydalanishni ko‘zda tutadi. Narx samarali narx 
siyosatini o‘tkazish sharoitida maqsadli bozorga ta’sir etishning aniq-
ravshan vositasiga aylanadi. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda uzoq vaqtlargacha 
narx iste’molga oid qarorlar qabul qilinishining eng muhim mezoni 
bo‘lgan. Hayot darajasi nisbatan past bo‘lgan mamlakatlar uchun va 


247 
shuningdek, ommaviy talab bo‘lgan tovarlarga nisbatan bunday 
yondashuv bugungi kunda ham adolatli hisoblanadi. Hozirgi davrda narx 
siyosatining roli tovar, savdo va rag‘batlantiruvchi siyosat kabi 
iste’molchiga ta’sir etuvchi narxga oid bo‘lmagan choralarga nisbatan 
tushmoqda. Shu munosabat bilan mutaxassislar bevosita narxga oid 
raqobatdan qochishni, narxga oid bo‘lmagan raqobatdan faol 
foydalanishni, bozorni segmentlash, bozorda o‘z o‘rnini qidirib topish, 
tovarni, uning sifatini differensiyalash, yangi tovarlarni ishlab chiqish, 
reklama metodlari va vositalarini kengaytirish va savdoni rag‘bat-
lantirish, savdo tizimi samaradorligini oshirishni tavsiya qilmoqdalar. 
Ammo shunga qaramasdan narx o‘ta muhim, bozordagi ahvolga va 
tadbirkorning oladigan foydasiga katta ta’sir o‘tkazuvchi marketing 
siyosatining jiddiy elementiligicha qolmoqda. 
Xaridorlar bozori sharoitida narxlar darajasi sezilarli darajada 
iste’molchilar tomonidan belgilanadi, sotuvchining narx sohasidagi 
imkoniyatlari keyin paydo bo‘ladi. Biror bir tovarni sotib olmoqchi 
bo‘lgan xaridor uchun narx “iqtisodiy qurbonlik” hisoblanadi. Xaridor 
bu ”qurbonlik”ni tovarni sotib olish va undan foydalanishdan keladigan 
foyda bilan taqqoslaydi, tovarning foydasi uning narxiga nisbatan 
yuqori, deb hisoblagandan keyingina sotib oladi. Xaridorlar hatto yuqori 
narx bilan bo‘lsa ham sifatli tovar sotib olishni afzal ko‘radilar.Tovar 
sotib olgan odam uchun qancha foydali bo‘lsa, uning yuqori narxi 
shunchalik oqlangan bo‘ladi. Ommaviy xaridorlar uchun imkoniyatli 
narxlardagi yaxshi sifatli tovarlar kerak. Shunday qilib, xaridorlar 
narxlarga talab, daromadlar darajasi, istak va mos keluvchi tovarni sotib 
olish imkoniyati bilan ta’sir o‘tkazadi. Xaridorlar tomonidan narxlarni 
ruhan idrok etish omili juda muhim.
Narxlarning asosiy darajasi hisobi bozorga chiqarilgan tovarga talab 
(uning hajmi va dinamikasi) va savdoning aniq bozorida talabning har 
bir guruhi bo‘yicha elastikligini aniqlash bilan boshlanadi. Marketing 
bo‘yicha mutaxassis nafaqat narx va buning natijasida yuzaga kelgan 
talab orasidagi bog‘liqlik xarakterini talab qonuni bilan ifodalanishini, 
shuningdek, ushbu mahsulotning turlicha narxiga talab qanchalik 
qaratilayotganini ham bilishi kerak. Bu bog‘liqlik darajasini talabning 
narxga oid elastikligi (o‘zgarishliligi), deb atash qabul qilingan va grafik 
jihatdan u egri talabning egilishidagi ma’lum burchak sifatida 
tasvirlanadi.


248 
Oddiy vaziyatda narx va talab bir-birlariga teskari bog‘liqlikda 
bo‘ladi, ya’ni narx qancha yuqori bo‘lsa, talab shuncha kam bo‘ladi. 
Budjeti cheklangan iste’molchilar muqobil tovarlarni tanlashga duch 
kelganlarida ular uchun narxi juda yuqori bo‘lganlarini juda kam sotib 
oladilar.
Raqobat orqali narxni o‘zgartirish talabning oshishi yoki 
pasayishiga bog‘liq. Aksincha, narx qancha past bo‘lsa, talab shuncha 
oshadi. Baho talab qayishqoqligining o‘zgarishiga olib keladi. Ammo 
hamma xaridorlar ham bahoning o‘zgarishiga bir xil munosabatda 
bo‘lmaydilar. 
Elastik, deb narxlarning sezilmas o‘zgarishidan ham sezilarli o‘zga-
radigan talabga aytiladi. Talabning elastik (o‘zgaruvchan)ligi raqobat 
darajasiga bozorda substit (o‘rnini bosuvchi) tovarlar mavjud bo‘lganda, 
xaridorlarning daromad darajalari va muomala qila olish (xarid 
qobiliyati) xususiyatlariga bog‘liq. Miqdoriy jihatdan u sotilgan tovar 
hajmi foizli o‘zgarishining uning narxi foizli o‘zgarishiga bo‘lishdan 
chiqqan qismi sifatida aniqlanadi. Talab qanchalik kam elastik bo‘lsa, 
tovarning sotuvchisi unga shunchalik yuqori narx belgilashi mumkin. Va 
aksincha, talab qanchalik elastik bo‘lsa, sotuvchi firmada o‘z 
mahsulotiga emas, boshqalarnikiga narxlarni pasaytirish siyosatidan 
foydalanishiga to‘g‘ri keladi, bu esa savdo hajmining va firma 
foydasining keskin oshishiga olib keladi. Narx elastikligi asosida 
belgilangan talab narxlarning yuqori chegarasini shakllantiradi. 
Agar raqobat cheklangan bo‘lsa, firmaning narx ustidan nazorat 
darajasi oshadi, bozorning ta’siri esa pasayadi. Raqobat yuqori darajada 
bo‘lganda narxni bozor boshqaradi. Shuning uchun bozor yetakchisi 
narxlarni hisob-kitob qilganda xomashyo, materiallar yetkazib 
beruvchilar narxini, o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaradigan 
raqobatchilar narxini, bir xildagi o‘xshash tovarlar taklif qiluvchi 
raqobatchilar narxini e’tiborga olishlari kerak. Tovar narxi darajasi va 
uning strukturasi raqobatchi firmalarning o‘xshash tovarlari bilan ular 
sifatining texnik-iqtisodiy parametrlari va boshqa raqobatbardoshlikni 
tashkil etuvchilari asosida taqqoslash bilan belgilanadi. Taqqoslash 
raqobatchilar tovarini xarid qilish, xaridorlar fikrini so‘rash kabilarni 
ko‘zda tutadi. Narxlar unga raqobatchilar tomonidan bo‘ladigan 
reaksiyani hisobga olib, tuzatiladi. Bu holatni pisand qilmaslik firma 
narx siyosatining mag‘lubiyatiga va uning tadbirkorlik faoliyati izdan 
chiqishiga olib kelishi mumkin. Narx urushi bo‘shashgan (sust) 


249 
firmalarni bozordan siqib chiqaradi. Shunday qilib, narxlar darajasi 
birinchi navbatda, firma, xaridorlar va raqobatchilar manfaatlarini 
tenglashtirmog‘i lozim. 
Narxlar darajalari aytib o‘tilgan omillaridan tashqari davlat 
boshqaruvi choralariga ham (hukumat antidemping va antitrest qonunlar 
doirasida ta’sir etishi mumkin), shuningdek, mamlakat va ushbu 
bozordagi soliqqa tortish tizimi va inqiroz darajasi xarakteridan, davlat 
moliyaviy ahvoli, valuta kurslari nisbati, siyosiy vaziyat va boshqalardan 
kelib chiqib ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin