256
Narxlarni shakllantirishning asosiy
metodlari narx siyosati «magiya
uchburchagi»ning biror bir unsuriga urg‘u berilishi bilan farqlanadi:
korxona xarajatlari, iste’molchilar baholari va raqobatchilar baholari.
Xarajatli metodi (ustamalar metodi). Bu narx shakllanishining
keng tarqalgan metodi bo‘lib, unga ko‘ra ushbu mahsulotning doimiy
yoki o‘zgaruvchan xarajatlariga ushbu tarmoq foyda normasi uchun
oddiy holda mos keladigan ustamalar qo‘yiladi. Masalan, tarmoq
bo‘yicha qurilish firmalari ko‘pincha o‘z ishlarini loyiha qiymatiga
o‘rtacha foydani qo‘shib baholaydilar. Bu metodning ommalashgani
turlicha izohlanadi. Birinchidan, firma o‘z tovariga talabga nisbatan
unga qilingan o‘z xarajatlarini yaxshi biladi. Bu ularni narxni
shakllantirishda xarajatlar kalkulyatsiyasiga tayanish va haqiqatda
ko‘rilgan zararni to‘liq qoplashga undaydi. Ikkinchidan, agar
tarmoqning barcha ishlab chiqaruvchilari narxni shakllantirishning
ushbu metodini qo‘llashsa, ularning narxi deyarli bir xil bo‘ladi. Ular
orasidagi narxga oid bu kurash narx to‘g‘ridan to‘g‘ri talab bilan
belgilanadigan tarmoqlar bilan solishtirilganda minimalligini bildiradi.
Uchinchidan, ko‘pgina sotuvchi va iste’molchilar ustamalar metodi eng
tuzatilgan, halol, chunki ikki tomon manfaatlariga amal qiladi va bir
tomonning ikkinchi tomon hisobiga boylik orttirishiga yo‘l qo‘ymaydi,
degan fikrni mahkam ushlab oladilar. Bunday narxni belgilashda (uni
«harakatli narx» yoki «ustama bilan» deb atashga o‘rganilgan) talab
darajasi hisobga olinmaydi va raqobatchilar narxining ta’siri e’tiborsiz
qoldiriladi.
Dostları ilə paylaş: