O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Narx siyosatining maqsadlar tizimlari bilan bog‘liqligi



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 Narx siyosatining maqsadlar tizimlari bilan bog‘liqligi
Xavfsizlik Daromad 
Mustaqillik 
Xarajatlar Tushum 
Pul 
oqimi 
Ishlab chiqarish quvvati 
Xarid hajmi 
Narx 
Distribyutorlik 
ulushi 
Bozor 
ulushi 
Bozor 
hajmi 
Narx 
o‘zgarishlar
Chegirma 
darajasi 
Brutto 
narx 
Doimiy 
xaridorlar soni 
Yangi 
xaridorlar 
soni 
Xaridlar 
chastotasi 
Kutilgan narx 
Narxdan qoniqish 
Xaridorlar 
bog‘lanishi 
Narx imiji 
Narx qabul qilinishi 
Narxga 
ishonch 
Shunday qilib, maqsadlar piramidasi ko‘pgina maqsadlardan va 
kichkina maqsadlardan (ayniqsa ko‘pchiligi qu‘yi qismda joylashgan) 
tashkil topgan to‘liq ko‘rinishni keltirish qiyin. Shuning uchun ham biz 
yuqori va o‘rta maqsadlarni qarab chiqish bilan chegaralanamiz.
Narx siyosatining yuqori maqsadlari tashkilotning daromadi, 
xavfsizligi, mustaqilligi hisoblanadi. Bunda vaziyatga qarab ahamiyati 
yuqori yoki past bo‘lgan va boshqa samaralarni to‘ldiradigan samaralar 
tanlovi haqida gap ketyapti. 


263 
Korxonaning foydasi sotish hajmiga o‘rtacha narx natijasida 
shakllanishi sababli narx siyosatining keyingi bosqichiga o‘tiladi. 
Raqobat bozorida korxonaning o‘rtacha narxlari raqobatchilar narxi 
bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Raqobat strategiyasiga muvofiq korxonalar 
narx yetakchiligiga mustaqil erishadilar yoki raqobatchilar narxlariga 
moslashadilar. 
Narx siyosati tizimida markaziy aloqa mahsulotning sotish hajmiga 
tegishlidir.  
 
10.3. Narxning rag‘batlantiruvchanlik xususiyatlaridan
foydalanish 
 
Raqobat sharoitida bozor ulushini egallashda tovarlar narxining 
sotuv hajmiga ta’siri, xarajatlarning foydaga ta’siri yaqqol ko‘rinadi. 
Bunday sharoitda korxonaning asosiy vazifasi xaridorlarni o‘z tovariga 
jalb etish, doimiy mijozlar segmentini shakllantirish, yangi mijozlarni 
jalb etish, bozor ulushini ko‘paytirishga harakat qilish, xaridlar miqdori 
va qaytarilishini ko‘paytirishdan iborat. Marketologlar bunday sharoitda 
iste’molchilarni o‘rganib, qanday narxlar xaridlarning xarid qobilyatiga 
to‘g‘ri keladi, narxlarni tartibga solish orqali xaridorlarga ta’sir etish, 
jalb etishga harakat qilishlari kerak. Samarali narx siyosatini bularning 
barchasini inobatga olmasdan yuritish mumkin emas. Xaridor xulq-
atvoriga bog‘liq bo‘lgan narx modeliga odatda, quyidagi konstruksiyalar 
kiritiladi: narxdan vujudga keladigan xaridor holati (emotsiyasi), narxga 
qiziqish, narxni qabul qilish va tovarga nisbatan baholash, narxga 
tayyorlik, narxdan qoniqishva h.k. Bu alohida omillar o‘zaro juda 
bog‘liq bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos va ularni boshqarish mumkin. 
Bozorga borgan har qanday xaridor bir tovarni bir necha sotuvchi-
dan uning narxini so‘rab tovarning o‘rtacha bahosini o‘zi uchun aniq-
laydi. Narxning yuqori yoki pastligi albatta xaridor ruhiyatiga (tashqari-
dan ko‘rinmasada) ozmi, ko‘pmi ta’sir etadi. 
Mavsumiy tovarlarga, ma’naviy eskirgan tovarlarga chegirmalar-
ning berilishi qisqa muddatda talabning oshishiga olib keladi. Xaridorga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uning xarid qilish haqidagi qaroriga oson ta’sir 
etadi. Firma do‘konlaridagi yuqori narxlar ba’zi xaridorlarni qoniqtirsa, 
boshqalarini do‘kondan tezroq chiqib ketishga undaydi. Shuning uchun 
bunday savdo markazlarida chegirmalar qo‘yilgan tovarlarning 
«mavjudligi» qo‘shimcha, sovg‘a sifatida bir buyumni qo‘shib sotilishi 


264 
ham iste’molchida ijobiy kayfiyatni tug‘diradi va xarid qilishga 
qiziqtiradi. 
Narxga bog‘liq bo‘lgan kayfiyatni turlicha namoyon etish mumkin. 
Masalan, narxga bog‘liq quvonch, xaridor o‘z imkoniyatiga mos kelgan 
narxda kerakli tovarni sotib oldi: narx eyforiyasi – xaridor past narxda 
tovarni kechki bozorda, kunduzgi narxlarga nisbatan 10-15 % arzon 
sotib oldi. Yoki «Korzinka. uz» da yangi yil arafasida «baxtli soat», 
“yangi yil sovg‘asi”aksiyasida sotib olingan tovarlari narxidan 10% 
chegirma qilinishi xaridor kayfiyatini ko‘tarishi tabiiy. 
Narxdan rag‘batlanish – hozirda ko‘pgina savdo markazlari
( “Аты-Баты”,«Korzinka.uz») da xaridor ma’lum miqdorda tovar sotib 
olsa, unga chegirma beradi yoki kartochka (jamg‘arib boriladigan) 
taqdim etadi. U har safar xarid qilganda xarid summasidan 1 % 
kartochkaga o‘tkaziladi yoki tovar xarid summasi belgilangan summaga 
yetsa, yoki ortsa 15% gacha chegirmalar beriladi. 
Narxdan stress hosil bo‘lish turli vaziyatlarda vujudga keladi. Mijoz 
kutmagan holda narxning haddan tashqari yuqoriligiga duch kelsa va 
shunga o‘xshash holatlar stressni yuzaga keltiradi. Narxning iste’molchi 
ruhiyatiga ta’siri psixologlar tomonidan o‘rganilgan, bu holat uning 
xarid qilish haqida qaror qabul qilishiga bevosita ta’sir etadi. 
Narx xaridor xulq-atvoriga ta’sir etuvchi, motivatsion omil bo‘lib 
hisoblanadi. Narx – navoga qiziqish, ma’lum tovarning turli ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan har xil narxlarda bozorga chiqarilishi 
raqobatni yanada kuchaytiradi. Xaridor narx haqida axborotlarni to‘plab 
o‘zi uchun qulay, xarid qobiliyatiga mos keluvchi narxda tovar sotib 
olishga harakat qiladi. 
Narxga qiziqishda 3 indikator ajratiladi. 1) narxning muhimligi;
2) alternativ (muqobil) narxni anglash; 3) narxlarni kuzatish. 
Xaridor uchun narx miqdori muhim indikator hisoblanib, xarid 
qilishda qaror qabul qilishga bevosita ta’sir etadi. 
Tovar narxini shakllantirishda narxning har bir komponenti (narx 
darajasi, chegirmalar, xarajatlarni moliyalashtirish va boshqalar) tovar 
nafliligini oshirishga ta’sir etadi. 
Alternaniv xaridlarni anglash – bunday talab holati xaridor bir 
necha xil bir iste’mol ehtiyojini qondiradigan tovarlardan eng optimal 
narxdagi va va naflilik darajasi yuqori bo‘lgan tovarlarni sotib olishga 
qaror qiladi. Variantlar qancha ko‘p bo‘lsa, qaror qabul qilish va optimal 
narxda tovar sotib olish oson kechadi. 


265 
Narxni kuzatish–xaridor tomonidan ma’lum tovar bo‘yicha narx 
axborotini to‘plash, ularni solishtirish, narxning xarid qobilyatiga mos 
kelishiga qarab xaridor o‘zi uchun qaysi tovarni sotib olish haqida qaror 
qabul qiladi. 
Narxlarning turli darajada ekanligi, bir tovarning turli savdo 
markazlarida 10-15% farq bilan sotilishi iste’molchida narxlarni 
kuzatish va axborotlar yig‘ishga qiziqishini vujudga keltiradi. 
Narxga qiziqishda to‘rt rag‘bat (motivatsiya) mavjud: 
1. Iste’mol ehtiyoji. 2. Ijtimoiy talablar. 3. Intilish. 4. Rag‘batli ish. 
Birinchi navbatda, narxga qiziqish iste’mol ehtiyojidan kelib 
chiqadi. Oilaning daromadi, oilaning katta — kichikligi narxga bo‘lgan 
qiziqishni vujudga keltiradi. Kam ta’minlangan oilalar uchun narxning 
pastligi eng muhim indikator hisoblanadi. Bu narsaga ikki tomonlama 
yondashish kerak. Cheklangan moliyaviy resurslarga ega oila, agar qim-
mat va sifatli mahsulotni olsa, u unga uzoq vaqt xizmat qilishi mumkin. 
Masalan, qishki etikning sifatlisi 2-3 mavsumga yetadi. 
Arzoni esa bir kishi uchun bir mavsumga ham xizmat qilmasligi 
mumkin. 
Ijtimoiy ehtiyojlar narxga bo‘lgan qiziqish uyg‘onishning ikkinchi 
motivatsiyasi hisoblanidi. Xaridorning ijtimoiy maqomi – uning ijtimoiy 
ehtiyojlarini tug‘diradi. Yaxshi yashashga intilish, yuqori turmush 
darajasini ta’minlash, qimmatbaho buyumlarni olishga qiziqish va 
hokazo. Juda ham band xaridorlarning narxni kuzatishga, solishtirishga 
vaqti yo‘q. Ular tezkor ravishda zarur, kundalik ehtiyojni qondiruvchi 
mahsulotlarni sotib oladilar va kundalik majburiyatlardan xoli bo‘ladilar. 
Bunday xaridorlarda narxni kuzatish, unga qiziqish holati nisbatan kam 
bo‘ladi. 
Iste’molchilarning turli segmentlari o‘zlari uchun narxdan 
motivatsiyalashda individual yondashadilar. Bu yerda narxlarni 
differensiyalash, turli segmentlarga moslashtirish, ishlab chiqarish kor-
xonalari tovar assortimenti, ularning narx siyosatini diversifikatsiyalash 
talab etiladi. 
Narx siyosati va narxlarning shakllanishi bozor sharoitida turli 
iste’molchilar segmentiga moslashtirilgan holda korxonalar tomonidan 
olib borilishi uning bozorda mustahkam pozitsiyani egallashga va turli 
iste’molchilar segmentidan iborat mijozlarni o‘ziga jalb qilishga olib 
keladi. Daromad darajasining, turmush tarzining o‘sishi yuqori sifatli 
«Lyuks» sinfli tovarlarga talab o‘sishini ko‘rsatmoqda. Axborot bilan 
ta’minlanganlik, yangi tovarlar haqidagi ma’lumotlarning Super va 


266 
Gipermarketlardagi ko‘zga tushadigan joylarga o‘rnatilgan axborot taxta 
(doska) chalari xaridorlarni o‘ziga tez jalb qilib, ularda tovarga nisbatan 
qiziqish uyg‘otaddi. Empirik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, tovarlar 
narxiga bo‘lgan qiziqish borgan sari o‘sib bormoqda. 
Narxi qimmat bo‘lsa ham o‘ta sifatli brend markali tovarlarning 
xaridori ko‘paymoqda. Shuning uchun ham zamonaviy bozor sharoitida 
marka nomiga sodiq xaridorlar segmenti uchun maxsus «Adidas», 
«Mexx», «Samsung» kabi savdo markazlari xaridorlarni maqsadli 
ravishda o‘zlariga jalb etadilar va u do‘konlardan mijozlar xaridsiz 
chiqmaydilar. «Elektron savdoning» avj olishi, Internet do‘konlarining 
chet mamlakatlaridan ham xarid qilish imkoniyatini berayotgani, tovar-
larlar narxining differensialligi va chegirmalarning mavjudligi savdo 
jarayonlarini faollashtirmoqda. 
Narx siyosatining bozor sharoitidagi o‘ziga xosligi, xaridorlarning 
narx navoga qiziqqonligi turli iste’molchilar segmentida turlicha 
kechadi.
Agar tovarning naflilik darajasi, sifati, qadoq shakli, unga tavsiya 
etilgan servisning yuqoriligi iste’molchini jalb qila olsa, u xaridor 
sifatida uning narxiga ikkinchi darajada ahamiyat beradi. Narx haqida 
ma’lum bilimlarga ega bo‘lish, xaridorlarda turli emotsional holatlarga 
tayyor bo‘lishga va o‘ylab optimal qaror qabul qilishga olib keladi. 
Tovarlar narxi haqidagi bilimlar kognitiv jarayonlar natijasida 
to‘planadi. Narx – navoga tegishli bilimlar iste’molchida uning 
xotirasida uzoq vaqt jamlanib shakllanadi. Bunday bilimlar (axborotlar) 
xaridor uchun subyektiv darajada muhim bo‘lib, narxiga loyiq tovar 
sotib olishda ahamiyatli hisoblanadi. 
Narxga oid bilimlar xaridor tomonidan quyidagicha xarakterlanadi: 
mazmunan (obyektlar va narxga tegishli axborotlar sifati), hajm (narxga 
oid axborot hajmi) aniqlik, axborotni to‘plash, 
Narx haqida fikr yuritilayotganda uning qaysi determinantlari 
qanday funksiyalarni bajaradi: birinchidan, narx haqida bilimlar 
ratsional xarid asosi hisoblanib, to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam 
beradi, ikkinchidan narx ma’lumotlari tahlili yana qanday ma’lumotlar 
kerakligini bildiradi. 
Narx haqida bilimlarning o‘lchami uchun quyidagilar zarur: narxlar 
bo‘yicha savolnomaga qatnashganlar narxlarni o‘zlari erkin ravishda 
eslashlari, javoblarning aniqligi, savolnoma o‘tkazish muddati, 
savolnomaga kiritilgan mahsulotlar, do‘konlar (do‘konga qatnash 
chastotasi (tez-tez qaytarilishi). Mahsulotlar artikuli, turli do‘konlardagi 


267 
narxlar darajasi ham tadqiq qilinishi kerak. Iste’molchi uchun mos 
keladigan tovar «savati» (iste’mol savati)ni shakllantirish asosiy 
muammo bo‘lib hisoblanadi. Bu savatga qancha va qanday mahsulotlar 
kirishi kerak. 
• Tanlangan mahsulotlar barcha do‘konlarda sotiladimi? Agar siz 
xohlagan artikul do‘konda umuman bo‘lmasa, yoki sizga boshqa 
artikuldagi tovar tavsiya etilsa, nima qilish kerak? 
• Savolnomaga qatnashayotganlar uchun artikullar birday ahamiyat-
ga egami? Ular oila «budjetini» qay darajada yuklaydilar? 
• Do‘konning narx siyosati uchun narxlar ko‘tarilgan davr 
reprezintativ hisoblanadimi? 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin